Zamonaviy iqtisod


Download 0.79 Mb.
bet1/7
Sana04.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1077658
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alisher Soatov 1 mustaqil ish Zamonaviy bank tizimi

ZAMONAVIY IQTISOD

ZAMONAVIY IQTISOD

TAQDIMOT

TAYYORLADI :SOATOV ALISHER

REJA:

REJA:

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank- moliya tizimini rivojlantirish va uning real sektorni moliyalashtirishdagi rolini yanada oshirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratiladi.

  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank- moliya tizimini rivojlantirish va uning real sektorni moliyalashtirishdagi rolini yanada oshirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratiladi.
  • Xususan: - aholi va tadbirkorlik sub'ektlari hamda investorlarning mablag'larini bank aktsiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish; - banklarning investitsiya jarayonlarida, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab- quvvatlash; - banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish; - hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish; - banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bo'lishlarini ta'minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jahon tajribasidan ma’lumki, bank va bank tizimi bozor iqtisodiyotining ajralmas bo’lagi hamda eng muhim strukturalari hisoblanadi.
  • Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati O`zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyusion, ya’ni tadrijiy yo`lini bosib o`tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to`g`ri keldi. O`zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo`lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to`lov tizimini shakllantirish vazifalari qo`yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 
  • Bank — bu pul mablag’larini jalb qilish hamda qaytarishlik, haq to’lashlik va muddatlilik shartlari bilan ularni joylashtirish uchun tuzilgan muassasa. Bank tizimining ikki darajasi mavjud. Birinchisi — Markaziy bank va uning bo’limlari. Ikkinchisi — tijorat banklari Eng ko’p uchraydigan bank operastiyalari quyidagilardir: Mijozlar (korxonalar va uy xo’jaliklari) va muxbir banklar (ya’ni ushbu bank bilan depozit munosabatlariga ega bo’lgan banklar) ning pul omonatlarini qabul qilish va hisoblarni (depozitlarni) yuritish; Kreditlar berish; Mijozlar va muxbir banklarning topshiriqlariga binoan ularning nomidan hisob- kitoblarni va kassa xizmatlarini amalga oshirish; Mablag’ egalarining nomidan investistiyalarni moliyalashtirish.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling