Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari uch o‘lchamli modellashtirishning asosiy
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
1- UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY
Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY TUSHUNCHALARI. 3DS MAX INTERFEYSI 3DS MAX DASTURIDAN FOYDALANISH SOHALARI Bugungi kunda 3ds Max dasturi hayotimizning ko‘plab sohalariga kirib borgan. Arxitektura va dizayn (sanoat, binolar, obyektlar, interyer, eksteryer, landshaft ko‘rinishlarining hajmli tasvirlarining vizualizatsiyasi ta’minlanadi); ishlab chiqarish (obyektlarni modellashtirish); televideniye (jurnallardagi fotosuratlarga ishlov berish, videroliklar, filmlardagi maxsus effektlar), o‘yinlar yaratish (3D animatsiya va virtual olam, kompyuter o‘yinlarini rivojlantirish); reklama (elektron taqdimotlar va kataloglar, e’lonlar taxtalari va h.k.) va boshqalar. 3ds Max dasturi ilmiy tekshirishlarda, muhadislik loyiha ishlarida, fizik obyektlarining kompyuter modellarini qurishda keng qo‘llaniladi. 3ds Max dasturi kompyuter grafikasi tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli foydalanuvchilarga ega dasturdir. 3ds Max dasturi bilan ishlovchi foydalanuvchilar chizma chizish, kompyuter grafikasi, loyihalash, dizayn, modellashtirish, konstruksiyalash, vizualizatsiya va animatsiya effektlardan foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Bu yerda shu sohaning tashkil etuvchilari - fazolar, obyektlarni modellashtirish, namoyish to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. 3ds Max dasturi bilan ishlovchi mutaxassis - xoh me’morchilik obyekti va interyer buyumlarini yaratadimi, xoh kompyuter o‘yini qahramoni, 3d multfilm va film qahramoninimi, murakkabligidan qat’iy nazar, har qanday uch o‘lchovli modelni yarata oladigan juda keng qamrovli profilga ega bo‘lgan mutaxassisdir. Uch o‘lchamli modellashtirish dasturida ishlash bosqichlari Uch o‘lchamli (3D) grafika - kompyuter grafikasi bo‘limlaridan biri beruvchi usullar va asbob-uskunalar to‘plami hisoblanadi. U ikki o‘lchamli tasvirlardan shunisi bilan farq qiladiki, maxsus dasturlar yordamida tekislikda uch o‘lchamli sahna (virtual makon) modelining geometrik proyeksiyasini qurishni nazarda tutadi. Natijada hosil bo‘lgan obyekt aniq va hayotiy biror-bir obyektga xos bo‘lishi yoki butunlay abstrakt voqealikni tasvirlashi mumkin. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling