№ hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 ngkst
Mahsulotlar tarkibi va xossalari
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- I.3. Suyuq fazadagi termik reaksiyalarning xususiyatlari
Mahsulotlar tarkibi va xossalari. Kokslash gazlari termik kreking
gaziga o'xshaydi, lekin to'yingan uglevodorodlarning miqdori unda ko'proq. Benzinning tarkibida to'yinmagan uglevodorodlar va oltingugurtli birikmalar ko'p bo'lib uni tovar benziniga dastlab gidrogenlamasdan kiritishini qiyinlashtiradi. Benzin sifatini yaxshilashning istiqbolli variantlari bo'lib toza holda chuqur gidrogenlash; to'g'ri haydalgan benzin bilan aralashmasini gidrotozalab gidrogenizatni keyinchalik riforminglash; to'g'ri haydalgan dizelli fraksiyalar bilan aralashmasini fraksiyalardan ajratish va uni riforminglash. Yengil gazoyl pech va gaz-turbina yoqilg'ilarini ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Gidrogenlashdan keyin dizel yoqilg'isiga yuborish kerak. № hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 – NGKST Fozilov S.F. Rahbar: Bajardi : Ochilova D.U. Og'ir gazoylni texnik uglerodni ishlab chiqarish uchun xom ashyo tayyorlaydigan termik kreking qurilmalariga yoki qozonxona yoqilg'isiga yuboriladi. Gidrogenlashdan keyin uni katalitik kreking yoki gidrokreking xom ashyosi sifatida qo'llash mumkin. Neft koksi asosan yoqilg'i sifatida va faqat 20 % alyuminiy sanoatida anodli massani po'lat quyish sanoatida grafitlangan elektrodlarni uglerod sulfidni, kal’siy karbid va kremniyni olish uchun qo'llaniladi. I.3. Suyuq fazadagi termik reaksiyalarning xususiyatlari Atmosfera bosimida bir sm 3 gazda tahminan 10 19 , xuddi shu hajmdagi suyuqlikda esa taxminan 10 21 molekula mavjud. Gazda 10 MPa bosim ostida molekulalarning konstentrastiyasi qancha bo’lsa suyuqlikdagi molekulalarning konstentrastiyasi ham xuddi shuncha bo’ladi. Shuning uchun reakstiyalarni suyuq fazada o’tkazish mono–va bimolekulyar reakstiyalar tezligining nisbati nuqtai–nazaridan ularni gazli fazada yuqori bosim ostida o’tkazilganiga barovar bo’ladi. Natijasida haroratlar teng bo’lganda uglevodorodlar va neft mahsulotlarining suyuq fazali termik reakstiyasiyalari kondensastiya mahsulotlarining ancha ko’p chiqishiga va parchalanish mahsulotlarining kichik chiqishiga olib keladi. Suyuq fazadagi uglevodorodlarning o’zgarishlarining yig’indi natijasiga ma’lum darajadagi «katak effekti» va solvatlanish ta’sir ko’rsatadi. Gaz fazada uglevodorod molekulalari radikallarga parchalanganda ular shu zumdayoq uzoqqa uchib ketadi. Suyuq fazada radikallar qo’shni molekulalardan tuzilgan «katak» bilan qurshab olingan. Radikallarning kinetik mustaqqil zarrachalar bo’ladigan masofaga yiroqlashtirish uchun qo’shimcha aktivastion to’siqni engish kerak bo’ladi, bu aktivastion to’siq katakdan radikalni diffuziyasining faollanish energiyasiga tengdir. Boshqa tomondan esa rekombinastiyalash uchun ham radikallar katakli effektni engishi kerak. Natijada suyuqlikdagi radikallarning yig’indi konstentrastiyasi gaz fazasidagiday bo’ladi. Ammo, agar radikallar massasi va faolligi jihatidan katta farq qilsa unda katak effekti radikallarning stastionar konstentrastiyasini o’zgartirishi mumkin, bu esa gaz fazadagi reakstiyaga nisbatan suyuq fazali reakstiyaning faollanish energiyasining o’zgarishiga olib keladi. Solvatlanish qutbli zarrachalarning o’zaro ta’sir etish tezligiga ancha ta’sir ko’rsatadi. Suyuq fazali radikal reakstiyalarning tezligi solvatlanishga deyarli bog’liq emas. № hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 – NGKST Fozilov S.F. Rahbar: Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling