Yoshlarning urushdan o‘z xayoliy dunyosiga qochishi". Ekspert "Ryodan" harakati haqida


Download 0.76 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1379430
Bog'liq
riyodan

Yoshlarning urushdan o‘z xayoliy dunyosiga qochishi". Ekspert "Ryodan" harakati haqida

Tayorladi:

Abdiyev Samandar,Abduqodirov Inomjon,

Axrarov Akmal,Ayxanov Samariddin


“Ryodan” yoshlar submadaniyati bo‘lib, uning ishtirokchilari manga va anime (yapon komikslari va multfilmlari) “Hunter x Hunter”dan ilhomlangan. Ushbu guruhdagi o‘smirlar uzun qora soch va katakli shim bilan ajralib turadi. Shuningdek, ularning kiyimlarida “4” raqami tushirilgan o‘rgimchak rasmi ham tasvirlangan. Anime va mangada “Geney Ryodan” yoki “O‘rgimchaklar” deb nomlangan jinoiy to‘da mavjud va o‘rgimchak ularning ramzi hisoblanadi.

5-mart kuni Kiyev viloyati politsiyasi Rossiyada paydo bo‘lgan “Ryodan” yoshlar harakatiga doir ma’lumotlarni e’lon qildi: Telegramda 160 ta ukrain guruhlari bor ekan. Politsiya boshlig‘i Andrey Nebitovga ko‘ra, ularda 12–17 yoshlardagi 1600 o‘smir ro‘yxatdan o‘tgan. Nebitov Ukraina maxsus xizmatlari “Ryodan”ni Rossiyaning Ukraina hududidagi axborot-psixologik operatsiyasi deb hisoblashini aytar ekan, ukrain guruhlarida vatanparvar yoshlar borligi aytdi. Ekspertlar fikricha, harakatning Belarus, Rossiya va Ukrainada yoyilishi yoshlarning urush realligidan chekinish istagi bilan bog‘liq.

  • 5-mart kuni Kiyev viloyati politsiyasi Rossiyada paydo bo‘lgan “Ryodan” yoshlar harakatiga doir ma’lumotlarni e’lon qildi: Telegramda 160 ta ukrain guruhlari bor ekan. Politsiya boshlig‘i Andrey Nebitovga ko‘ra, ularda 12–17 yoshlardagi 1600 o‘smir ro‘yxatdan o‘tgan. Nebitov Ukraina maxsus xizmatlari “Ryodan”ni Rossiyaning Ukraina hududidagi axborot-psixologik operatsiyasi deb hisoblashini aytar ekan, ukrain guruhlarida vatanparvar yoshlar borligi aytdi. Ekspertlar fikricha, harakatning Belarus, Rossiya va Ukrainada yoyilishi yoshlarning urush realligidan chekinish istagi bilan bog‘liq.

“Guruhlardagi yosh yigit-qizlar vatanlariga sodiq, ammo ularga nima yaxshiyu nima yomonligini tushuntirish kerak, aks holda yoshlarimizdan zo‘ravonlik maqsadlarida foydalanishlari mumkin”, deydi Kiyev viloyati politsiyasi boshlig‘i Andrey Nebitov. U, shuningdek, Ukrainada “AntiRyodan” nomli harakat ham vujudga kelganini ma’lum qildi.
“Ryodan” Rossiyada fevral oyi oxirlarida o‘rtaga chiqqan bo‘lsa, o‘shandan beri Ukrainaning Xarkov, Kiyev, Lvov, Lutsk, Ivano-Frankovsk, Chernovsi, Jitomir va boshqa shaharlarida ham uning tarafdorlari paydo bo‘ldi. Ukraina Milliy politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, fevralning so‘nggi ikki kunida mamlakatning turli hududlarida yoshlarning 30 ga yaqin yig‘ini bo‘lib o‘tgan.
Mart oyining boshida Ichki ishlar vazirligi bir necha bor ota-onalarga murojaat qilib, yoshlarning ongini buzuvchi yangi harakat paydo boʻlganidan ogohlantirdi.
Vazirlikning taʼkidlashicha, bir oydan beri bir nechta davlatlarda avj olgan "Ryodan" nomli ushbu harakat oʻsmirlar ongiga taʼsir oʻtkazib, vaziyatni beqarorlashtirishni oʻziga maqsad qilib olgan.
Vazirlik, hatto, bu harakat tashkilotchilari chaqirigʻi ortidan poytaxtning qoq markazida oʻsmirlar yigʻilgani va yigʻin tarqatilganini ham xabar qilgan.
Bunday vahimali xabarlar ortidan ota-onalar xavotirga tushgan, maktablarda tashviqot ishlari boshlangan.
Biroq bu harakat haqidagi maʼlumotlar shu darajada rang-barangki, ular feyk xabarlar, propaganda va miflar bilan toʻlib toshganidan har birini sinchiklab oʻrganish zarur.
BBS news Uzbek
Toshkentda o‘smirlar tomonidan «Anti Ryodan» harakati tashkil etilgani aniqlandi
Ular «Ryodan» harakatiga qarshi kurashmoqchi bo‘lgan. 
Toshkent shahrida bir guruh o‘smirlar tomonidan «Ryodan» harakatiga qarshi «Anti Ryodan» harakati tashkil etildi. Qayd qilinishicha, o‘ttizdan ortiq yoshlar «Anti Ryodan» harakatini tashkil qilib, buzg‘unchilik g‘oyalarini ilgari surayotganlarga qarshi kurashmoqchi bo‘lgan.
«Ryodan» harakati haqida internetdan to‘liqroq ma’lumot oldik. O‘rganish jarayonida harakat a’zolari dinimiz, davlatimiz haqida yomon gaplar gapirganini ko‘rdik. Eng yomoni, ular ko‘chada ketayotgan yoshlarga pichoq berib, odamlarga qarshi chiqish kerakligini, urib pichoqlash kerakligini uqtirgan. Shundan so‘ng «Anti Ryodan» harakatini tuzish xayolimizga keldi. Ijtimoiy tarmoqda guruh ochdik, o‘ttiztacha odam yig‘ildi. U yerga bitta «ryodan»chi qo‘shilib olib, yakshanba kuni barchangizni yo‘q qilamiz deb do‘q urdi»,

Rossiya rasmiylari o’z fikrini bildirdi.

  • Butun mamlakat bo‘ylab bir xil kiyingan o‘smirlarning ommaviy hibsga olinishi Rossiya hukumatining yuqori bo‘g‘inlari tomonidan muqarrar ravishda sezilib qoldi. 
  • Seshanba kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov PMC Ryodan izdoshlarining hibsga olinishini maqulladi, guruhni "yoshlarimizga yaxshilik keltirmaydigan" "soxta submadaniyat" deb atadi.
  • Seshanba kuni Davlat Dumasining Xavfsizlik va korruptsiyaga qarshi kurash qo'mitasi rahbari Vasiliy Piskarev rossiyalik parlamentariylar guruh faoliyatini "yaqindan kuzatish" niyatida ekanini aytdi va ular PMC Ryodanga "do'stona bo'lmagan davlatlar" tomonidan rahbarlik qilgan bo'lishi mumkin, deb gumon qilishlarini qo'shimcha qildi .

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling