Yosh psixologiyasi


Download 166.07 Kb.
bet1/4
Sana21.09.2023
Hajmi166.07 Kb.
#1683599
  1   2   3   4
Bog'liq
psixologiya 2







UNIVERSITY OF BUSINESS
AND SCIENCE
BTS-22-07 GURUH TALABASI HAZRATQULOVA ZUHRANING
YOSH PSIXOLOGIYASI”
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI


MAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORLIK MUAMMOSI YUZASINING NAZARIY HAMDA AMALIY BILIMLARINI SHAKILLANTIRISH


Reja


Kirish.
I. Asosiy qism. Maktabga psixologik tayyorlik muammosi yuzasining nazariy xamda amaliy bilimlarini shakillantirish
1. Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi
3. Bog‘cha yoshidagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishi.
4. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘yinining psixologik xususiyatlari
4. Hulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar

Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning og‘irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo‘yi esa 0,5 sm gacha ko‘payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang‘ida uchish, suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari mumkin. Musiqa bo‘yicha mashg‘ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, yengil va chaqqon bajara oladilar.


6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustaxkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, ko‘rish va eshitish qobiliyatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o‘rgatish hali barmoq muskullari to‘liq rivojlanmaganligi sababli ularga ma’lum darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza olmasligi esa, o‘z-o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki o‘qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin.

Download 166.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling