№ hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 ngkst
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davriy kokslash
Bajardi
: Ochilova D.U. II. TEXNOLOGIK QISM II.1. Kokslash jarayonlari turalari va tavsifi Kokslashning mavjud bo'lgan texnolgiyalarni sinflanishining asosida xom ashyo reaksion sohaga berish va mahsulotlarni chiqarib olish usullari yotadi. Bu usullaridan kelib chiqqan holda kokslashning sanoat usulini uch turdagi qurilmalarda o'tkazadilar ular quyidagilar: kublarda davriy kokslash(xom ashyoni yetkazish va mahsulotlarni chiqarib olish davriy). Xom ashyoni uzluksiz yetkazib berish sharoitlarida isitilmaydigan kamera (baraban) larda sekinlashtirilgan kokslash va mahsulotni davriy chiqarib olish hamda koks-tashuvchining psevdo suyuqlantirilgan qatlamida uzluksiz koksllash (uzluksiz xom ashyoni yetkazib berish va mahsulotlarni chiqarib olish). Davriy kokslash-kokslash jarayonining eng eskisi qurilmaning asosiy apparati bo'lib, koks kubi hisoblanadi, bu issiq olov bilan isitiladigan silindirik apparatdan iborat. Bunday qurilmalar Xitoydagi NQIZ da (12 qurilma) va Estoniyadagi slanetsni qayta ishlash zavodlarida ishlatiladi. Texnik darajasiga ko’ra bu qurilmalar eskirgan. Ular tejamkor emas, qo'l mehnatining katta ulushi koksning qiyinchilik bilan chiqarib yuborilishi yomon ekologik ko’rsatgichlar bilan xaraterlanadi. Ammo kreking-qoldiq va piroliz smolasidan olinadigan koks (maxsus koks deb ataladigan) faqat davriy kokslash bilan olinish mumkin. Bu izotrop strukturali koksdir. U konstruktsion grafitli buyumlar, atomli reaktorlarni qushish uchun qo'llaniladi va xosslari jixatidan anizotrop tuzilishli koksga tamoman teskari. Kublarda kokslashning prinstipial texnologik sxemasi 8.8-rasmda keltirilgan. Kokslashda birin-ketin bir qator texnologik operatstiyalarni amalga oshiradilar. Avval xomashyo bug’larining havo bilan portlovchi aralashmani hosil qilishini oldini olish maqsadida kub 1 dan havoni chiqarib yuborish uchun unga bug’ bilan ishlov beradilar. № hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 – NGKST Fozilov S.F. Rahbar: Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling