Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari
hajmi Create (Yaratish), Modify (O‘zgartirish) bo‘limlarda bo‘ladi.
Agarda
animatsiyalash loyihasi ustida ishlansa, u holda Hierarchy (Erarxiya),
Motion (Harakat) bo‘limlar doimo ishlatiladi. Amaliyotda ko‘pincha
Create (Yaratish), Modify (O‘zgartirish) bo‘limlar ishlatiladi. Create
(Yaratish) bo‘limda obyektlarni yaratish uchun ko‘pgina asboblar mavjud.
Bu asboblar bo‘sh sahnada ish boshlaganda foydalaniladi.
Modify (O‘zgartirish) bo‘limda o‘z navbatida obyektlarni shakliga va
xususiyatiga o‘zgartirishlar kiritish asboblari bor. Bu bo‘limga mavjud
bo‘lgan obyektlarga biror bir o‘zgartirish lozim bo‘lsagina kiriladi.
Ko‘pincha bu ikki bo‘limdan foydalanilganda adashishlar bo‘ladi. Bu juda
oddiy: agarda biror narsa yaratilishi lozim bo‘lsa Create (Yaratish)
bo‘limga o‘tiladi, agarda biror narsani o‘zgartirish lozim bo‘lsa Modify
(O‘zgartirish) bo‘limga o‘tiladi. Shuni unutmaslik keraki,
aynan qaysi
tugmalar bo‘limlar aro o‘tish imkonini beradi.
Asosiy asboblar paneli.
Asosiy asboblar paneli dastur interfeysining
yuqorigi qismida joylashgan (10-rasm). Bunda sahna ustida ishlash
davrida foydalaniladigan asosiy asboblar joylashgan. Masalan,
obyektlarni fazoda ko‘chirish,
aylantirish, masshtablashtirish,
ajratish,
erarxiya zanjiriga binoan bog‘lash, ko‘zgudagi aksini olish, to‘g‘irlash va
boshqalar.
Asosiy asboblar paneli.
Asosiy asboblar panelida qo‘shimcha muharrirlarni chaqirish
tugmasi ham bor. Masalan, materiallar muharriri,
egri animatsiyalar
muharriri, vizualizatsiya muharriri. Har bir muharrirlar sahna yaratishning
ma’lum bir bosqichida foydalidir. Asosiy asboblar paneli doimo qo‘l
ostida bo‘lishiga
qaramasdan, barchasini tezkor chaqirish tugmasi
yordamida zudlik bilan chaqirish mumkin. Bu esa sahna ustida ishlash
jarayonini tezlashtiradi.
Agarda biror yordamchi asbob kerak bo‘lsa u asosiy asboblar
panelining oyna proyeksiyasining yuqorisida bo‘ladi
.