• Ertak haqida umumiy ma'lumot va ertak ustida ishlash metodikasi


Download 182 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi182 Kb.
#1403563
Bog'liq
Ertak haqida umumiy ma\'lumot


REJA
Kirish
• Ertak haqida umumiy ma'lumot va ertak ustida ishlash metodikasi
• Ertak ustida ishlashda asar qahramonlari harakterini o'rgatish usullari.
• Ertak ustida ishlashda ko'rgazmali qurollar va didaktik o'yinlarning axamiyati.
• Xulos

Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlami o'rganish, ozlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan-bir yo'li ta'lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir. Zero, ilm olish yo'lidagi izlanish insonning e'tiqodi va dunyoqarashi, manaviy-axloqiy kamolot sari etaklaydi.


Boshlang'ich ta'lim davlat qonunini hayotga tadbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi va unda o'qish darslarini o'tish asosiy o'rin egallaydi. O'qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o'rgatishning muxim omilidir. Shuning uchun xam boshlang'ich ta'lim tizimida muhim o'quv predmeti ta'lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vositasi xisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'qish darslarida she'r, xikoya, masal, rivoyat, ulug' allomalarimiz xayoti va ijodi, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertaklar bilan tanishib boradilar.
Umumiy ta'lim maktablarida xalq og'zaki ijodi materiallarini o'rganish boshlang'ich sinflardan boshlanadi. Quyi sinflarda folklor materiallarini puxta o'rganish o'quvchilarda xalq ijodiga mehr uyg'otadi, ulaming yuqori sinflardagi faoliyatlarida ijobiy rol o'ynaydi.

E

rtaklar xalq og'zaki ijodining qadimiy va keng tarqalgan janridan biridir. Qadimgi kishilarning tasavvurlari natijasida paydo bo'lgan afsonalarning zaminida dastlabki ertaklar paydo bo'lgan. Dastlabki ertaklarda mifologik obrazlar ko'p uchragan bo'lishlari kerak.






Asrlar o'tishi bilan kishilar ongi o'qish, jamiyatdagi voqea xodisalar, odamlaming o'zaro muomala munosabatlari zaminida ertaklar tobora xayotga yaqinlashtirilgan. Keyinchalik aniq maqsad va yo'nalishlar zaminida ertaklar yaratilgan va ularni yaratishdan asosiy maqsad shunchaki qiziqarii voqealar bayoni emas, balki maslaxat va yo'nalishlar bera olish, ibrat va na'muna ko'rsatishga aylangan.








Maxmud Qoshg'ariy ertaklar xaqida shunday ma'lumot beradi: -ertaklar doston va afsonalaming qisqargan, mazmunigina saqlanib qolgan variantlari tarzida ham maydonga kelishi bilan birga, ayrim ertaklar zaminida xalq dostonlari yaratilgan bo'lishi ham mumkin. Masalan «Toxir va Zuxra». Ertaklar xalq epik ijodiyotining asosini tashkil etadi. Ularda epik ko'lamdagi voqealar xikoya qilinadi.
Ertaklaming ko'pida real xayot tasviri fantastik elementlar bilan qo'shilib ketadi. Ertakning o'tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalami maftun qiladi: undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qaxramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi unda ezgu kuchning doimiy g'alaba qilishi bolalami o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan xikoya qilish shakli, bir xil so'z va iboralaming qayta-qayta takrorlanib turishi, oxangdorligi, tilning ta'sirchanligi, ifodali vositalarning jonliligi bolalar uchun g'oyatda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilaming raxmdil, saxiy, adolatli xamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kabi timsollarga bo'linishi o'quvchilami axloqiy jixatdan tarbiyalashga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Ertak bolalarda personajlarning xatti-xarakatini muxokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stiradi. Ertakda xalq o'z hayotini o'zi hikoya qiladi, shuning uchun o'quvchilar ertakni o'qish bilan ma'lum davrdagi xalq hayotini, o'ylari va orzu-istaklarini bilib oladilar.

Ertak ustida ishlashda quyidagi vazifa va tamoyillarga amal qilinadi:


1. Ertak orqali yuksak axloqiy tarbiya berish.
2. Ertak matni asosida o'quvchilar nutqini o'stirish.
3. Ertak orqali o'zbek xalqining milliy koloritini o'rgatish.
4. Ertak vositasida o'quvchilarda ijodkorlik xislatlarini tarkib toptirish.
5. Ertakdagi syujet orqali o'quvchilarning mantiqiy fikriashini o'stirish.
Ertakni izoxli o'qish darsining qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin:
1. O'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash.
2. Ertakni ifodali o'qish.
3. Dastlabki taassurot bo'yicha suhbat.
4. Ertakni izoxli o'qish.
5. Ertak matnini tahlil qilish.
6. Ertak matniga reja tuzish.
7. Reja asosida ertakni qayta hikoyalash.
8. Umumlashtiruvchi suhbat.

Har bir ertakda ikki-uch yoki undan ham ko'proq yetakchi o'brazlar ishtirok etadi. Ertaklarda turmush voqealari ham ajoyib va qiziqarli, kishilami hayajonlantiradigan darajada aks ettiriladi.


Ertaklar mavzu va mazmuniga ko'ra quyidagi guruxlarga bo'linadi:
1. Hayvonlar haqidagi ertaklar.
2. Xayoliy fantastik ertaklar.
3. Hayotiy-maishiy ertaklar.
4. Hajviy ertaklar.
Ertaklarda halq og'zaki ijodining asosiy xususiyatlari to'laligicha namoyon bo'ladi. O'tmishda ham, hozirgi zamonda ham ertaklar yozma adabiyot vakillari tomonidan kam yaratilgan. Demak, ulaming deyarli barchasini og'zaki tarzda yaratilgan desak bo'ladi.
Ertaklarning avtorlari ma'lum emas. Ertaklar davrlar o'tishi bilan ko'pincha o'zgarishlarga duch keladilar. Ularning yangi-yangi variantlari yaratiladi. An'anaviy boshlanma, an'anaviy tugallanma, an'anaviy raqam ham ertaklarga xos hususiyatdir.

Hayvonlar haqidagi ertaklar deganda, asosan to'rt oyoqlilar tushuniladi, lekin bu tushuncha to'g'ri emas.


Chunki "xayvon" so'zi tirik demakdir. Shu boshdan, bu o'rinda barcha jonzotlarni xayvon deb atamoq mumkin. Xalq ertaklarida burga va chumolidan tortib to tuya va fil, undan katta hayvonlar ham ishtirok etadilar.
Ayrim ertaklarda inson mutlaqo ishtirok etmasligi ham mumkin.
Ammo hayvonlar haqidagi ertaklarning aksaryatida insonning ishtirokini ko'ramiz. Hayvonlar xaqidagi ertaklarga ham boshqa turdagi ertaklar singari inson muammolari bilan bog'liq barcha masalalar ko'tarilib chiqishi mumkin. O'zining tarbiyaviy axamiyatiga ko'ra hayvonlar ishtirokidagi ertaklar boshqa turdagi ertaklardan kam emas. Ularda ham do'stlik, o'zaro xurmat va g'amxo'riik, birodarlik kabi insoniy fazilatlar targ'ib etiladi.
Sehrli-fantastic ertaklar ming yillar davomida insoniyatning, turli yovuz kuchlarga qarshi olib borgan kurashlari davomidagi xulosalari, ulardan kelib chiqadigan ehtiyojlarining o'ziga xos yechimi sifatidagi maydonga kelgan. Inson doimo xayoliy orzu-istaklar bilan yashaydi. Bunday xayoliy orzu-istaklarni ro'yobini sehrli-fantastik ertaklarda ko'rish mumkin.

Sehrli-fantastic ertaklarning qaxramonlari bu toifa ertaklarning o'ziga xosligidagi asosiy belgilari bo'ladi. Ularda uchadigan otlar va gilamlar, so'ylaydigan jonzotlar, tutatqiga yetib keladigan ot, bo'ri, ayiq, sehrgar kampirlar, uchadigan devlar, suv ostida, osmonda, yer ostida yashaydigan odamlar va boshqalar ishtirok etadilar. Sehrli-fantastik ertaklarga quydagilarni misol qilish mumkin:


"Ur to'qmoq", "Zumrad va Qimmat", "Yoriltosh", hayotiy-mantiqiy ertaklarda sehrli voqea va buyumlar ishtirok etmaydilar. Bunday ertaklar jamiyat va yakka shaxslarning kundalik hayot va inson umri davomidagi ayrim voqealarni aks ettiradi. Shunga qaramasdan, ularda muhim masalalar ko'tarib chiqiladi. Xayotiy-maishiy ertak qahramonlari faol yashaydigan kishilar bo'lib, ular o'z aql-zakovatlari, bilimi va tajribalariga suyangan xolda katta muommolami hal qiladilar, ulkan to'siqlarni yanchib o'tadilar.
Ijobiy qaxramonlar xushmuomala, muloyim, mexribon: shu bilan birga, dushmanga nisbatan keskin va jasoratli bo'ladilar. Salbiy qaxramonlar esa xammaga yoqmaydigan zamin, nodon, joxil, yalqov kishilar bo'ladi. Xullas, xalqimizning barcha orzu-umidlari hayotiy-maishiy ertaklarning mazmun va g'oyasi orqali ifodalangan bo'ladi.
"Uch og'ayni botirlar", "Kenja botir ," "Malikai Husnabod", "Oygul bilan Bahtiyor" kabi ko'plab ertaklar hayotiy-maishiy ertaklar hisoblanadi.
Xajviy ertaklarda boshqa turdagi ertaklarning elemetnlari saqlanib qolgan bo'ladi. Yani ularda hayvonlar ishtirok etishi, xayotiy-maishiy masalalar ko'tarib chiqilishi, sexr va fantaziya ishtirok etishi mumkin. Demak, bu turdagi ertaklar asosan o'zining satirik mazmuni bilan farqlanib turadi. Xajviy ertaklarda ijtimoiy xayotdagi barcha salbiy holat va ko'rinishlar, inson harakterlari ochib tashlanadi, nishonga olingan kishilar turli tabaqa va toifa kishilari bo'lishi mumkin. Xullas ijtimoiy hayotdagi barcha ziddiyat va qarama-qarshiliklar bunday ertaklarga asos bo'la oladi.
Hajviy ertaklarda zolim podishoxlar, ochko'z amaldorlar, xasis va ziqna, boylikka o'ch boylar, shuningdek fahm-farosatsiz kishilar hajv qilinadi.
Ayrim hajviy ertaklar hajm jihatdan qisqa bo'lib, voqealar ixcham va lo'nda tarzda beriladi.
Ertak bola tarbiyasida ijobiy tasir ko'rsatadi, ertaklar o'quvchilami mehnatsevar, adolatparvar, vatanparvar kishilar bo'lib yetishishlarida beqiyos axamiyat kasb etadi.
i
Ertak ustida ishlashda asar qahramonlari harakterini quyidagi usullar orqali aniqlash mumkin.
1. Asar qahramonlari ustida suhbat.
2. Asar qahramonlarining harakterini ochib beruvchi savol-javob o'tkazish.
3. Asarni rollarga bo'lib o'qish.
4. Asarni sahnalashtirish.
O'quvchi ifodali o'qilayotgan asarni tinglab, uning tub mohiyatini tushunib olish imkoniyatiga ega bo'ladi, asar qahramonlarining ichki dunyosini, hatti-harakatini, ruhiy kayfiyatini anglab olishga o'rganadi. O'qituvchi asardagi voqeaga befarq qaray olmaydi, aksincha, o'quvchilarning diqqatini jalb • etadi. O'qituvchi asarda tasvirlangan voqea va bu voqeada ishtirok etgan obrazlarning kuch-qudrati va oliyjanobligini zo'r hayajon bilan o'qiydi va qiroatxon o'zida o'sha obrazlarga nisbatan samimiyat xis qiladi. O'quvchilarda esa hayrihohlik uyg'otadi. Shu voqeada ishtirok etgan salbiy obrazlarga nisbatan o'qituvchi o'qish vaqtida o'zida nafrat uyg'otadi va bu xissiyotni uquvcilarda ham qo'zg'otadi.
Masalan: "O'qish kitobi" dagi "Botir mergan va chaqimchi" ertagi o'quvchilar tomonidan sevib o'qiladigan asarlardan biridir. Ertakda ahillikni ezozlovchi, chaqimchilikni qoralovchi fikrlar berilgan.

O'qituvchi ertakdan parcha o'qib berar ekan, o'quvchilar etiborini ikki qahramonning yani Botir mergan va chaqimchining so'ziagan fikri berilgan jumlalarga qaratadi.


Botir merganning podishoxga so'zlayotgan paytini o'qituvchi o'quvchilarga yetkazib berayotganda, Botir merganning xolatini xis qilgan xolda o'sha obraz xolatida muloyimlik, kinoyalik va iltimos qilish ohangida jumlani o'qiydi. Masalan:
- Unday bo'lsa, taqsir men sizning molingizni yolg'iz o'zim o'g'irlab yeganim yo'q. Qirq uyli ovulimni qishdan sog'-salomat olib chiqdim, ularni o'limdan saqlab qoldim.
Fuqaro qirilib ketsa kimga podishoxlik qilardingiz? Farzand och qolsa-yu otasidan non so'rasa gunohmi? Siz el-yurt otasisiz, aytingchi, biz fuqoro nonni sizdan boshqa kimdan so'raylik.
O'qituvchi jumlani o'qib bo'lgandan so'ng o'quvchilami birinchi holatini, yani ijobiy holatga bo'lgan ruhiy kechinmasini kuzatadi, shu xolatdan chiqib ketmagan bir vaziyatda endi salbiy obraz qahramoni chaqimchining so'ziagan fikrini o'qiy boshlaydi.
O'qituvchi bu jumlalami yuz mimikasi orqali, ya'ni ko'zlarini alang-jalang qilib, qoshlarini kerib, o'quvchilarda salbiy qaxramonga bo'lgan nafratni uyg'ota bilishi kerak. Shundagina o'quvchilarda salbiy va ijobiy qaxramonga bo'lgan ruxiy vaziyatni to'laqonli namoyon bo'ladi.
Ta'sirli o'qish o'quvchilarda xis tuyg'u uyg'otibgina qolmay, balki ulaming asarda talqin etilayotgan asosiy g'oyani tushinib olishlariga, voqea-hodisalarni ko'z o'nglarida gavdalantirishlari, zavqlanishlariga ham imkon beradi.
Ertak tugagandan keyin suhbat o'tkazish, huddi shu ertakka o'xshash yoki unga mazmunan zid ertak aytib berishga, ertak qaxramonlariga o'xshash insonlami misol qilib ko'rsatishga ruxsat etish mumkin. Chunki o'quvchilar ko'pincha xikoyani yoki ertakni logik tarzda emas balki obrazli nutq formasida qabul qiladilar.
Ertak mazmuni yuzasidan savol javoblar o'tkazish bolalarning fikr yuritishlarini ta'minlaydi. Asarni qayta o'qib, uni puxta o'rganishga undaydi. Bular faqat o'quvchilar uchungina emas o'qituvchi uchun ham foydalidir.
Atoqli pedagog M.A.Rebenkovaning fikricha «Ertak mazmuni yuzasidan savol-javob o'tkazish, yarim xikoyadir».
Ertak mazmunini ochishda va ertak qaxramonlarini yanada chuqurroq o'rganishda asarni rollarga bo'lib o'qish ham sermaxsul usullardan xisoblanadi.
O'qituvchi asarni tanlab uning mazmunini o'quvchilarga etkazib bergandan so'ng:
- Bolalar, kirn asardagi qaysi qaxramon tilidan o'qishni istaydi. Uni tanlash uchun siz avval asarni diqqat bilan ichda o'qib chiqing. So'ng istagan rolni tanlab uning xolatiga o'xshatib o'qishga xarakat qiling deydi. O'quvchilar o'zlariga mos rolni tanlab oladilar. Botir mergan rolini tanlagan bola odamlarga yaxshilik qilishni o'ylaydigan, oliyjanob kishi tilida, chaqimchi rolini o'qiyotgan bola doim odamlarga yomonlik qiluvchi, birovning yeganini ko'rolmaydigan kishi tilida, shuningdek podshoh rolini olgan o'quvchi esa yomonlikni oldini oluvchi inson sifatida o'qish lozimligini anglaydi.
Rollarga bo'lib o'qish turini qo'llaganda o'quvchilar asarni o'qib qolmay, balki obrazlarning xarakatlari, tashqi qiyofasi va ichki kechinmalarini ham ifodalashga xarakat qiladilar.
Ertakni o'qish, tahlil qilish va nutq o'stirish masalasi o'zaro bog'liq bo'lib, bularning barchasi bir butunlikni tashkil etadi.
O'qish darslarida o'quvchilaming o'qiganlarini aniq mazmunli va ifodali qilib gapirib berish ta'limda aloxida axamiyat kasb etadi.
3-4-sinf o'quvchisi o'qigan asarlarida talqin qilinayotgan g'oyani erkin ifoda eta bilishi, jumlalami pishiq tuza olishi, nutqda obrazli ifodalarni o'rinli ishlata olishi kerak. Asardagi qaxramon va personajlarning xolatini so'zlab berishda chiroyli so'zlar axtarib topib, ularga munosabatlarini bildiradilar. Masalan: «Ona mehri» ertagida ona obrazini bolalar shunday tasvirlashlari kerakki, ular uchun bu ayol mehribon, matonatli, dunyodagi eng qo'rqmas ayol bo'lib gavdalansin. Unga nisbatan xurmat, havas hislari sezilib tursin. Bolalar ona obrazini sochlari uzun o'rilgan, oq ro'mollar tashlab olgan, jasoratli ayol deb ta'riflaydilar. Xatto xikoyalarining oxirida:
Biz ham o'sha onadek qo'rqmas bo'lishni orzu qilamiz deb uning ishlarini qo'llab-quvvatlashlarini bildiradilar. O'qituvchi bolalardan:
O'ylang-chi bu ertakda yana kimlami ishtirok etishini istardingiz? -deb so'raydi. Bolalar: ayolning o'sha vaqtda o'g'illari yoki biror-bir qarindoshi bo'lganda edi ertak yana ham qiziq bo'lar edi. U onasiga yordam berib, devning changalidan qutqazar edi - deb o'z fikrlarini bayon qilishadi.
Asar mazmumini bunday chuqur atroflicha tahlil qilish nutq o'stirishda muxim ahamiyat kasb etadi. Ba'zan ertak yoki xikoya bolalarga turlicha ta'sir etishi, ya'ni ularni kuldirishi, xayron qoldirishi, hayajonlantirishi, hatto yig'latishi mumkin.
Bunday his-tuyg'u va holatlarni o'qituvchi ustalik bilan kerakli yo'nalishga solishi va ulardan tarbiyaviy maqsadlarda samarali foydalanishi lozim.
Ertak qaxramonlarining xarakterini, holatini, ruhiy kechinmalarini yanada jozibali, bolalarga tushunarli bo'lishi maqsadida ertakni sahnalashtirish ham eng samarali usullardan xisoblanadi.
Chunki o'quvchilar ertakni o'qiganda va eshitganda ertak qaxramonlarining holatini hayolida tasavvur qilishi mumkin. Lekin ularning tashqi qiyofasini tasavvur qilishga qiylanadilar. Ayrim o'quvchilar esa ertakni jonli tarzda huddi kinoni qanday ko'rsa, ertakni ham o'shanday ko'rishni hoxlaydilar. Shunday paytda o'qituvchi bunday vaziyatlarni oldini olish uchun ham ertakni sahnalashtirishi lozim. O'qituvchi ertakni sahnalashtirayotganda ertak mazmunidan kelib chiqib ertak qaxramonlarini holatini hisobga olgan. Ertak qo'yilayotgan sahnani ertak mazmuniga mos ravishda bezatilishi lozim. Ertak qaxramonlarini qanday obrazda (salbiy yoki ijobiy) ekanligiga e'tibor bergan holda ularga kiyim tanlay bilishi ham eng muxim ishlardan biri xisoblanadi. Chunki ertak qaxramonlarining nafaqat xarakteri, balki ularning kiygan kiyimi ham ularning qanday inson ekanliklarini bildirib tursin.

Ertak ustida ishlashda ko'rgazmali qurollardan foydalanish va didaktik o'yinlarni o'tkazish eng samarali metodlardan xisoblanadi.


Bolaning o'quv faoliyatini rivojlantirishda turli ko'rgazmali qurollardan va o'yinlardan foydalanish katta axamiyat kasb etadi. Bolalar ko'rgazmali qurollar orqali o'z bilimlarini mustaxkamlashtiradilar va uni chuqur o'zlashtiradilar. Shu jixatdan qaraganda ta'lim jarayonida qo'llaniladigan ko'rgazmali qurollar va didaktik o'yinlarning roli beqiyosdir. Ko'rgazmali qurollar va didaktik o'yinlar ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishda ta'lim jarayonida o'quvchilar faolligini, o'qish motivlarini rivojlantiradi.
Ko'rgazmali qurollar va didaktik o'yinlar nafaqat boshlang'ich sinflarda, balki ta'limning keyingi bosqichlarida ham o'quvchilarning bilimga bo'lgan ishtiyoqini rivojiga katta turtki bo'lishi mumkin. Ayniqsa qiyin o'zlashtiruvchi o'quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o'yinlar samarali ta'sir ko'rsatadi.
Ertak ustida ishlashda ko'rgazmali qurollardan foydalanishda ertak mazmunidan kelib chiqqan holda ko'rgazmali qurol tayyorlash mumkin.
Ko'rgazmali qurollar: rasmli plakatlar, turli buyum maketlari, jonli xayvonlar, o'simliklar, ish qurollari va xokazolar bo'lishi mumkin.

Masalan: «0'qish kitobidagi» «Hosil deb ko'chat ekarman» ertagi ustida ishlashda quyidagi ko'rgazmali qurollardan foydalanish mumkin:


Ertak mexnat to'g'risida bo'lgani uchun har xil kasb egalarining rasmi tushirilgan plakatlar shu kasb egalari bilan o'quvchilami tanishtiriladi.
Mexnat qurollari: arra, tesha, bolta, mix bilan tanishtirib, bu mexnat qurollarini qayerlarda foydalanish kerakligi to'g'risida ma'lumot beriladi.
Agar zarurat tug'ilsa biron kasb egalarini mexnatini kuzatish maqsadida ekskursiya uyushtirish mumkin: masalan, novvoylarni, kosiblarni qilgan ishlari bilan tanishtirish mumkin.
Ertak ustida ishlashda quyidagi didaktik o'yinlardan foydalanish mumkin: «Topag'on» o'yini:
O'qituvchi biron-bir ertak mavzusini aytadi. Masalan: «Ur to'qmoq». O'quvchilar shu ertakda qatnashgan obrazlarni predmet nomlarini doskaga yozib chiqishadi. Eng ko'p to'g'ri javob topgan o'quvchi g'olib sanaladi.
1-variant: Savol: «Ur to'qmoq» Javob: Choi, kampir, uch yigit, laylak, qo'ychivonlar. Predmetlar: Qaynar xumcha, Ochil dasturxon, Ur to'qmoq.
2-variant: «Xosili deb ko'chat ekarman» Javob: Ayiq, arslon (Sher) predmet: tesha.
Bu o'yinni o'tkazish bilan o'quvchilar oldin o'tilgan ertaklarni eslashadi. Bundan tashqarii bolalar so'z boyligi ortib, ularda xozirjavoblik, mustaqillik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi.

Yuqoridagi ishlardan ko'rinib turibdi-ki darsda o'quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish asarlarni janr tabiatidan kelib chiqib rollarga bo'lib o'qitish, qaxramonlar nomidan qayta xikoya qilish, qaxramonning taqdiri haqidagi xikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og'zaki hikoya tuzdirish kabi ijodiy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Boshlang'ich sinflarda xalq og'zaki ijodi na'munalaridan foydalanish bilan bolalarni nafaqat tarbiyasiga, balki nutq ravonligiga ham ta'sir etgan bo'lamiz.
Maktab isloxoti talablari amalga oshirilayotgan shu kunlarda quyi sinflarda ishlayotgan har bir o'qituvchi xalq og'zaki ijodi materiallarini puxta o'zlashtirib olishlariga e'tiborni kuchaytirmoq lozim.
Yosh avlodni tarbiyalash har bir o'qituvchining zimmasida ekan, o'quvchilarni tarbiyalashda o'qitiivchi yangi-yangi metodlardan foydalanib ish ko'rmog'i lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar.
«Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti
va
o'quv dasturi» «Sharq» nashriyoti. 1999 yil 7-
maxsus son.
A. Jo'rahonov, « Bolalar adabiyoti va folklor» Andijon - 2004 yil
Q. Yusupov, «Ona tili o'qitish metodikasi» Andijon - 2004 yil
«Xalq ta'limi» jurnali. 3 - son. 1993 yil.
K. Qosimova. «Ona tili o'qitish metodikasi»

Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling