Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari uch o‘lchamli modellashtirishning asosiy


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana17.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1205508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1- UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
 
ArchiCAD
- bu Graphisoft tomonidan yaratilgan me’morlar uchun 
grafik SAPR dasturiy to‘plamidir. Arxitektura va qurilish imoratlari va 
yechimlarini, shuningdek landshaft elementlarini, mebellarni va 
boshqalarni loyihalash uchun mo‘ljallangan. 
Uning mohiyati shundaki, ArchiCAD dasturi binoning haqiqiy hajmli 
o‘lchamlarda modelini yasash qulaydir (quydagi rasm). Uni amalga 
oshirish uchun dizayner loyiha bilan ishlashning dastlabki bosqichlarida 
haqiqatan ham to‘liq o‘xshashlari bo‘lgan asboblar: devorlar, shiftlar, 
derazalar, zinapoyalar, turli xil narsalar va boshqalarni ishlatib, binoni 
quradi. 
ArchiCAD dastu
n
da uy loyihasi. 
Maya
- uch o‘lchamli grafik muharrirdir. Mayaning interfeys 3D 
animatsiya yaratish uchun mo‘ljallangan dastur. 3D belgilar, landshaftlar, 
kino va 3D o‘yinlar uchun idealdir. Bundan tashqari, ushbu dastur realistik 
tasvirni yaratish uchun juda qulay bo‘lgan juda qiziqarli ilovalarni taklif 
etadi. Maya interfeysi boshqa dasturlarga qaraganda modellash, bo‘yash 
va animatsiya uchun ko‘proq xususiyatlarga ega. 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
 
Maya dasturida bajarilgan multfilm qahramoni. 
 
 
3DX MAX DASTURI TUSHUNCHASI, INTERFEYSI 
3dx Max dasturi tushunchasi.
3dx Max dasturi juda mashhur dasturlardan biri bo‘lib, uning 
yordamida har xil uch o‘lchamli loyihalar yaratiladi. Dasturning 
imkoniyatlari juda keng, ayniqsa: sanoat dizayn, arxitektura, interyer, 
eksteryer, landshaft loyihalar, o‘yin dizaynlarini yaratishda, video va 
maxsus effektlar yaratishda beqiyosdir. Albatta buning uchun dastur bilan 
ishlashni yaxshi bilish lozim. Tajribali mutaxassis 3ds Max yordamida 
loyihalarni mohirona bajarishi mumkin. 
Loyihalarni yaratishda ikki o‘lchamli Adobe Photoshop va 
CorelDRAW dasturlardan foydalaniladi, ulardan foydalanish juda sodda, 
lekin bunday ikki o‘lchamli dasturlardan foydalanishda har bir rakurs 
sahnasini boshidan chizishga to‘g‘ri kelar edi, bu esa ancha noqulaydir. 
Uch o‘lchamli muharrirlarda ishlashda yagona hajmli sahna chiziladi, 
so‘ng qolagan rakursda ko‘pgina tasvirlar yaratish mumkin. Aynan 3ds 
Max dasturining ana shu imkoniyatlari har xil dizaynerlik loyihalarni 
bajarishda ancha qulay. 
3ds Max dasturi bilan tanishdan avval uning tili va versiyasi haqida 
ma’lumot beramiz. Dasturni ingliz versiyasidan foydalanish lozim. Chunki 
3ds Max dasturidan foydalanishda ko‘pgina rusifikator (ruschaga 
o‘girilgan)lar mavjud, lekin undan foydalanilganda dastur aniq 



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling