Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari uch o‘lchamli modellashtirishning asosiy
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
1- UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari Bugunki kunda uch o‘lchamli grafika bizning hayotimizga shiddat bilan kirib borganimizni o‘zimiz ham sezmay qolamiz. Uch o‘lchamli grafika tasvirining yaratish bosqichlari: 1. Modellashtirish - umumiy sahna va uning obyektlarining matematik 3D modelini qurish. 2. Tekstura tarkibiga yaratilgan modellar ustiga materiallar kiritish, sozlash va modellarni haqiqatga aylantirish kiradi. 3. Yoritishni sozlash. 4. Animatsiya yaratish (harakatlanuvchi obyeklar). 5. Render - bu avval yaratilgan modeldan foydalanilgan holda obyekt tasvirini yaratish jarayoni. 6. Kompozitsiyalash yoki joylashtirish - olingan tasvirni qayta ishlov berish, sayqallashtirish. Modellashtirish - virtual makon va uning ichidagi obyektlarini yaratish, turli xil geometriyalar, materiallar, yorug‘lik manbalari, vizual kameralar, qo‘shimcha maxsus effektlarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Material - bu obyektning xususiyatlari va materiallarni ko‘rsatishga imkon beruvchi rastr yoki vektorli rasmning uch o‘lchamli model yuza (sirt)ga beruvchi qoplama. Materialni tekstura deb atash mumkin. Material qoplamalari o‘zining shakl-shamoyilga ega. Yoritish - yaratilgan sahnada yorug‘lik manbalami yaratish, yo‘nalishini belgilash va sozlash. 3D grafik muharrirlari qoida tariqasida yorug‘lik manbalarining quyidagi turlaridan foydalaniladi: tabiiy yorug‘lik manbai, yorug‘lik nuri (tarqaluvchi nurlar), yo‘naltiruvchi yorug‘lik, parallel nurlar va boshqalar. Animatsiya - harakatlanuvchi obyektni yaratish, aniqrog‘i modelning harakatini siljitish. Zamonaviy 3D tahrirlovchilar vositalarni yaratish uchun ko‘plab vositalarni o‘z kuchiga oladi. Uch o‘lchamli modellarni qurish uchun asboblar bilan animatsiyalar yaratish uchun maxsus dasturiy mahsulotlar mavjud. Render - bu obyektning uch o‘lchamli modelini “tekis” tasvirga aylantirish. Ko‘rsatish texnologiyasining bir nechta turi mavjud, ularning har biri o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega: skanlayn, z-bufer, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling