Yo'l belgilari reja


Download 166.44 Kb.
bet1/3
Sana31.03.2023
Hajmi166.44 Kb.
#1311360
  1   2   3
Bog'liq
YO\'L BELGILARI


YO'L BELGILARI
Reja:

1. Yo'l belgilari
2. Ogohlantiruvchi belgilar


Insoniyat yer yuziga ilk bor qadam qo‘ygan kundan boshlab yo‘l yurishga kirishgan va buni qulaylashtirish uchun turli vositalardan foydalanib, xilma-xil yangiliklar ixtiro qilib kelgan. Bu jarayon bugungi kungacha muvaffaqiyat bilan o‘sishda davom etib kelmoqda. Xususan, XXI asr insoniyat tarixida transport vositalarining eng oltin davri bo‘lganiga shubha yo‘q.
Umuman, turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish uchun yo‘l harakati qoidalari va belgilarini mukammal o‘rganib, ularga rioya etish har bir haydovchi va yo‘lovchi uchun juda muhimdir.
2010 yilning noyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2011-2020 yillarni “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid harakatlarni ta’minlash o‘n yilligi” deb e’lon qilinishi ushbu mavzuga doir muammolarning butun dunyo bo‘ylab keng quloch ochgani va ularni hal qilishda keng ko‘lamda ishlar olib borish dolzarbligidan darak beradi.
Bilasizmi?
Amerikalik Uilyam Felps ilk yo‘l harakati qoidalarini ishlab chiqqan edi. Ammo uning o‘zi hech qachon rulga o‘tirib, mashina haydamagan.
Dunyo bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida eng tarqalgan ishora — bir-biriga yordam berish uchun faralar yordamida ko‘z qisishdir.

YO‘L BЕLGILARI
Yo‘l belgilaridagi grafiklar, texnik tafsilotlar ilk bor 1968 yilda Venada o‘tkazilgan “Yo‘l belgilari va signallari haqidagi konvensiya” hamda bu konvensiyani to‘ldiruvchi Yevropa kelishuvi (1971 yil, Jeneva) talablariga ko‘ra ishlab chiqilgan.
O‘zbekistonda 2001 yilda xalqaro me’yorlar asosida va mahalliy sharoitni hisobga olgan holda, “Yo‘l harakati qoidalari” ishlab chiqildi. Bu qoidalarga yo‘l belgilarining asosiy 7 guruhi kiritildi. Bular quyidagilar:
Ogohlantiruvchi belgilar. Bu belgilar yo‘l harakati qatnashchilariga yo‘lning harakatlanishda vaziyatga qarab chora ko‘rishni talab qiladigan xavfli qismlarning joylashuvi hamda ularning xususiyatlari to‘grisida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi.


Download 166.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling