Zamaxshar o'quv markazi. Quyidagi hukmdorlar va ular bosib olgan hududlar mos ravishda to‘g‘ri berilmagan javobni ko'rsating


Download 152.28 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi152.28 Kb.
#1571927
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10.6.2022-yil


ZAMAXSHAR o'quv markazi .
1. Quyidagi hukmdorlar va ular bosib olgan hududlar mos ravishda to‘g‘ri berilmagan javobni ko'rsating.
A) Fors hukmdori Kir II – Armaniston
B) Kushon hukmdori Kudzula Kadfiz – Afg‘oniston
C) Rim imperatori Trayan – Suriya
D) Fors hukmdori Doro I – Lidiya
2. 1603-yilda Angliyada Yelizaveta I o'limidan so'ng
hokimiyatga kelgan shaxsni toping.
A) Yakov I B) Karl I C) Oliver Kromvel D) Georg I
3. O'rta asrlarda tashkil topgan Chex knyazligi bilan bog'liq
to'g'ri ma'lumotlar berilgan javobni belgilang.
1) German imperatorlari hokimiyatini rasman tan olsa-da, o'z mamlakatlarida deyarli to'la mustaqil bo'lganlar;
2) Asporux tomonidan asos solingan;
3) X boshlarida tashkil topdi;
4) Slavyanlar yashagan hududdagi ilk davlat hisoblanadi;
5) Boleslav Jasur davrida chex qabilalarini birlashtirish ishi tugadi; 6) Knyaz Vatslav bor kuchi bilan xristianlik dinining yoyilishiga harakat qilgan.
A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 6
4. Butun XVIII asr davomida qaysi davlat mustamlakachilik siyosati natijasida «dengizlar hukmroni»ga aylangan?
A) AQSH B) Rossiya C) Fransiya D) Buyuk Britaniya
5. Buxoroda Ubaydullaxon II boshqaruvi bilan bog'liq to'g'ri ma'lumotlar berilgan javobni toping.
1) Markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan
so'nggi ashtarxoniy hukmdor;
2) O'zbeklarning mang'it qabilasidan chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo'lib oldi;
3) Vaqtini ko'ngilxushlik ishlariga sarflab, davlat ishlarini
deyarli nazorat qilmay qo'ydi;
4) Soliq va pul islohoti muvaffaqiyatsizlikka uchradi;
5) Asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat bo'lgan. A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 4, 5

Download 152.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling