Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, tadqiqot ishi yuzasidan quyidagicha
Download 16.67 Kb.
|
UMUMIY XULOSALAR
UMUMIY XULOSALAR Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, tadqiqot ishi yuzasidan quyidagicha umumiy xulosalarga kelindi: 1. O’qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida o’tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan metodni qo’llab o’tkazaversa bo’ladi, lekin amalda buning iloji yo’q. Bunga qator ob‟yektiv va subyektiv sababiar, mavjud sharoit salbiy ta’sir ko’rsatadi. 2. O’qituvchilarning xususiy fanlar asoslarini o’qitishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar jarayonini noan‟anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi. 3. Dars jarayonini qanday metod asosida tashkil etishda o’quvchi- talabalarning o’rtacha bilim darajasi ham muhim rol o’ynaydi. Guruhda talabalarning bilim darajasi yuqori bo’lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga undaydigan metodlarni qo’llash zarur. Bu ularni yanada ko’proq o’qishga, izlanishga olib keladi. Bilim darajasi past bo’lsa, ularga fanning mazmunini o’zlashtirishga yordam beruvchi metodlarni tanlagan ma’qul. 4. Loyihalash metodi ta’lim texnologiyasining muhim bo’g’iniga aylanmoqda. Bu metod ta’lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. 5. Loyihalash metodi ta’lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo’lib, o’qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O’qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo’l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo’llanilishi va uni hal etish muammolari ko’rib chiqiladi. 60 6. Loyiha qatnashchilari o’z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- birlariga yaqin, yordam beruvchi o’quvchi, talabalar bo’lib, ularni loyihada qo’yilgan maqsad birlashtiradi. Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo’shilishi mumkin. Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko’payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib qo’yiladi. Shuningdek, olib borilgan kuzatishlar va izlanishlar natijasida quyidagi TAVSIYALAR ilgari surildi: ta’lim muassasalarida loyihalash metodi asosida o’qitish jarayonini takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash maqsadida soha mutaxassislari hamda bo’lg’usi pedagoglar uchun metodik ta’minot yaratish; loyihalash metodi asosida o’qitishni tashkil etishda ta’lim oluvchilarga psixologik jihatdan yondashuvni to’g’ri tashkil etish va qiziqishlarini aniqlash maqsadida amaliyotchi-psixologlar ishtirokida tashxis tizimini shakllantirish; ta’lim muassasalarida mavjud imkoniyatlar va shart-sharoitlarni inobatga olgan holda yoshlarga zamonaviy, informatsion axborot texnologiyalarini qo`llash orqali loyihalash metodini amalga oshirish istiqbollarini belgilash zarur. Download 16.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling