Zulm o‘z egasini yomon oqibatga yetaklaydi


Download 17.17 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.17 Kb.
#1510324
Bog'liq
1-topshiriq Jo\'rayeva Madina


Zulm o‘z egasini yomon oqibatga yetaklaydi
Nabiy sollallohu alayhi va sallam izzat va buyuklik sohibi bo‘lgan Rabbisi Allohdan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Alloh taolo: «ey qullarim, Men zulmni O‘zimga harom qildim. Baski, sizlar ham bir-biringizga zulm qilmangiz!…», degan (Ushbu so‘zlar Abu Zarr al-G‘iforiy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan qudsiy hadisning bir qismi bo‘lib, uni imom Muslim o‘z «sahihi»da keltirgan).
Zulm so‘zi lug‘atda «biror narsani o‘z o‘rniga qo‘ymaslik» anglamiga keladi. Oyati karimada shirk eng katta zulm ekanligi aytilgan. Zero, u ibodatni o‘z o‘rniga qo‘ymaslikdir.Istilohda esa zulm — haddan oshish, o‘zganing haqqiga tajovuz qilish, o‘zganing moli, joni va obro‘siga nohaq ravishda daxl qilish ma’nolarini anglatadi.Ushbu qudsiy hadis doim ko‘z o‘ngimizda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Unda Zulm — o‘zining barcha turlari bilan — naqadar yomon narsa ekanligi o‘z ifodasini topgan.Afsuski, ba’zi odamlar ko‘pincha, zulmga uchragandagina zulm nimaligini bilib qolishadi. Vaholanki, ishlari yurishib, obro‘lari osmonga parvoz qilib turganda o‘zlari ham zolimlik sharobidan bemalol sipqorib yuraverishadi.Boshqalar esa o‘zi ham mazlum bo‘lgani holda o‘zgalarga zulm qiladi.Ha!.. Zulmning turi ko‘p. Zulm bu faqat kimningdir molini olib qo‘yish emas. Kimnidir nohaq do‘pposlab mayib qilish ham emas. Bular ham albatta zulm. Ammo, zulmning turi ko‘p va ko‘zga ko‘rinmas turlari ham bor.Kishi zulm balosiga juda ko‘p holatda duchor bo‘ladi va undan o‘z mash’um nasibasini oladi. Oddiy bir majlisda hamsuhbatlaridan biriga hurmatsizlik qilish, ezib-yanchib ketish, istehzo qilish, mensimaslik, o‘zi bilan hamfikr bo‘lmagan biror kimsani o‘ta shiddat bilan yerga urish kabi ishlar ham zulmning bir turidir.Ba’zi ayollarning sobiq eriga o‘z bolasini xohlagan paytida ko‘rishiga to‘sqinlik qilishi, yoxud farzandni o‘rtada garov buyumi kabi o‘z dunyoviy manfaatlariga yetish uchun qurol qilishi ham zulmning xunuk ko‘rinishlaridandir.Birovdan qarz olib cho‘zib yurish ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘z so‘zlari bilan zulm deb atalgan.Kimga nisbatan sodir etilishi jihatidan zulm ikki turga bo‘linadi: kishining o‘z nafsiga ya’ni o‘ziga o‘zi zulm qilishi hamda o‘zgalarga zulm qilish.O‘z nafsiga nisbatan sodir etiluvchi zulmning eng kattasi shirkka tushish hisoblanadi. Chunki, shirk agar tavba qilinmasa, kishini abadiy shaqovatga duchor etadi.O‘zgalarga zulm qilish esa yuqorida aytilganidek, o‘zgalarning molu mulki, jismi va obro‘siga tajovuz etmoqdir.Nabiy sollallohu alayhi va sallam birinchi va so‘ngi hajlari bo‘lmish vidolashuv hajida Arafa kuni, quyosh botish taraddudini ko‘rar ekan, Qasvo otli tuyalariga minib, Batnul Vodiy degan joyga keldilar va odamlarga va’z qildilar. So‘zlari orasida: «shak-shubhasiz, qonlaringiz (jonlaringiz), mollaringiz va obro‘laringiz bamisli ushbu hurmatli shahar, ushbu hurmatli oy va undagi ushbu hurmatli kunning hurmati kabi birbiringizga harom (va daxlsiz)dir!!!», dedilar.
Imom Navaviy Nabiy sollallohu alayhi va sallamning ushbu so‘zlariga izoh berar ekan, ya’ni nima uchun musulmonlarning jonlari, mollari va obro‘lari daxlsiz, poymol etilmaydigan va o‘zaro bir-birlari uchun hurmatli va harom ekanligini aytar ekanlar, bu narsalar aynan Makkaning hurmati, Zulhijja oyining hurmati va undagi Arafa kunining hurmati kabi o‘ta hurmatli va daxlsiz ekanligini urg‘ulaganlari mazkur narsalar ya’ni musulmonlarning jonlari, mollari hamda obro‘lari bir-birlari uchun o‘ta hurmatli va unga daxl etish, poymol qilish o‘ta shiddatli darajada harom ekanligini anglatishini aytib o‘tdilar. Aks holda, Nabiy sollallohu alayhi va sallam Makkaning hurmati, Zulhijjaning hurmati va Arafa kunining hurmatini misol qilib keltirmas edilar.
Imom Navaviyga ko‘ra Nabiy sollallohu alayhi va sallamning musulmonlar uchun g‘oyat ulug‘ bo‘lgan harami sharif, shahri harom va undagi Arafa kunini bu shaklda zarbul masal qilishlari o‘xshash narsalarni o‘xshash narsalarga qiyoslash bor narsa ekanligiga ham dalildir.Ya’ni, bu ish bir tarafdan musulmonlarning molu jonlari bir-birlari uchun g‘oyat muqaddas narsalar ekanligini anglatsa, ikkinchi tarafdan faqih ulamolarning o‘xshash holatlarni bir-biriga qiyoslab hukm chiqarishdagi tutgan yo‘llari mashru’ ekanligiga ham dalildir.Zero, o‘z so‘zlarida Nabiy sollallohu alayhi va sallam odamlarning molu jonlari bir-birlari uchun nechog‘li hurmatli va muqaddas ekanligini anglatish uchun Makka shahrining, zulhijja oyining va Arafa kunining hurmatini misol qilib keltirdilar.Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «har bir musulmon boshqa musulmon uchun hurmatli (daxlsiz)dir: joni, moli va obro‘si», dedilar. Ushbu hadisni Ibn Moja o‘z sunanida Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilib keltiradi.Mazkur hadisda ham musulmonning moli va obro‘si uning joni qadar hurmatli ekanligi aytilgan. Aksincha bo‘lsa, ular birga zikr qilinmagan bo‘lardi. Binobarin, musulmonning joniga tajovuz qilish qanchalik og‘ir gunoh bo‘lsa, uning moli va obro‘siga tajovuz qilish ham shunchalik og‘ir gunohdir.Abu Zarr G‘iforiydan (r.a) rivoyat qilinadi:“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Alloh azza va jalladan rivoyat qilib dedilar: “Alloh taolo deydi: Ey fazilatli bandalarim! Men zulmni o‘zimga harom qildim, uni sizlarning o‘rtangizda ham harom etdim, bir-birlaringizga zulm qilmangiz. Ey bandalarim! Barchalaringiz zalolatdasizlar. Faqat men hidoyat etganlargina bundan mustasno. Mendan hidoyat tilang, sizlarni hidoyatga yo‘llayman.Ey bandalarim! Barchangiz ochsizlar, faqat men taom berganlargina bundan mustasno. Mendan taom so‘rangiz, sizlarga taom beraman.Ey bandalarim! Barchalaringiz yalang‘ochsizlar, faqat men kiyintirgan kishigina yalang‘och emas. Mendan kiyim so‘ranglar, sizlarni kiyintiraman.Ey bandalarim! Sizlar kecha-yu kunduz xato qilasizlar, men barcha gunohlarni mag‘firat etaman. Mendan mag‘firat tilangiz, sizlarni mag‘firat qilaman.Ey bandalarim! Sizlar menga zarar yetkazish darajasiga hech qachon yetolmaysizlarki, menga zarar yetkazsangizlar, menga foyda yetkazish darajasiga ham hech qachon yeta olmaysizlarki, menga foyda yetkazsangizlar.Ey bandalarim! Agar avvalingiz-u oxiringiz, ins-u jinlaringiz orangizdagi eng taqvodor insonning qalbidek bo‘lsangiz ham, bu mening mulkimga hech narsa ziyoda qilmas. Ey bandalarim! Agar avvalingiz-u oxiringiz, insu jinlaringiz orangizdagi eng fojir insonning qalbidek bo‘lsangiz ham, bu mening mulkimga hech narsani kamaytirib qo‘ymaydi. Ey bandalarim! Agar avvalingiz-u oxiringiz, insu jinlaringiz bir joyga to‘planib, mendan hojatlarini so‘rasalar va men ularning har biriga so‘ragan narsasini berganimda ham, bu huzurimdagi narsalarni kamaytirmaydi. Magaram, egni dengizga botirilganda, undan qancha suvni kamaytiradigan bo‘lsa, o‘shancha miqdorda kamaytiradi xolos.
Ey bandalarim! Bular sizning amallaringiz xolos. Men ularni hisoblab qo‘yaman va shunga qarab sizlarga to‘liq jazo yoki mukofot berurman. Kim yaxshilikni topsa, Allohga hamd aytsin. Kim boshqa narsa topsa, faqat o‘zini malomat qilsin”.Imom Muslim rivoyati.Alloh zulmni o‘ziga harom qildi. Shu bilan birga, bandalari uchun ham harom qildi. Ulamolarimizning aytishicha, zulm ikki xil bo‘larkan. Birinchisi, o‘ziga zulm qilishlik. Mazkur zulmning eng dahshatlisi, Alloh taologa shirk keltirmoqlik ekan. Ikkinchisi esa, boshqa birovga zulm o‘tkazishlik ekan. Odamlar o‘rtasida adolat o‘rnatish, zulmga butunlay barham berish shak-shubhasiz dinimizni, shaffof bo‘lgan Islomning eng oliy maqsadlaridan biri ekanligini hech qachon unutmasligimiz lozim. Zulm qilgan odam xotirjam bo‘lmasin. Alloh taolo bularning barchasiga guvoh bo‘lib turganini hech qachon yodimizdan ko‘tarmasligimiz lozim. 
Mardikor ishlatib haqini bermaslik ham zulmdir.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo dedi: «Men uch toifa odamga xusumatchi - raqibman va kimga xusumatchi bo‘lsam, uni aniq yengaman. Ular: Mening nomim bilan berilgan narsaga xiyonat qilgan kimsa, hur odamni sotib pulini yegan kimsa, mardikor yollab, ishini qildirib, haqini bermagan kishi» (Buxoriy rivoyati).Yahudiy yoki nasroniyga zulm qilgan, xorlagan, toqatidan tashqari ishni buyurgan yoki biron narsasini norozi qilib olgan kimsa ham mazkur hadisdagi insonlar sirasiga kiradi.Zimmasidagi qarzni inkor qilib yolg‘on qasam ichish ham zulmdir.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki (yolg‘on) qasam ichib, musulmon kishining haqini o‘ziniki qilib olsa, batahqiq, Alloh unga do‘zaxni vojib etib, jannatni harom qiladi», dedilar. «Yo Rasululloh, arzimagan narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘rashgan edi, «Butaning novdasi bo‘lsa ham», deb javob berdilar (Muttafaqun alayh).Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kunida birinchi bo‘lib er-xotin janjallashadi. Allohga qasamki, xotinining tili gapirmaydi. Balki qo‘l-oyoqlari bu dunyoda eriga qilgan sarkashliklari haqida guvohlik beradi. Erning qo‘l-oyoqlari ham u xotinini qanday boshqargani haqida guvohik beradi. So‘ng kishi va xizmatkorlari orasida mana shunday tortishuv bo‘ladi. Ulardan dinoru dirham olinmaydi. Biroq zolimning yaxshiliklari mazlumga olib beriladi, mazlumning yomonliklari zolimga yuklanadi. So‘ng zo‘ravonlar oldiga temir gurzi ko‘targan (farishtalar) keladi va: «Ularni do‘zaxga haydanglar», deyiladi.Shurayx Qoziy aytgan ekanlar: «Zolim jazo-uqubatni, mazlum esa nusratu savobni kutib turganini zolimlar yaqinda bilib oladilar».Rivoyat qilishlaricha, Alloh bir bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, unga zulm qiladigan kimsani boshliq qilib qo‘yadi.Tovus Yamoniy Xalifa Hishom ibn Abdulmalikning huzuriga kirdilar va unga: «Azon kuni borasida Allohdan qo‘rqing», dedilar. Hishom: «Azon kuni qaysi?» deb so‘ragan edi, u zot: «Alloh taolo: «Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi (muazzin): «Zolimlarga Allohning la'nati bo‘lgay», deb jar solur»,degan-ku», dedilar. Buni eshitgan Hishom hushidan ketdi.
Xulosa
Zulm qilish yuksak kata gunohdur, shunday ekan gunoh qilishdan saqlanaylik bu mavzuni tayyorlash davomida o’zim uchun ko’plab kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldim. Albatta bu xayotimda menga dasturi amal bo’lib xizmat qiladi.
Download 17.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling