Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari


Download 68 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi68 Kb.
#208772
Bog'liq
 Surxondaryo tuproqlari


 Surxondaryo o’lkasi O’zbekistonning eng janubida joylashgan. U o’z ichiga Surxon-Sherobod vodiysini va uning atrofini o’rab turgan tog’larni oladi. O’lka sharqdan va shimoli-sharqdan Bobotog’ va Hisor tog’lari orqali Tojikiston bilan, shimoli-g’arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Buysun tog‘lari orqali o‘tadi. G’arbda Turkmaniston bilan bo‘lgan chegara Ко’hitang tog’ining suvayirg’ich qismidan o’tadi. Janubda chegara Afgoniston bilan Amudaryo orqali o‘tgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.

Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari

  O‘lkani shimol tomonidan Hisor tizmasi o’rab turadi. Bu tizmaning balandligi 4500-4600 metrga yetadi. 0‘zbekistondagi eng baland cho‘qqi — Hazrat Sulton (4643 m) ham shu joyda. Hisor tizmasi janubi-g‘arbida Chaqchar, Boysun, Surxontog‘ kabi tar­moqlari joylashgan bo‘Iib, gersin tog‘ hosil bo’lishida burmalangan.

 Chaqchar tog’ining eng baland cho’qqisi Xuroson hisoblanib, 3744 metrga yetadi. Boysuntog‘ ancha baland bo‘lib, ayrim cho’qqilari shimoli-sharqida 3700 metrga yetadi. Boysuntog‘ning janubi-g‘arbida Ko‘hitang tog‘i joylashgan. Ko‘hitang janubi-g‘arbga 50 km cho‘zilgan va balandligi 3139 metrga yetadi. Boysuntog‘ning sharqida unga yonma-yon holda Surxontog’ joylashgan, u qisqa, lekin ancha baland (3882 m) tog’dir. Bu tog’ning janubida Sherobod-Sariqamish past tog‘lari (1126 m) joylashgan.Sherobod-Sariqamish past tog’ining janubi-g‘arbida Klif-Sherobod past tog‘i joylashgan.

 Surxondaryo tabiiy geografik o‘lkasining sharqida Bobotog‘ joylashgan. Bu tog’ ancha yemirilib, pasayib qolgan bo‘lib, eng baland Zarkosa cho‘qqisi 2289 metrga yetadi. Bobotog’ g’arbga, Surxondaryo vodiysiga va janubga qarab asta-sekin pasayib ketadi. 0‘lkada, yuqorida qayd qilingan tog‘lar orasida botiqlar joylashib neogen va antropogen davrning yotqiziqlari bilan to‘lgan.

  Surxondaryo vodiysi shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga taxminan 170 km cho‘zilgan bo‘lib, shu yo’nalishda pasayib boradi. Shakliga ko‘ra vodiy uchburchakka o’xshash. Uning janubi-g‘arbiy qismi keng bo‘lib, 110-115 km ga, shimoli-sharqi tor bo‘lib, 15—20 km.ga teng.

  O’lkada qazilma boyliklardan neft va gaz, ko‘mir, polimetall, alumin rudasi, gips, tuz, har xil qurilish materiallari konlari mavjud. Neft va gaz, asosan, Lalmikor, Ko‘kaydi, Xovdog‘dan, toshko‘mir Sharg‘undan qazib olinadi. Sariosiyoda polimetall rudasi, aluminiy rudasi, gips, ohak konlari bor. O’zbekistondagi eng katta Xo‘jaikon tuz koni shu oikada joylashgan. Surxondaryo janubida tarkibida har xil erigan moddalar saqlovchi bir necha mineral suvlar topilgan. Ularning eng muhimi Jayronxona mineral suvi hisoblanadi. 

Iqlimi va suvlari.

 Surxondaryo vodiysining iqlimi quruq subtropik iqlim. Lekin atrofidagi tog‘larga ko‘tarilgan sari iqlim o’zgaradi. 0‘lkaning tekislik qismida yoz serquyosh, issiq va quruq, tog‘ga tomon harorat pasayib boradi. Qish qisqa va iliq, lekin atrofidagi tog‘larda sovuqroq bo`ladi. Yozda o‘lkaning tekislik qismi juda isib ketadi. Iyulning o‘rtacha harorati Denovda +28,2°C, Sherobodda +32 С ga yetadi. Yozda havo harorati Termizda +50°C ga ko‘tarilganligi kuzatilgan (1914-yil 21-iyulda). Bu Respublikamizda qayd qilingan eng yuqori haroratdir. Qish o’lkaning tekislik qismida iliq bo‘lib, yanvarning o‘rtacha harorati Sherobod va Termizda +2,8°C ga teng. Lekin atrofidagi tog‘laming 2500-3000 m balandliklarida yanvarning o‘rtacha harorati -6°C dir. Ba’zan qishda sovuq havo massalari tog‘lardan o‘tib, tekislik qismi haroratini pasaytirib yuboradi. Shunday kezlarda havo harorati —20°—25°C gacha pasayadi.

 Surxondaryo o‘lkasida yog‘inlar notekis taqsimlangan. 0‘lkaning janubidagi tekisliklarga eng kam yog‘in (yiliga 133-230 mm) tushadi. Lekin tog‘ yonbag’irlari bo‘ylab ko‘tarilgach, yog‘in miqdori ortib, 500-600 mm.ga yetadi. Hisor tog‘larining janubiy yonbag‘irlariga   800-900 mm gacha yog‘in tushishi mumkin, yillik yog‘inning ko’p qismi qishda  (46-48 foiz) va bahorda (43-44 foiz) yog‘adi. Kuz oylariga yillik yog‘inning 8-10 foizi, yozga esa atigi 1-2 foizi to‘g‘ri keladi.

     Suvlari. 

  Surxondaryo tabiiy-geografik o`lkasida uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta daryo va daiyochalar mavjud. Ularning bir yillik suv miqdori 3,8 km kub yoki o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi sekundiga 119 m kubni tashkil etadi. Bu daryolar ichida eng kattalari Surxondaryo va Sheroboddaryo hisoblanadi. Surxondaryo To‘polondaryo bilan Qoratog`daryolarining qo‘shilishidan vujudga keladi.

   Tо‘pоlоn Surxondaryoning eng katta va eng sersuv daryosi bo‘lib, Hisor tog‘ining 4648 m baland qismidan Qorasuv nomi bilan boshlanib, G‘ova irmog‘ini qo‘shib olgach To’polondaryo nomini oladi. Uning uzunligi 124 km, havzasining maydoni 2200 kv.km. U qor-muzlarning erishidan to‘yinadi, to‘lin suv davri V-VI oylarga to‘g‘ri keladi. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 54,6 m kub. eng ko‘pi sekundiga 470 m kub, eng kami 5,7 m kub.

  Qoratoldaryo Hisor tog‘ining 4200 m balandlikdagi janubiy yonbag‘ridan shu nom bilan boshlanadi. Uning uzunligi 100 km atrofida, suv yig‘adigan havzasining maydoni 682 kv.km. Qoradaryo qor-muzlarning erishidan to‘yinadi, binobarin, eng ko‘p suvi V—VI oylarga to‘g‘ri keladi. Uning o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi sekundiga 23 m kubni, maksimal suv sarfi sekundiga 239 m kub, minimal 2,5 m kub.

  Surxondaryo To‘polon bilan Qoratog‘ daryolarining qo‘shilgan yeridan Amudaryogacha 196 km. Shu masofada o‘ng tomondan Sangardak va Xo‘jaipok irmoqlarini qo‘shib oladi. Surxondaryo asosan qor-muzlarning erishidan to‘yinib, o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi Qorovultepa qishlog’i yonida sekundiga 70,2 m kub ni tashkil etadi, eng katta suv sarfi sekundiga 600 m kub, eng kami sekundiga 0,1 m kub.

  Sheroboddaryo Boysun tog‘ va uning davomi hisoblangan Ko’hitang tog’ining sharqiy yonbag’ndan boshlanuvchi Irg’oyli va Qizilsoy daryolari qo’shilishidan vujudga keladi. U Sherobod shahridan quyida Qorasuvdaryo deb yuritiladi. Uning uzunligi 186 km bo’lib, o’rtacha ko’p yillik suv sarfi sekundiga 7,5 m.kub. Sheroboddaryo qor-yomg’ir suvlaridan to‘yinganligi tufayli eng ko’p suvi IV-V oylarda oqadi.

   Yerosti suvlari har xil davr yotqiziqlari orasida uchraydi. Paleogen va neogen davri yotqiziqlari orasidagi suv 140-150 m chuqurliklardan chiqib, chuchuk. Bo’r davri yotqiziqlari orasidagi 1000-2000 m chuqurliklardan chiquvchi mineral shifobaxsh suvlar harorati 60-70°ga yetadi. Surxondaryo tabiiy geografik o’lkasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Surxondanyoda Janubiy Surxon (suv sig’imi 800 mln. m.kub), Uchqizil (suv sig’imi  16 mln. m kub) suv omborlari qurilgan.

Tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi

  Surxondaryo tabiiy-geografik o‘lkasining okean sathidan 500 m balandlikkacha bo‘lgan joylarida och bo‘z tuproq tarqalgan.

  Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘rlashgan bo‘z tuproq uchraydi. Surxondaryo va Sherobod daryolarining qayirlarida allyuvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar uchrasa, janubiy qismidagi qum massivlarida qumli va qumloq tuproqlar uchraydi.

O‘lkaning 500 m dan 1200 m balandlikkacha qismida oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar ko‘p joylarda o‘zlashtirilib, madaniy bo‘z tuproqqa aylantirilgan.  

  Surxondaryoning 1500 - 2500 m dan balandda bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida tog‘ jigarrang tuproqlari tarqalgan bo‘lib, tarkibida chirindi 4 - 6 foizga boradi. 2500 m dan yuqorida yaylov mintaqasi boshlanib tog‘ o‘tloq, o‘tloq, o‘tloq-botqoq tuproq uchraydi.

  O‘simliklari. O‘lkaning 500 m balandlikkacha bo‘lgan qismida cho‘l mintaqasiga oid o‘simliklardan rang, iloq, qo‘ng‘irbosh, no‘xatak, shuningdek, shuvoq va boshqa o‘simliklar o‘sadi. Yirik daryo qayirlarida to‘qay o‘simliklari mavjud. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘ralar o‘sadi. Surxondaryo vodiysining janubiy qismidagi qumloqlarda juzg‘un, qum ilog‘i, quyonsuyak kabi o‘simliklar uchraydi.

  Adirda ko‘proq efemer o‘simliklar hamda shuvoq, kavrak, qo‘ziquloq, bir yillik astragal, javdar, bug‘doyiq kabilar mavjud. Shuningdek, adirlarda butasimon o‘simliklardan itburun, bodom, zirk kabilar ham o‘sadi.

  Surxondaryo tog‘larida (1500-2500 m) bug‘doyiq, javdar, tipchoq, yovvoyi arpa, shirach, qurg‘oqchil va toshloq yerlarda astragal o‘sadi. Butalardan bodom, irg‘ay, itburun, zirk, daraxtlardan archa, zarang, xandon pista, yong‘oq, do‘lana, terak kabilar o‘sadi. Surxondaryo o‘lkasining sharqida joylashgan Bobotog‘ o‘zining xandon pistalari bilan mashhurdir. Surxondaryo o‘lkasining 2500 m dan baland qismida yaylov mintaqasi joylashib, unda subalp va alp o‘tloqlari mavjud. Surxondaryo vodiysida quruq subtropik iqlim tufayli anor, anjir, xurmo, shakarqamish, sitrus va boshqa issiqsevar mevali daraxtlar va mevalar yetishtiriladi. Jumladan, Denov subtropik o‘simliklar maskanida issiq mamlakatlarda o‘suvchi daraxt va mevalar yetishtirilmoqda.

  Hayvonot dunyosi. Surxondaryo tabiiy-geografik o‘lkasida bo'ri, tulki, bo‘rsiq, kiyik, tog‘ takasi, tog‘ qo‘yi, Hindiston maynasi, qaldirg‘och, kemiruvchilardan kalamush, qo‘shoyoq, yumronqoziq yashaydi.

  To‘qaylarida to‘qay mushugi, qirg‘ovul, yovvoyi cho‘chqa, chiyabo‘ri, tulki, g‘oz, o‘rdak uchraydi.

  Sudralib yuruvchilardan o‘qilon, Turkiston kapcha iloni, gek-kon kaltakesagi bor. Bulardan tashqari, yana jayra, tasqara, chil va kakliklar ham yashaydi.

  Surxondaryo o‘lkasi tabiatini, xususan, Amudaryo to‘qayzorlarini va Ko‘hitang tog‘ landshaftini himoya ostiga olish uchun Surxondaryo qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Bu qo‘riqxona ikkita qismdan iborat. Birinchi qismi Payg‘ambarorol qo‘riqxonasini o‘z ichiga oladi. Unda to‘qay landshafti va u yerdagi o‘simliklar (baland bo‘yli qamishzorlar, ilonpechak, yovvoyi jiyda, tol, teraklar mavjud) hamda hayvonlar (xongul, to‘ng‘iz, tulki, to‘qay mushugi, chiyabo‘ri, quyon, tojdor tustovuq, ilonlar va boshqalar) himoya qilinadi.

Qo‘riqxonasining ikkinchi qismi sobiq Ko‘hitang buyurtmasining hududini o‘z ichiga olib, tog‘ landshafti hamda morxo'r, Buxoro tog‘ qo‘yi, burgut himoya ostiga olingan. Shuningdek, qo‘riqxona hududida Zarautkamar arxeologik yodgorligi ham joylashgan.

Surxondaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941 y. 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960 yil 25 yanv.da Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964 yil fev.da qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning jan.sharqida, SurxonSherobod vodiysida joylashgan. Jan.dan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shim., shim. sharq va sharqdan Tojikiston, jan.gʻarbdan Turkmaniston, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 1874,7 ming kishi (2004). Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Kumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 7 shaharcha (Angor, Doʻstlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yigʻini bor (2004). Markazi — Termiz sh.

Surxondaryo viloyatiMamlakatOʻzbekistonMaqomiviloyatMaʼmuriy markaziTermizAsos solingan sanasi1941-yil 6-martHokimTurdimov Erkinjon Oqbo‘tayevichRasmiy tiliO'zbekchaAholi (20111,676,000 (4-oʻrin)Dinlar tarkibimusulmonlarMaydoni7900 km²Soat mintaqasiUTC+5Kod ISO 3166-2UZ-SUAvtomobil raqami kodi75-79[surxondaryo.uz Rasmiy sayti]

Tabiati. Sv. relyefi tog va tekisliklardan iborat, shim.dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdankoʻp daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib oʻtadigan tekislik shim., gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ) bilan oʻralgan.

Yana bir koʻzga koʻringan joylaridan biri Angor tumanidagi Qoraqir qishlogʻidir. Qishloq oʻz polvonlari hamda sabzavotchilik, mevachilik hamda chorvachilikda eng ilgʻor xisoblanadi. Qishloq hamda mahallaning gullab-yashnashiga ulkan xissa qoʻshgan mahalla oqsoqoli Chorshanbiyev Begʻam bobo tumanining koʻzga koʻringan jonkuyarlaridan biridir.



Togʻlar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa toʻrtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi togʻlar koʻtarilib, botik, choʻkib bormoqda. Togʻlar bilan tekislik orasida adir va togʻ oldi zonasi joylashgan. Togʻlar shim. sovuq havo oqimlarini toʻsib turishi natijasida subtropik oʻsimliklar oʻstirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Togʻ zonasi va adirlarda, asosan, galla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300–500 m boʻlgan SurxonSherobod tekisligida paxta ekiladi, bogʻ tokzorlar barpo qilingan. Jan. qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo boʻyi tekisliklari), toshkoʻmir (Shargʻun, Hisor, Boysun, Koʻhitang togʻlarining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xoʻjaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq koʻp. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha tra 16°—18°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°.—32°, yanv.niki 2,8°—3,6°. Oʻzbekistonda eng issiq tra ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq boʻlgan). Baʼzi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. 10° dan yuqori trali kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar yetishtirishga imkon beradi. Viloyat togʻlar orasidagi berk botikda joylashganidan bu yerda yogʻin kam. Viloyatning jan. tekisliklarida yiliga 130– 140 mm, Hisor togʻlari yon bagʻirlarida 445–625 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. Gʻarbiy, jan.gʻarbiy va shim.sharqiy shamollar koʻp esadi. Viloyatning jan.sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlari. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shim. qismi, togʻ va tog oldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi, janubidagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957—58 yillarda Uchqizil, 1959— 62 yillarda Jan. Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqoʻrgʻon gidrotuguni qurildi. Hazorbogʻ, Daytoʻlak, Qumqoʻrgʻon, Zang kanallari, Sherobod, AmuZang mashina sugʻorish kanallari barpo etildi. Tuprogʻi tekisliklarda taqirsimon va shoʻrxok och boʻz tuproklar, togʻ yon bagʻrida turli xil boʻz tuprokdar. Oʻsimliklar dunyosi ham tabiiy sharoiti bilan bogʻliq. Jan.dagi ekin ekilmaydigan qumloq joylarda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, savagʻich, qiyoq, qamish; adir va togʻlarning pastki yon bagʻirlarida bir yillik efemerlar (lolaqizgʻaldoq, nixatak); 1200–2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongoq, olma, zarang oʻrmonlari uchraydi. Bobotogʻ tizmasi yon bagʻirlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan. Baland togʻ zonasi subalp va alp oʻtloklari bilan band. Hayvonot dunyosi ancha boy: buri, tulki, chiyaboʻri, ayiq, jayran, qobon, yovvoyi echki, arhar, toʻqaylarda bugʻu, toʻqay mushugi, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, gekkon kaltakesagi, koʻzoynakli ilon (kobra), oʻq ilon, jayra, qushlardan ular (togʻ kurkasi), qirgʻovul, mayna, qaldirgʻoch, gʻoz, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq koʻp.

Sv. hududida Surxon davlat qoʻriqxonasi joylashgan.

Surxondaryo viloyatida tuproq holatini yaxshilash bo'yicha zudlik bilan choralar ko'rish kеrak

29.03.2017  IQTISODIYOT

1news.uz — So'nggi 25-30 yilda Surxondaryo viloyati tuprog'i tarkibidagi chirindi miqdori 0,35 foizga kamayganiga qaramay, almashlab ekish usuli qo'llanilmasdan еrga asosan paxta va g'alla ekilmoqda, dеb yozmoqda “Jamiyat” nashri. Tеrmiz davlat univеrsitеti tadqiqotchisi Sayfulla Tursunovga ko'ra, viloyatda tuproq sho'rlanishining oldini olish uchun ham zudlik bilan choralar ko'rish talab etiladi, aks holda еr bеdavo bo'lgan ikkilamchi sho'rlanish kasaliga chalinadi. “Inson qullikda yashay olmagani kabi ona tabiatni ham quldеk ishlatish, undan nooqilona foydalanish mumkin emas. Tuproq odamlar o'ylaganidеk oyoq bosib yuriladigan mеxanik tayanch nuqtasi emas, balki inson uchun hayot manbaidir”, dеydi tadqiqotchi S.Tursunov.

Taqir tuproqlar - choʻl zonasi daryolariningqadimgi deltalari va vodiylari, allyuvialterrasalar, shuningdek, prolyuvial yotqiziqli qiyaliklar tuprogʻi; tuproqning mayda yoriklar bilan qoplangan, 1,52 sm qalinlikdagi pushti yoki och kulrang qavati. OʻzbekistondaAmudaryo bilan Qashqadaryo deltalari,Zarafshon va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. Taqir tuproqlar Oʻzbekistontuproqshunoslari (Gorbunov B.V., Kimberg N.V.) tomonidan 4tatipchaga ajratilgan (1962): taqir— oʻtloqi tuproqdar, taqirsimon tuproklar, taqirlar, taqirsimon qoldiq — botqoq tuproklar. Yuzasining poligonal yoriqli qobiq (qatqaloq) bilan qoplanganligi Taqir tuproqlarning xarakterli belgisidir.Sugʻoriladigan Taqir tuproqlardagi mavjud agroirrigatsion qavat sugʻorib dehqonchilikqilish davriga, yerga solingan mahalliy oʻgʻitva chiqindilarga, shuningdek, oqar suvning loyqalik darajasiga qarab, 30—40 sm, 1 yoki 2 m qalinlikda boʻladi. Agroirrigatsion qavat rangi, mexanik tarkibi, qovushqokligi va kimyoviy xossalari bir xil boʻlgan yaxlit gorizont hosil qiladi. Bunday tuproqlar Buxoro viloyatida, Qarshi va Sherobod choʻllarida uchraydi. Qarshi choʻlidagi Taqir tuproqlar haydalma (0—30 sm) qavatning har gektarida 22—40 t chirindi, 2—3 t azot, 4—7 t fosfor bor. Taqir tuproqlar har xil darajada shoʻrlangan.

Taqir — 1) choʻl va chala choʻl zonalarida loituprokdan tarkib topgan va vaqgvaqti bilan suv bosadigan gilli yalang pastliklar. Yoshnli mavsumda yuzasi yupqa suv bilan qoplanib, suv bugʻlanib ketgach, T. yorilib, oʻsimlik oʻsmaydigan qatkdloqqa aylanadi. Shunday sharoitda vujudga kelgan tuproklarga taqir tuproqlar deyiladi. T. maydoni bir necha m2 dan 10–12 km² gacha boʻladi; 2) choʻllardagi yalangoch pastliklarda tub jinsi qumoklisoz tuproqdan iborat boʻlgan, avtomorf sharoitlarda rivojlangan tuproq tipi. Yuzasining poligonal yorikli qobiq (qatkdloq) bilan qoplanganligi, qisman gumus borligi (0,5% gacha), shoʻrxokligi (shoʻrlanishi xloridsulfatli va sulfat xloridli) T.ning muhim belgilaridir. T.da oʻsimliklar deyarli oʻsmaydi. Tuproq profili qalinligi 30—40 sm dan oshmaydi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Mongoliya, Gʻarbiy Osiyo, Shim. Amerikada tarqalgan. T.ni oʻzlashtirish qimmat turadigan melioratsiya tadbirlari bilan bogʻliq.

HUDUDI VA IQLIMI

Geografik joylashuvi: Oʻzbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan, maydoni 448,9 ming kv. km. Respublika chegarasi gʻarbdan sharqqa — 1425 km, shimoldan janubga qadar — 930 km.

Chegaralari 

Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozogʻiston, sharqda va janubiy-sharqda Qirgʻiziston va Tojikiston, gʻarbda Turkmaniston, janubda esa Afgʻoniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afgʻoniston bilan uzunligi — 143 km., Qоzоgʻiston — 2356,31 km., Qirgʻiziston — 1476,12 km., Tojikiston — 1283,2 km. va Turkmaniston bilan — 1831,49 km.

Relefi 


Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega. Mamlakat hududi oʻziga xos past — tekislik va togʻ  relefini oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) past-tekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon past-tekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir togʻ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi 4643 m.) tizmalari joylashgan. Oʻzbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon choʻllaridan biri — Qizilqum yastanib yotadi.

Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari 

Mamlakat yer osti boyliklari tabiiy gaz, qoʻngʻir va tosh koʻmir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega.

Iqlimi 

Oʻzbekiston iqlimi keskin oʻzgaruvchan kontinental iqlimdir. Mintaqadagi kunduzgi va tungi, yozgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. Yillik havo harorati farqi sezilarli darajada yuqori. Yanvar oyi oʻrtacha harorati -6 0 gacha tushadi, iyul oyida oʻrtacha havo harorati +32 0 gacha koʻtariladi. Pasttekislik hududlarida yillik yogʻingarchilik miqdori -120-200 mm., choʻl hududlarida -1000 mm. gacha yetadi. Yogʻingarchilik miqdori kam boʻlgani sababli, qishloq xoʻjaligi sun'iy sugʻorish tizimiga bogʻliqdir.

Ichki suv havzalari

Mamlakat eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Amudaryo uzunligi -1437 km., Sirdaryo-2137 km.ga yetadi. Oʻzbekistonning koʻpgina ichki daryolari suvi oquvi davomida keng dasht-u choʻllarga singib ketadi, faqatgina Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi.

Tuproq va oʻsimliklari 

Pasttekisliklar choʻl oʻsimliklari, togʻlari esa dasht, oʻrmon va togʻ oldi yaylovlari oʻsimliklaridan iborat.

Hayvonot dunyosi 

Mamlakat faunasi juda turli-tumandir. Choʻllarda juda kamyob hisoblanagan saygʻoq va uzunligi 1,5 metrga teng echkiemar, baland togʻlarda esa qor barsi va togʻ echkisining noyob turlari uchraydi.

Togʻ tizimi 

Respublika territoriyasining 1/5 qismini togʻ va togʻ oldi hududi tashkil etadi. Sharqiy hududi oʻrta va baland togʻli relefdan iborat: respublika hududi Gʻarbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskem, Chotqol va Qurama togʻ tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Qoʻhitangtogʻ va Boysuntogʻ togʻ tizmasi) togʻ tizmalari yonbagʻrini oʻz ichiga oladi. Janubdan gʻarbga tomon ular qiyalab boradi va pasttekislikka qoʻshilib ketadi. Ushbu togʻlar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib yotadi. Bularning eng kattasi hisoblangan Fargʻona vodiysi -370 kilometr, kengligi 190 kilometrga yetadi. U uch tomondan baland togʻ bilan oʻralgan va faqat gʻarb tomoni tekislikdir. Afgʻoniston bilan chegara hududda Amudaryo deltasi yoyilib yotadi.

Tabiiy zahiralari 

Oʻzbekiston Respublikasi ulkan sanoat va mineral-xom ashyo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, qayta ishlash jarayonida olinadigan katta miqdordagi yarim tayyor mahsulotlar, tabiiy boylik zahiralari va rivojlangan infratuzilma imkoniyatlariga ega.

Yer osti zahiralarini zamonaviy ravishda izlab topish ishlari qimmatbaho, rangli va noyob metallar zahiralari, turli organik yoqilgʻ i mahsulotlari, neft, tabiiy gaz va gaz kondensanti, qoʻngʻir va yarim koksga oid koʻmir, slanes yoqilgʻisi, uran va koʻpgina qurilish uchun zarur xom ashyo turlariga boy konlarni oʻzlashtirish bilan bogʻliqdir.

Oʻzbekiston hududida taxminan yuzdan ortiq mineral xom ashyoni oʻz ichiga olgan, binobarin bulardan oltmish turi xalq xoʻjaligida allaqachon foydalanilayotgan koʻpgina foydali qazilmalar kompleksi aniqlangan.

Oʻzbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzi, fosforitlar, kaolin kabi foydali qazilmalar zahirasi boʻyicha nafaqat MDH davlatlari oʻrtasida, balki butun dunyoda yetakchi oʻrin egallashi tasdiqlangan. Jumladan oltin zahirasi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi, uni qazib olish boʻyicha yettinchi, mis zahirasi boʻyicha oʻninchi-oʻn birinchi oʻrinlarni, uran zahirasi boʻyicha yettinchi-sakkizinchi, qazib olishda oʻn birinchi-oʻn ikkinchi oʻrinlarni egallashi qayd etilgan.

Quyida zikr etilgan mineral xom ashyo zahiralari nafaqat mavjud togʻ-kon komplekslarida kelajakda qazib olish faoliyati muddatini uzaytiradi, balki ularning oltin, uran, mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosfor, kaliy tuzlari, qalay shpati, vollastonit, qishloq xoʻjaligi ximiyaviy rudalari va boshqa bir qator foydali qazilmalarning yana qaytadan qazib olishni tashkil qilish va ularning quvvatini oshirishni ta'minlashga xizmat qiladi.

O'zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi, 

O'zbekiston Respublikasi o'zining ma'muriy hududiy milliy davlat hududiga ega bo'Iib, tuzilishi lining ma'muriy-hududiy tuzilishini

o'zi mustaqil belgilaydi. O'zbekiston

Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining o'rtasida, Amu-daryo bilan Sirdaryoning oralig'ida joylashgan. O'zbekiston hududi shimoli-g'arbda Turon pasttekisligining, janubi sharqda Tyanshanva Olay tog'lariningvajanubi-g'arbda Qizilqum cho'lla-rining bir qismini egallaydi. O'zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming kv. km. ni tashkil etib, sharqdan g'arbgacha 1425 km ga, janubdan shimolgacha 930 km. ga cho'zilgan. Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo'riqlanadi. O'zbekiston qadimda ham, hozir ham sharq va g'arb, shimol va janub orasidagi an ko'p xalqlar va mamlakatlar orasidagi aloqalarni bir-biri bogMovchi mamlakatdir.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68—69- mod-O'zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shahar-ar' shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqal-Ppglston Respublikasidan iborat bo'lib, ularning chegaralarini 0 zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil Wish va ularni tugatish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasi tarkibigaQoraqalpog'iston Respublikasi va 12 ta ma'muriy viloyat kiradi. Uning poytaxt Toshkent shahridir. Quyidagi jadval O'zbekiston Respublikasi-ning ma'muriy-hududiy tuzilishini aniq va yaqqol ko'rsatadi. 

Surxondaryo viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan] maydoni 20,1 ming kvadrat metr bo'lib, 1774,4 ming kish yashaydi.

Viloyat hududida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixonj Boysun, Denov, Jarqo'rg'on, Muzrabod, Oltinsoy, Sari-] osiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho'rchi, Qiziriq, Qum-qo'rg'on) va 8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqo'rg'on, miz, Sharg'un, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo'rg'on) mavjiu Viloyat markazi Termiz shahridir. 



Qashqadaryo viloyati — (1943- yil 20- yanvarda tashkil etilgan] maydoni 28,6 rqing kvadrat kilometr bo'lib, 2215,8 ming kishi

sj,aydi. Viloyat hududida 14 ta qishloq tumani (Bahoriston, j?ehq0nobod, Kasbi, Kitob, Koson, Muborak, Nishon, Usmon Viisupov. Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog', Qamashi, Qarshi, rt'uzor) va 12 ta shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tollimarjon, Chiroqchi, Qamashi, G'uzor, Yakkabog', Yangi jsjishon. Shahrisabz) mavjud. Viloyat markazi Qarshi shahridir.
Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling