§. Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari


Download 361.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.01.2023
Hajmi361.17 Kb.
#1106567
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektromagnit induksiya hodisasi

2. Lens qoidasi.  
dt
d
E
Ф

=
ifodadagi minus ishora 1833 – yilda rus fizigi E. Lens 
(1804 – 1865) tomonidan yaratilgan induksion tokning yo’nalishini aniqlashga imkon 
beruvchi qoidaning matematik ifodasidir. 
Lens qoidasi: konturda vujudga keladigan induksion tok shunday yo’nalishga 
egaki, uning magnit maydoni, shu induksion tokni vujudga keltirgan magnit oqimining 
o’zgarishiga to’sqinlik qiladi. Lens qoidasidan foydalanib, Faradey qonuni quyidagicha 
yozish mumkin: konturda vujudga keladigan induksion elektr yurituvchi – kontur o’rab 
turgan sirt orqali o’tadigan magnit oqimining o’zgarish tezligiga miqdoran teng, ishorasi 
esa qarama – qarshidir.Induksiya EYK magnit oqimining o’zgarish usuliga bog’liq emas.
Induksiya EYK ning tabiati. Endi EYK ning vujudga kelish tabiati bilan qiziqaylik. 
Buning uchun tajriba o’tkazamiz. Bir qismi harakatga kelishi mumkin bo’lgan kontur 
magnit maydonga kiritilgan. Bir jinsli magnit maydon induksiya vektori bizdan rasm 
tekisligiga qarab perpendikulyar yo’nalgan bo’lsin. Harakatlanuvchi qism ichidagi 
elektronlarga Lorens kuchi ta’sir etadi. Harakatlanuvchi qismning o’rni 1 dan 2 ga 
o’zgarganda, kontur o’rab turgan magnit oqimi ham o’zgaradi. Harakatlantiruvchi qism 
ichidagi elektronlarga ta’sir qilgan Lorens kuchi ularni harakatga keltirib, induksiya EYK 
ni vujudga keltiradi. Elektromagnit induksiya uchun Faradey qonuniga muvofiq
harakatsiz kontur o’zgaruvchan magnit maydonda turganida ham EYK induksiyalanishi 
mumkin. Lekin bu holda uni Lorens kuchi vujudga keltirgan deya olmaymiz. Chunki 
Lorens kuchi harakatsiz elektronlarga ta’sir etmaydi. Bu muammoni hal qilish uchun 
Maksvell magnit maydonning har qanday o’zgarishi atrofda elektr maydonni va bu elektr 
maydon esa induksiya elektr yurituvchi kuchini vujudga keltiradi deb tushintirdi. Chunki 


elektr maydon harakatsiz elektronlarga ham ta’sir qiladi. Induksiya EYK voltlarda 
ifodalanadi. 

Download 361.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling