№ hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 ngkst
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termik kreking.
Bajardi
: Ochilova D.U. Neftni termik qayta ishlashning asosiy jarayonlari bu termik kreking, piroliz va kokslash hisoblanadi. Termik jarayonni o’tkazish sharoitlariga qarab xomashyo turli agregat holatlarda bo’ladi: piroliz gaz fazali reakstiya kabi o’tadi, neft qoldiqlarini kokslash suyuq fazada amalga oshadi, og’ir xomashyoning termik krekingida gaz va suyuq faza mavjud bo’lishi mumkin. Termik kreking. Termik kreking jarayonini sanoatda 1912 yildan boshlab qo’llayapti. Uning dastlabki vazifasi bo’lib avtomobil benzinini olish bo’lgan. Ammo motor yoqilg’isining sifatiga talablar oshgani sababli 60– yillarda uning o’rnini katalitik kreking to’liq egalab oldi. Hozirgi vaqtda og’ir qoldiqlarining termik krekingini vakuumli gazoyl (termogazoylning) yoki kam qovushqoqligi qozonxona yoqilg’isini (mazutning–kreking–qoldiqning) olish maqsadida neft qayta ishlashlanadi. Termik krekingning turli–tuman sxemalari mavjud. Qozonxona yoqilg’isining asosan qovushqoqligini pasaytirishga yo’naltirilgan termik kreking varianti dunyo amalyotiga «visbreking» (engil kreking) nomini olgan. Jarayon 450 –480 0 C yaroratda 2–5 MPa bosim ostida amalga oshiriladi. Bunda barqaror bo’lmagan oltingugurt saqlagan birikmalar (vodorod sulfid, sulfidlar, disulfidlar) ning qisman chiqarib yuborishi amalga oshiriladi. Xomashyo bo’lib neft qoldiqlari – yarim gudronlar, gudronlar, asfaltlar ekstraktlar, katalitik krekingning og’ir gazoylari xizmat qiladilar. Visbrekingning asosiy mahsulotlari uglevodorodli gaz, kreking–benzin, kerosin–gazoylli frakstiya, termogazoyl va kreking qoldiq. Quyida termik kreking jarayonida kreking qoldiq (1) va termogazoy (2)ning maksimal chiqilishi bilan mahsulotlarning (% da) chiqishi keltirilgan: Asosan C 1 –C 3 uglevodordlar bilan ifodalangan termik kreking gazi ko’p miqdorda to’yinmagan uglevodorodlarni saqlaydi. Uni neft kimyosi xomashyosi yoki yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Mahsulotlar Kreking qoldiq unumi % (1) Termogazoyl unumi % (2) Uglerodli gaz 2,5 9,0 Barqarorlashishining boshi 3,4 3,0 Kreking –benzin 14,2 25,0 Kerosin –gazoylli frakstiya 3,9 – Termogazoil – 22,0 Kreking –qoldiq 74,4 39,0 Yo’qotishlar 1,6 2,0 № hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 – NGKST Fozilov S.F. Rahbar: Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling