Zaxira tushunchasi, zahira turlari. Zahiralarni boshqarish. Zahirani yaratishning asosiy sabablari


Download 71.69 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi71.69 Kb.
#1586635
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10 ZAXIRA LOGISTIKASI


ZAXIRA LOGISTIKASI


Reja:



  1. Zaxira tushunchasi, zahira turlari.

  2. Zahiralarni boshqarish.

  3. Zahirani yaratishning asosiy sabablari

  4. Zahiralar bilan ishlash yo‘nalishlari va zahirani maksimallashtirish

  5. Tovar assartimenti va tovar nomenkloturasi tushunchalari



Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Zaxira tushunchasi, zahira turlari

Tabiatdan olingan xomashyo oxirgi iste’molchiga tayyor mahsulot ko‘rinishida etib borgunga qadar harakatlanadi, boshqa materiallar bilan aloqada bo‘ladi, unga qayta ishlov beriladi va h.k. Moddiy harakatlanuvchi zanjir bo‘yicha harakatlanib, xomashyo (keyinchalik yarim tayyor va tayyor mahsulot) doimo to‘xtab qoladi, u yoki bu ishlab chiqarish yoki logistika operatsiyasida o‘z navbatini kutadi. Zahiralar to‘g‘risidagi umumiy qabul qilingan ta’rif quyidagicha: moddiy zahira – ishlab chiqarish va muomalaning har xil bosqichida ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol jarayoniga kirishni kutayotgan xalq iste’moli tovarlari, hamda boshqa tovarlardir.
Logistik tizimlarda zahiralar moddiy, axborot va moliyaviy turlarga bo‘linadi. Ammo, biznes-jarayonlarni boshqarish amaliyotida moddiy zahiralar nisbatan ko‘p uchraydi.
Moddiy zahiralar moddiy oqimlarning statik holatda bo‘lishini nazarda tutadi.
Zahiralarni tashkil etish doimo xarajatlar bilan bog‘liq. Zahiralarni tashkil qilish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xarajatlar quyidagicha:

  • harakatsiz moliya mablag‘lari;

  • maxsus jihozlangan xonalarni tashkil etish bo‘yicha xarajatlar;

  • buzilish, yo‘qolish va h.k. bilan bog‘liq risklar xarajati.

Aytib o‘tilganidek, «zahira» tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini qamrab oladi, chunki xomashyoning birinchi manbadan so‘nggi iste’molgacha bo‘lgan harakatida moddiy oqim barcha maydonchalarda zahira ko‘rinishida yig‘ilishi mumkin. Bunda har bir maydonchada moddiy zahiralarni boshqarish o‘z xususiyatiga ega. Xomashyoni mahsulotga aylantirish yo‘lida va bu mahsulotning so‘nggi iste’molchiga etkazilishida zahiralarning ikki asosiy turi farqlanadi:

  1. Ishlab chiqarish zahiralari. Bu turdagi zahiralar ishlab chiqarish korxonalariga xos bo‘lib, ishlab chiqarish iste’moliga mo‘ljallangan. Ular ishlab chiqarish jaraënining uzluksizligini ta’minlaydi.

  2. Tovar zahiralari. Ishlab chiqaruvchi korxonalarning tayër mahsulotlar omborlarida, taqsimlash kanallarida mavjud bo‘lgan zahiralar shular jumlasiga kiradi. Tovar zahiralari iste’molchilarni turli mahsulotlar bilan ta’minlash uchun kerak.

O‘z navbatida bu zahiralardan har biri uch turga bo‘linadi:
A) joriy zahiralar; b) kafolatli zahiralar; v) mavsumiy zahiralar.
Taqsimot kanallaridagi zahiralar ikki turga bo‘linadi, bular:
- yo‘ldagi zahiralar;
- savdo korxonalaridagi zahiralar.
Yo‘ldagi zahiralarni yana tashishda bo‘lgan ëki tranzit zahiralar ham deb atashadi. Ular ta’minotchilardan iste’molchilarga etkazish yo‘lida transportda bo‘lgan resurslardir.
Zahiralar ishlab chiqaruvchi, etkazib beruvchi va iste’molchi orasidagi bevosita bog‘liqlik darajasini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Zahiralar mavjudligi ishlab chiqarishni optimal xizmatdagi partiyalar bo‘yicha etkazib berilayotgan xomashyo bilan ta’minlashga, shuningdek, xomashyoni optimal hajmdagi tayyor mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Xomashyo zahiralari shu xomashyoni etkazib beruvchining ishlab chiqaruvchiga bo‘lgan bog‘liqlik darajasini kamaytiradi. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar zahirasi alohida sexlarning bir-biriga bo‘lgan bog‘lanishini kamaytiradi.
Bajaruvchi funksiyasiga ko‘ra zahiralar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • joriy zahiralar;

  • kafolatli zahiralar;

  • tayyorlash xarakteriga ega bo‘lgan zahiralar;

  • mavsumiy zahiralar;

Joriy zahiralar ishlab chiqarish jaraëni va taqsimotning uzluksizligini ta’minlaydi. Joriy zahiralar ishlab chiqarish va tovar zahiralarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning miqdori doimiy ravishda o‘zgarib turadi.
Kafolatli zahiralar kutilmagan holatlarning oldini olish uchun vujudga keltiriladi. Joriy zahiralardan farqli ravishda kafolatli zahiralarning miqdori o‘zgarmasdir. Me’ërdagi ish sharoitlarida bu zahiralar ishaltilmaydi (NZ).
Tayyorlash xarakteriga ega bo‘lgan zahiralar materiallarni ishlab chiqarish yoki iste’molga chiqarish davrida vujudga keladi (ya’ni, materiallarni qabul qilish, quritish, ochish, saralash, iste’mol joyiga etkazish va h.k.).
Mavsumiy zahiralar ishlab chiqarish, iste’mol va tashish mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan hollarda vujudga keltiriladi.




  1. Download 71.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling