Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari uch o‘lchamli modellashtirishning asosiy
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
1- UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari ishlamaydi. Masalan, ba’zi funksiyalar o‘chib qoladi, asboblar ishlamay qoladi, ko‘pgina yozuvlar aks etilmaydi va boshqalar. Ko‘pincha adabiyotlarda inglizcha nomlar va terminlar ruscha tarjima qilingan. Bu esa opsiyalar va asboblarni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hozirda 3ds Max dasturining bir qancha versiyalari mavjud. Barcha grafik muharrirni shartli ravishta ikkita asosiy kategoriyaga bo‘lish mumkin: universal va ixtisoslangan. Universal muharrirlar har xil turdagi loyihalarni bajarishda katta ko‘llamdagi masalalarni hal qilish imkoniga ega. Ular kompyuter grafikasiga bog‘liq bo‘lgan barcha loyihalarda qo‘llanilishi mumkin: ichki va tashqi reklamalami yaratishda, arxitektura yoki interyer dizayn loyihalarni yaratishda, kino industriyasida, multiplikatsiya, animatsiya yoki web-dizaynda. Ixtisoslangan muharrirlar faqat ma’lum turdagi masalani bajaradi, yoki loyiha yaratilayotganda ma’lum loyihalarnigina yaratadi. Masalan, ArchiCAD dastur faqat arxitektura va interyer loyihalarini yaratishda foydalaniladi. Dasturda arxitektura va interyerdan tashqariga chiqib bo‘lamydi. Universal muharrirlarga nisbatan ixtisoslangan muharrirlardan foydalanish juda qulay, chunki unda ko‘pgina funksiyalar yo‘q. Ular ma’lum funksiyalar bilan chegaralangan. 3ds Max - universal muharrir bo‘lib, uning yordamida juda keng ko‘llamda ishlar olib borilishi mumkin. Buning sababi, bu yo‘nalishda asosiy urg‘u spline (interyerlar) va poly modellashgan (arxitektura) modellarga beriladi. Yuqorida aytilganlardan tashqari yana qo‘shimcha vizualizatsiya dasturini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Hozirda ikki variant mashhur: “v- Ray” va “Carona” Bularning har biri 3ds Max dasturi uchun qo‘shimcha modul hisoblanadi va vizualizatsiyani realistikligini bir pog‘onaga ko‘taradi. Gap shundaki, ko‘pgina arxitektura va interyer loyihalarida tayyor material sifatida qo‘zg‘almas (statik) tasvirlardan foydalaniladi. Demak, sahna ustida ishlaganda animatsiya bosqichini o‘tkazib yuborsa ham bo‘ladi. Bu juda katta imkoniyat, chunki 3ds Max dasturida animatsiya bu juda katta bo‘lim. Agarda video reklamalar yaratish lozim bo‘lsa, albatta animatsiyadan foydalanish lozim bo‘ladi. Lekin ko‘pincha inteyrer dizaynerlar ham loyihani video formatda namoyish qilishadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling