? Yozuv darslarida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan malakalar izchil berilgan qatorni belgilang.
+Partada to’g’ri o’tirish, ruchkani 3 barmoq orasida ushlash, daftarni parta ustida 65º qiyalikda tutish, alifbodagi kichik va katta harflarni grafik jihatdan to’g’ri shakllantirish va ulash, so’z va 2-3 so’zli gap yozish, ko’chirib yozish, diktovka bilan yozish, ijodiy yozish
=Partada to’g’ri o’tirish, daftarni to’g’ri qo’yish, ruchkani to’g’ri ushlash, yozuv yo’li ichida yozish
=Alifbodagi barcha harflarning bosh va kichik shaklini to’g’ri ulab yozish, 2-3 so’zli gaplarni o’qituvchi yordamida yozish, ko’chirib yozish, diktovka bilan yozish
=Partada to’g’ri o’tirish, erkin rasm chiza olish, kichik va katta harflarni yoza olish, so’zlarni to’g’ri yoza olish
? To‘g‘ri o‘qishga o‘rgatishda qo‘llaniladigan usul berilgan javobni belgilang.
+Matnni to‘g‘ri o‘qish uchun sharoit yaratish
=So‘z ma’nolarini tushuntirish.
=Ma’nosi tushunarsiz so‘zlarni aniqlash.
=Xatolarning to‘g‘rilashning to‘g‘ri sistemasini ishlab chiqish.
? O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan talablar:
+Umumdidaktik talablar, metodik talablar
=Ta’limiy talablar, tarbiyaviy talablar
=O’quvchilarning imkoniyati, bilim va ko’nikma darajasini fikrlash faoliyatini hisobga olishga oid talablar
=Ko’rgazmalilikka o’rgatish
? O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan umumdidaktik talablar:
+Dars tarbiyalovchi xarakterda bo’lishi, ta’limiy maqsadni amalga oshirishi, izchil va istiqbolli bo’lishi, samarali xilma-xil metod va usullar tanlanishi, dars materiali ilmiy va o’quvchilarning saviyasiga mos bo’lishi
=Nutq ifodali, obrazli, aniq, mantiqiy to’g’ri bo’lishi; yozuvning mazmunli va savodli bo’lishi, tilga sezgirlikni tarbiyalashi
=Aqliy mehnatga o’rgatuvchi usullardan foydalanish
=O’rganiladigan mavzularning ilmiyligiga, izchilligiga rioya qilish va o’quvchilar talabini hisobga olish
Do'stlaringiz bilan baham: |