§. Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari


  Solenoid atrofida hosil bo‘ladigan magnit maydon


Download 361.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana21.01.2023
Hajmi361.17 Kb.
#1106567
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektromagnit induksiya hodisasi

2. 
Solenoid atrofida hosil bo‘ladigan magnit maydon: Silindr ichki 
nuqtalaridagi maydon kuchlanganligi ham siklik usulda hisoblanadi, ammo uzun solenoid 
uchun maydon induksiya vektori o‘ramning ichki qismida to‘g‘ri va tashqi qismida 
to‘g‘ridan - to‘g‘ri spiralsimon bo‘ladi. Ichki tuzilishi va o‘lchamlari bir-biriga o‘xshash 
bo‘lgan yetarlicha uzunlikdagi solenoid uchun magnit maydon induksiya vektori 
quyidagicha: B = 
o
IN/L Bu yerda N solenoidni kesib o‘tuvchi o‘ramlar soni (ushbu 
ifoda aksariyat hollarda 
o
In kabi ifodalanadi, bunda n = N/L solenoidning cho‘lg‘amlar 
1
Paul Peter Urone, Rogar Hinrichs College Physicsp-797


zichligi). O‘tkazgichning uchida yoki tashqarisidagi magnit maydon induksiya vektori bir 
xil emas, uni hisoblash ancha qiyin.
Nazorat savollari: 
1. Elektromagnit induksiya hodisasi nimadan iborat? 
2. Faradey tajribalarini tushuntirib bering. 
3. Magnit induksiya oqimi deb nimaga aytiladi? Uning qanday o‘lchov birliklari 
mavjud? 
4. Magnit induksiya oqimining o‘zgarish tezligini tushuntirib bering. 
5. Induksion tok nima va uning yo‘nalishi qanday bo‘ladi? 
6. Lens qoidasini ta’riflang. 
7. Induksion E.Y.K nima? Uning ta’rifini, formulasini va o‘lchov birligini yozing. 
8. O‘zinduksiya hodisasini tushuntiring. 
9. Konturning induktivligi deb nimaga aytiladi? Formulasi va o‘lchov birligi qanday? 
10. O‘zinduksiya E.Y.K deb nimaga aytiladi? Formulasi va o‘lchov birligini yozing. 
Mustaqil yechish uchun masalalar:
1. 1000 ta o’ramdan iborat ramka 0,1 Tl induksiyali bir jinsli magnit maydonda 10 
s
-1
chastota bilan bir tekis aylanmoqda. Ramkaning yuzasi 150 sm
2
. Ramkaning 30
0
burchakka burilishiga mos keluvchi EYK ning oniy qiymatini aniqlang. 
2. Solenoiddan ikki amper tok oqmoqda. Solenoidning ko’ndalang kesimiga 
singguvchi magnit oqimi 4 mkVb. Agar solenoid 800 o’ramga ega bo’lsa, uning 
induktivligini aniqlang. 
3. Solenoidning chulg’ami 0,2 mm diametrli mis simlarning bir-biriga qattiq 
jipslashib turgan bir qatlamidan iborat. Solenoidning diametri 5 sm. Solenoiddan 1A tok 
o’tmoqda. Agar chulg’am uchlari qisqa tutashtirilsa, u orqali oqadigan zaryad miqdori 
aniqlansin. 
4. 0,01 Tl induksiya bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga tik 
joylashgan to’g’ri sim turibdi. Simning uzunligi 8 sm. Undan 2A tok o’tmoqdayu Maydon 
kuchlari ta’sirida sim 5 sm masofaga siljigan. Maydon kuchlarining bajargan ishi ni 
toping. 
5. 20A tok oqayotgan xalqa 0,016 Tl induksiyali bir jinsli magnit maydonda erkin 
o’rnashdi. Xalqaning diametri 10 sm. Xalqani uning diametri bilan mos keluvchi o’qqa 
nisbatan 90
0
burchakka burish uchun bajarilishi lozim bo’lgan ishni toping. Shuningdek, 
180
0
burchakka burish uchun ham. 
6. Uzunligi 10 sm bo’lgan to’g’ri sim induksiyasi 1 Tl bo’lgan bir jinsli magnit 
maydonga joylashtirilgan. Uning uchlari maydondan tashqarida turgan egiluvchan sim 
yordamida ulangan. Zanjirning to’liq qarshiligi 0,4 Om. Simni induksiya chiziqlariga tik 
ravishda 20 m/s tezlik bilan =arakatlantirish uchun qanday quvvat zarur bo’ladi? 
7. 0,35 Tl induksiyali bir jinsli magnit maydonda ramka 480 min
-1
chastota bilan 
tekis aylanmoqda. Ramkaning o’ramlar soni 500, yuzasi 50 sm
2
. Aylanish o’qi ramka 


tekisligida yotibdi va induksiya chiziqlariga tik yo’nalgan. Ramkada hosil bo’ladigan 
EYK ning amplituda qiymatini aniqlang. 
8. 1 kA tokli uzun to’g’ri o’tkazgichdan 1m masofada 1 sm radiusli xalqa turibdi. 
Xalqa shunday joylashtirilganki, unga singgadigan oqim maksimal. O’tkazgichdagi tok 
uzilganda xalqadan oqib o’tadigan elektr miqdori aniqlansin. Xalqaning qarshiligi 10 Om. 
9. Reostat yordamida g’altakdagi tok kuchi 1 s da 0,1 A dan bir tekis orttirilmoqda. 
g’altakning induktivligi 0,01 Gn. O’zinduksiya EYK ning o’rtacha qiymatini toping. 
10. Uzunligi 50 sm kesimining yuzasi 4 sm
2
bo’lgan karton karkasga diametri 0,2 
mm bo’lgan sim o’ramlari bir biriga qattiq jipslashtirib (ajratgichning izolyatsiya qalinligi 
hisobga olinmasin) bir qatlam qilib o’ralgan. Hosil bo’lgan solenoidning induktivligini 
toping. 
11. 4 mHn induktivlikli solenoidda 600 ta o’ram bor. Agar chulg’amdan o’tayotgan 
tok kuchi 12 A bo’lsa, magnit oqimini toping. 
12. Noma’lum karkasga o’ralgan uzun to’g’ri solenoid 100 ta o’ram va 3 mHn 
induktivlikka ega. 1A tok kuchida solenoid qanday magnit oqimi va qanday oqim ilashuvi 
hosil qiladi? 
13. Ikkita g’altak bir-biridan uncha katta bo’lmagan masofada joylashgan. Birinchi 
g’altakdagi tok kuchi 5 A/s tezlik bilan o’zgarganda ikkinchi g’altakda 0,1 V induksiya 
EYK vujudga keladi. g’altaklarning o’zaro induksiya koeffitsiyentini aniqlang. 
14. Nomagnit o’zakli toroid chulg’amida 251 ta o’ram bor. Toroidning o’rtacha 
diametri 8 sm, o’ramning diametri 2 sm. toroidga 100 ta o’rami bor ikkilamchi chulg’am 
o’ralgan. Birlamchi chulg’am tutashtirilganda unda 1ms vaqt davomida 3A tok kuchi 
qaror topadi. Ikkilamchi chulg’amda vujudga keladigan induksiya EYK ning o’rtacha 
qiymati topilsin. 
 

Download 361.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling