Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari uch o‘lchamli modellashtirishning asosiy


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana17.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1205508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1- UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
 
Boshqacha aytganda namoyish etilayotgan kadrda geometrik 
obyektlar aynan (chiziqlar va sirtlar ko‘rinishda), nogeometrik obyektlar 
esa oraliq (soyalar, tezlanish va hokazo) ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 
Geometrik obyektlarni ko‘rishda juda kuchli va keng tarqalgan 3D paket 
Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini tanlab uning misolida 
obyektlarning asosiy turlari va modellashtirish texnologiyasini ko‘riladi. 
“Autodesk” kompaniyasi uch o‘lchamli (3D) grafikaning eng 
mashhur va ommabopligi bilan ajralib turadi. Bu kompaniya o‘zining 
yuzga yaqin 2D va 3D dasturlari bilan foydalanuvchilarga xizmat qiladi. 
3D modellashtirish uchun eng keng tarqalgan dasturlar: 3ds Max, 
AutoCAD, ArchiCAD, Maya, Fusion 360, Google ScetchUp, KOMPAS-3D, 
CINEMA 4D, Zbrush, Blender. Shu dasturlardan ayrimlarini qisqacha 
tanishib chiqamiz. 
AutoCAD 
- bu Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan ikki va 
uch o‘lchamli kompyuter yordamida loyihalashtirish va chizish dasturidir. 
AutoCAD yordamida amalda istalgan model yoki chizmani chizish 
mumkin. Boshqacha aytganda, qo‘l orqali bajarish mumkin bo‘lgan 
istalgan grafik ishni AutoCAD yordamida bajarish mumkin va bunda 
chizmalarni qo‘shish va o‘zgartirishda yuqori tezlik, sifat, soddalik va 
qulayliklar ta’minlangan. 
AutoCAD asosida yaratilgan maxsus dastur paketlari nafaqat ishlami 
sezilarli yengillashtirish, balki tor va maxsus doiradagi topshiriqlarni 
bajarishga yondashishni tubdan o‘zgartirib yuboradi. AutoCADda uch 
o‘lchamli chizish imkoniyatlarini o‘rganib, mashinasozlik va qurilish 
sohalaridagi uch o‘lchamli obyektlarni chizish bo‘yicha qulay buyruqlar 
majmuasi mavjudligini ko‘rishingiz mumkin. 
AutoCAD dasturida bajarilgan korxona bosh tarxi. 



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling