Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti matematika fakulteti matematik analiz yo


Download 1.22 Mb.
bet1/12
Sana21.04.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1373706
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Х МУЙДИНОВ ДИССЕРТАЦИЯ курс ишига


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT
UNIVERSITETI


MATEMATIKA FAKULTETI MATEMATIK ANALIZ YO’NALISHI
II-BOSQICH MAGISTRI


MUYDINOV ХUSNIDDIN NURIDDIN O’G’LINING

INTEGRAL CHEGARALI DIFFERENSIAL O’YINDA HAL QILUVCHI FUNKSIYALAR USULI” MAVZUSIDAGI



Ilmly rahbar: f.-m.f.d., dotsent N.Mamadaliev
Andijon-2022
REJA
KIRISH
1.O’yinlar nazariyasining ayrim tushunchalari, teoremalari, ta’riflari va lemmalar
2.Qism to’plamlar ustida amallar
3.Boshqaruvlariga integral chegara qo’yilgan chiziqli differensial o’yin
uchun quvish masalasi
4.Hal qiluvchi funksiya yordamida kechikuvchi argumentli chiziqli diffe-
rensial o’yinningquvish masalasini yechish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


KIRISH
Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon miqyosida olib borilayotgan ko‘p sonli ilmiy-amaliy kurs ishilar natijasida yuzaga keladigan ko‘plab amaliy va nazariy muammolar boshqaraladigan jarayonlarga olib kelinadi.
Boshqaraladigan jarayonlar nazariyasi yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida zamonaviy matematikaning eng jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bo‘limlaridan biriga aylandi. Uning rivojlanishida Pontryaginning maksimum prinsipi muhim rol o‘ynagan. Shuningdek, bu erda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan, avvalgi nazariyalar doirasiga sig‘maydigan qator yangi masalalarni chuqur tadqiq qilish imkonini beruvchi Bellmanning dinamik programmalashtirish usulini va Krasovskiyning ekstremal mo‘ljalga olish qoidasini ta’kidlash lozim.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb yo‘nalishlarga katta e’tibor berilmoqda, jumladan, kechikuvchi argumentli differensial tenglama bilan tavsiflanuvchi ziddiyatli holatlarning matematik nazariyasi, inson faoliyatining turli sohalarida o‘zining manbasiga ega bo‘lgan amaliy masalalardan tashkil topgan boshqariluvchi jarayonlar, matematik nazariyasining muhim bo‘limlaridan biri deb hisoblangan differensial o‘yinlar nazariyasi.
Differensial tenglamalar bilan tavsiflanuvchi ziddiyatli boshqaraladigan jarayonlar differensial o‘yin deb ataladi. Mazkur atama amerikalik matematik, differensial o‘yinlar nazariyasining asoschilaridan biri R.Ayzeks tomonidan kiritilgan.
Differensial o‘yinlar nazariyasi optimal boshqaruv nazariyasining g‘oya va usullarini rivojlantiradi. Differensial o‘yinlar nazariyasining masalalari katta amaliy va nazariy ahamiyatga ega.
Ziddiyatli holatlarni hal etish usullari yaratilgandan so‘ng kechikuvchi argumentli differensial tenglama bilan tavsiflanuvchi differensial o‘yinlar nazariyasini o‘rganishning muhimligi keskin oshdi. Keyinchalik mazkur usullar bilan yechiluvchi fanning turli sohalarida ko‘p sonli amaliy ilovalarga ega bo‘lgan ziddiyatli holatlarning boshqa masalalari ham aniqlandi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling