Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari uch o‘lchamli modellashtirishning asosiy
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
1- UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari Unda obyektni yaratish uchun zarur bo‘lgan asboblar joylashgan. Masalan, shaklni o‘rgartirish, obyektlar orasidagi bog‘lanishni sozlash, animatsiya, obyektni tasvirlash usulini tanlash va ko‘pgina boshqa asboblar. Bu amallar taalluqli bo‘limlarda batafsil keltiriladi. Buyruqlar paneli 6 bo‘limdan tashkil topadi: Create (Yaratish), Modify (O‘zgartirish), Hierarchy (Erarxiya), Motion (Harakat), Display (Tasvirlamoq), Utilities (Utilizatsiya). Ana shu bo‘limlarga o‘tish uchun o‘tish tugmalari panelning yuqorigi qismida joylashgan. Buyrqular paneliga o‘tish tugmalari. Agarda har bir o‘tish tugmasiga kursorni yo‘naltirib, bir daqiqa kutilsa, ochiladigan bo‘lim haqida ma’lumot paydo bo‘ladi. 1. Create (Yaratish) - bunda obyektlarni yaratish uchun asboblar yig‘ilgan. Bu bo‘lim 7 ta bo‘limlarga bo‘lingan. Ularning har birida ma’lum turdagi obyektni yaratish asboblari bor. Masalan, Lights (Yorug‘lik) va Cameras (Kamera) bo‘limlar. 2. Modify (O‘zgartirish) - bu bo‘limda obyektning shaklini, xususiyatini va tasnifini o‘zgartirish uchun barcha zarur ko‘rsatkichlar bor. Ular bilan ishlashda sahnada qandaydir obyektlar bo‘lishi kerak va ularga tuzatishlar kiritiladi. 3. Hierarchy (Erarxiya) - bu yerda obyektlar orasidagi aloqaga o‘zgartirishlar kiritiladi, hamda obyektlarning tayanch nuqtalarida. 4. Motion (Harakat) - bunda obyektlarni animatsiyalash, ularning harakat trayektoriyalarini yaratish asboblari bor. 5. Display (Tasvirlamoq) - bu yerda obyektlarni sahnada ko‘rishni boshqarish va vizualizatsiya manbalari bor. 6. Utilities (Utilizatsiya) - bunda har xil asboblar va manbalar yig‘ilgan va ular yuqorida keltirilgan bo‘limlarning birortasiga ham taalluqli emas. Aniq bo‘limlar aniq bajariladiga ishlar turkumiga taalluqlidir. Masalan, agar arxitektura va interyer loyiahsi ustida ishlansa, Motion (Harakat) bo‘limi umuman kerak bo‘lmaydi, Hierarchy (Erarxiya), Display (Tasvirlamoq), Utilities (Utilizatsiya) bo‘limlar juda oz ishlatiladi. Asosiy ish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling