Zamonaviy o’rmon


Download 0.54 Mb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1115569
  1   2   3
Bog'liq
ertaklar to\'plami


ZAMONAVIY O’RMON
Bor ekan-u yo’q ekan, och ekan-u to’q ekan.
Huuuuv kelasi zamonda sodda quyonvoy bo’lgan ekan. U olorchadagi o’rmonda yashar edi. O’rmonda esa hayot qaynar, o’rmon axli yirik qurilish ilarini boshlab yuborgan edi.
Avvaliga barcha hayvonlarning o’ziga yarasha ixchamgina kulbalari bo’lib, barchalari tinch va totuv hayot kechirayotgan edi. Shunda o’rmon qiroli Sherning vaziri ayyor Tulki nafsi buzuqlik qilib “O’rmon sity” qurishni rejalashtirib qoldi va Sherni hayvonlarning farovon hayoti uchun bo’ladigan loyihaga ishontirdi. Aslida esa bularning hammasi Tulkining o’z boyliklarini ko’paytirib olishi uchun edi.
Shunday qilib sohil bo’yidagi shinam uylarni kuchli va laqma ayiqlarga buzdirib, uy egalarini esa suvsiz qumloq joylardan yer berib jo’natib yubordi. Qurilish ishlari ham boshlanib ketdi. Qurilishga barcha quruvchi Qunduzlarni jalb qilipti. Qunduzlarning ish haqini vaqtida bermagandan keyin ular ishni tugatmay ketib qolishipti. Shunda tulki chaqqon va shu bilan birga hech nimani tushunmaydigan anqov Maymunlarni ish yollapti.
Harajatlarni hisoblab ko’rgan Tulki hamma yog’ochlar-u hom ashyolarni o’z me’yorida ishlatsa unga kam foyda qolar ekan. Shunda u ketadigan hom ashyolarning yarminigina yangi uylarning qurilishiga qolgan yarmini esa tog’dagi buloq yonidan yashirincha qurilayotgan VILLAsiga ishlatib yuboripti.
Shunday qilib ko’p qavatli uylar ham tog’dagi villa ham bitipti. Bizning qahramonimiz sodda quyonvoy esa qurilgan uyning hashamatiga havasi ketib poliz dalasiyu ixcham uyini sotib yangi uyni sotib olipti. Quyonvoyga o’xshagan soddalar bilan uylar ham to’lipti. Quyonvoy ham hammayoqni mazza qilib tomosha qilaman deb eng yuqori qavatdan uy olgan ekan. Hamma narsalar eng arzonidan qo’yilgan emasmi, bir kuni lift buzilsa bir kuni suv chiqmay qolar ekan.
Hayvonlar arz dodini qirol Sherga yetkazolmay halak, uylarni qurdirgan vazir Tulkining o’zi emasmi ahir. Hech birining dodini qirolga yetib borishiga yo’l qo’ymas ekan.
Kunlarning birida qirol Sher hayvonlar holidan habar olishni istab yangi qurilgan uylarga borib qarasaki axvol chatoq. Ayyor Tulkiga ishonib xalq holidan habar olmay qo’yganidan afsuslangan qirol Tulkini lavozimidan bo’shatib yuboripti va yangi vazir tayinlapti. Holatni ko’rgan Tulki esa tog’dagi villasida berkinib o’tirar ekan hamma qilmishlariga pushaymon bo’lib o’tirardi. Bu pushaymonlardan endi nima foyda bor.
Yangi dono vazir saylanishi bilan xalqdan kelmagan arz dodlar yetib kela boshlapti. Qirol qarasaki xalq juda yomon ahvolda. Yangi qurilgan uylarning joyidagi buzilgan uylarning egalari qiynalib qolishgan. Shunda buzishda ishtirok etgan ayiqlar chaqirtirilipti. Laqma Ayiqlar esa “...buz dedi buzdik, borib uzr so’ra dedi borib uzr so’radik” - deyishipti. Bu uzrlar bilan qorin to’yarmidi.
Darxol Tulkini izlab toptiripti qirol va uni o’rmondan badarg’a qilib tog’dagi o’rmonning sal kam yarim axolisi sig’adigan villani esa qiynalib qolgan nochor hayvonlarga berib, hayvonlardan vaqtida habar olmaganligi uchun urz so’rapti.
Ana ko’rdingizmi bolajonlar jinoyat jazosiz qolmaydi, o’z vazifalariga esa yuzaki qaraganlar mulzam bo’lib qoladi ekan.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling