Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda


Download 21.02 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi21.02 Kb.
#1774687
  1   2
Bog'liq
Xujayorova Aziza 95k-2


Javoblar

  1. Korporativ moliya –
    yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda
    birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan
    tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni
    anglatadi va moliya tizimining mustaqil sohasi hisoblanadi.

  2. Korxona pul mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida turli
    maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining oʻz maqsad va
    vazifalari belgilanadi. Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali
    xoʻjalik faoliyatini kerakli mablagʻlar bilan ta’minlashni amalga
    oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni kengaytiradi; pul oqimlari
    harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika
    jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani oʻzlashtiradi va joriy
    etadi; subyektlarni iqtisodiy ragʻbatlantiradi; byudjet, bank va
    hokazolar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

  3. Bugungi kunda biznesni tashkil etish uni amalga oshirishning turli
    xil shakllarini taqozo etadi. Biror bir shaklni tanlash koʻp sonli
    omillarga bogʻliq holda amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlash
    lozim boʻladi: belgilangan asosdagi tashkiliy-huquqiy xususiyatlar;
    kapital egalari oʻrtasidagi munosabatni oʻzida ifodalovchi mulkchilik
    shakli; nafaqat texnologik jarayonlar, shu bilan birga resurslar, shu
    jumladan moliyaviy resurslarni ham talab qilish darajasiga koʻra
    faoliyat xususiyatlari. Bulardan tashqari biznesni tashkil etish nuqtai
    nazaridan tabiiy-iqlim va geografik sharoitlarni ham hisobga olish
    lozim boʻladi.

  4. Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs
    tomonidan ta’sis etilgan, ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilab
    qoʻyilgan miqdorlardagi ulushlarga boʻlingan jamiyat tan olinadi.
    Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning
    majburiyatlari boʻyicha jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zarar uchun
    oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.
    Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) belgilangan tartibda
    davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs
    maqomiga ega boʻladi. MCHJ oʻz faoliyati davomida belgilangan
    tartibda boshqa yuridik shaxslarning ta’sischisi boʻlishi va ularning
    ustav kapitalida ishtirok etishi, vakolatxonalar va filiallar tuzishi
    mumkin.
    Yuridik va jismoniy shaxslar MCHJlarning ishtirokchilari boʻla
    oladi. Qonunchilikka asosan ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Davlat
    hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha
    qoida belgilangan boʻlmasa, jamiyatning ishtirokchilari boʻlishga
    haqli emaslar.

  5. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
    bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
    “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
    qilish toʻgʻrisida”gi qonun dastlab 1996 yil 26 aprelda, yangi
    tahrirdagisi esa 2014 yil 6 mayda qabul qilingan.
    Bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohalarida, shuningdek,
    davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini
    tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari
    tegishli qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
    Ustav kapitali aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan
    huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga
    taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi.
    Aksiyadorlik jamiyati yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida
    hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan o‘zining ustav
    kapitaliga berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va
    shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi,
    zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi
    mumkin.

  6. Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati (time-value of money)
    konsepsiyasi korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri
    hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik
    qiladigan pul mablagʻlari bir xil boʻlmagan qimmatga egalik qiladi.
    Ustiga-ustak biznesda va kundalik hayotimizda pulga egalik qilish
    vaqti pul mablagʻlarining miqdoriga nisbatan katta amamiyatga ega.
    Masalan, milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt
    oʻtgandagiga nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy iste’molni
    qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda qoʻshimcha daromad olish
    uchun investitsiya sifatida qoʻyilishi mumkin.

  7. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish
    jarayonida vaqt omili muhim rol oʻynaydi. Shundan kelib chiqqan
    holda biznesning oltin qoidasi hisoblangan quyidagi fikr shakllangan:

    Download 21.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling