? Boshlang’ich sinf o’quvchilari egallashi lozim bo’lgan fonetik-grafik ko’nikmalar to’g’ri berilgan javobni toping
+Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar
=Jarangli va jarangsiz undoshlar, so’zni bo’g’inga bo’lish
=Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar
=So’zlarni bo’g’inga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish
? So’zning tovush tarkibini bilishning qanday ahamiyati bor?
+So’zlarni to’g’ri talaffuz qilish, so’zdagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun kerak
=O’qish va yozishni tezroq egallashga yordam beradi
=Ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni muvaffaqiyatli davom ettirish imkonini beradi
=So’z turkumlarini o’rganishda so’zlarni tarkibiy qismlarga ajrata olish malakalarini shakllantiradi
? O’qish va yozuv malakasi...
+nutqqa oid malaka
=tilga oid malaka
=til va nutqqa oid malaka
=ichki va tashqi nutqqa oid malaka
? Savod o’rgatishda o’quvchilar toliqib qolmasliklari uchun ish turlari qancha vaqt orasida almashtiriladi?
+8-10 daqiqada
=15-20 daqiqada
=5-6 daqiqada
=3-4 daqiqada
? Savod o’rgatishda yozuv darslarining davrlari qaysi javobda to’g’ri qayd qilingan?
+Tayyorgarlik davri, asosiy davr
=yakuniy bosqich
=umumlashtiruvchi bosqich
=kirish bosqichi
? Fonematik eshitish qobiliyatini o’stirish deganda nima tushuniladi?
+So’zlarni to’g’ri, aniq talaffuz qilish, talaffuzda ayrim tovushlarni farqlash, bo’g’indan tovushni ajrata olishni
=So’zlovchining nutqini tushuna olishni
=So’zlovchining nutqini tushunib, uni ifodali qaytara bilishni
=Turli mashqlar yordamida so’zlovchining nutqini anglashlari va qayta ifodalay bilishlarini
? 4-sinf o’quvchiari-ning o’qish malakasi qaysi bosqichga to’g’ri keladi.
+Sidirg’a o’qish bosqichiga
=Bo’g’inlab o’qish bosqichiga
=Bo’g’inlab sidirg’a o’qish bosqichiga
=Harflarni qo’shgan holda bo’g’inlab o’qish bosqichiga
Do'stlaringiz bilan baham: |