Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari uch o‘lchamli modellashtirishning asosiy
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
1- UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari o‘zgartiriladi, fazoda solishtiriladi, ularning teksturalari o‘ziga qarab taqsimlanadi va boshqa ko‘pgina amallar bajariladi. Oynalar proyeksiyasi - bu 3ds Maxning ishchi hududidir, 3d grafik rasmining molberti. Oynalar bir biriga bog‘liq emas. Ularning har biri maxsus asboblar yordamida o‘zgarishi mumkin. Masalan, obyektning masshtab ko‘rinishlari Top (Yuqoridan ko‘rinish) oynasida, uni shunday sozlash mumkinki, unda butun shahar aks ettiriladi. Shu vaqtning o‘zida Left (Chapdan ko‘rinish) oynasida alohida imoratlar aks ettiriladi. Ikkita oyna proyeksiya turlari bor: ortografikli va perspektivali. Ortografik oynalar uchun perspektivani buzib ko‘rsatmasligi xarakterlidir, ya’ni obyektning ko‘rish masofasining oralig‘i oshsa, uning ko‘rinishi kichiklashmaydi. Bunday oynalarda obyektlarning proyeksiyalar va qirqimlari bilan ishlash qulaydir. Masalan, Top (Yuqoridan ko‘rinish), Left (Chapdan ko‘rinish), Front (Oldidan ko‘rinish) va boshqa shunga o‘xshash oynalar ortografik hisoblanadi. Perspektivali oynalarda barcha uch o‘lchamli fazoda odatiy buzib ko‘rsatishlar bor, ya’ni agarda obyektni ohista ko‘rish masofasidan uzoqlashtirilsa, obyekt kichiklashib boradi. Perspektivali oynalar faol ishlash uchun emas, balki sahnani o‘zgartirilgandan so‘ngi natijani ko‘rish uchun zarur. Ularga Perspektive (Perspektiva) va Camera (Kamera) taalluqli, ular keyiroq ko‘rib chiqiladi. Quydagi rasmda sahnaning perspektivali va ortografikli ko‘rinishi ko‘rsatilgan. a) Ortografik ko‘rimsh. b) Perspektiva ko‘rinish. Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari Har xil sahnalar yaratishda obyekt osti bilan ishlanadi, ko‘p chiziladi va chiziqlaming rasmi chiziladi. Bular uchun eng yaxshisi ortografik oyna proyeksiyalari to‘g‘ri keladi. Perspektiva oynalarida esa ishlar natijalari kuzatiladi va vizualizatsiya bajariladi. Har oyna proyeksiyasining yuqorigi o‘ng qismida maxsus navigatsiya View Cube (Kubni ko‘rish) joylashgan. Keyinchalik ana shu manbaa bilan ishlash, hamda oynalar proyeksiyasi bilan ko‘pgina boshqa amallarni va ularning xususiyatlarini sozlash o‘rganiladi. Ba’zi hollarda oyna proyeksiyasidagi tasvir yaxshi ko‘rinmaydi. Bunday holatlar tasvirni tortilishi, oynalarni jimirlashishi, noaniqlik va boshqa holatlarda bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga oyna nomining o‘rniga katta rangli tasma va dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Agarda shunday holatlar paydo bo‘lsa, 3ds Maxni o‘chiring va amallar tizimida quyidagilar bajariladi: barcha daturlarni Autodesk — Autodesk 3ds Maxni ishga tushirish. Natijada 3ds Maxni oddiy ishga tushirilishi sodir bo‘ladi. Buyrqular paneli. Buyrqular paneli dastur interfeysining o‘ng qismida joylashgan. Buyrqular paneli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling