" i tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv hamda O’zmilliybank Bosh amaliyot filialining ish faoliyati tasnifi. "O‘zmilliybank" banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari


Download 1.49 Mb.
bet11/11
Sana08.09.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1674217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qqb hisobot

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
overdraft krediti (bundan buyon matnda overdraft deb yuritiladi) — bank plastik kartochkasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartochkasi hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘idan ortiq miqdordagi mablag‘ni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shakli;
overdraft shartnomasi — bank plastik kartochkasini emissiya qilgan tijorat banki bilan jismoniy shaxs (mijoz) o‘rtasida bank plastik kartochkasi orqali overdraft berish va uni to‘lash shartlarini o‘z ichiga olgan tijorat banki va jismoniy shaxs (mijoz) o‘rtasida tuzilgan shartnoma.
2. Overdraft tijorat banki tomonidan ish haqi, shuningdek pensiya to‘lovlari hisob-kitobi uchun emissiya qilingan bank plastik kartochkasi orqali beriladi.
Overdraft tijorat banki va jismoniy shaxs (mijoz) o‘rtasida tuzilgan overdraft shartnomasiga asosan beriladi.
3. Overdraft qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi. Overdraftda maqsadlilik shartlari qo‘llanilmaydi.
4. Overdraft O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida beriladi.
2-bob. Bank plastik kartochkasi orqali overdraftni berish shartlari
5. Jismoniy shaxs (mijoz) tomonidan overdraft olish uchun tijorat bankiga overdraft olishga buyurtmanoma bilan birga pasport nusxasi, daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjatni (olayotgan ish haqi, pensiya va boshqa daromadlari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnomani) taqdim etadi.
6. Tijorat bankining vakolatli kredit qo‘mitasi overdraft olish bo‘yicha kredit buyurtmasi va tegishli hujjatlar tijorat bankiga taqdim qilingandan so‘ng 3 bank ish kunidan kechikmagan holda uni qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Tijorat bankining vakolatli kredit qo‘mitasi tomonidan overdraft berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, tijorat banki tomonidan qaror qabul qilingan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan muddatda overdraft oluvchiga uni berishning rad etilishi sabablari ko‘rsatilgan yozma xabarnoma jo‘natiladi.
7. Overdraft jismoniy shaxsning (mijozning) daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda o‘rtacha oylik ish haqining (pensiyaning) 3 barobarigacha bo‘lgan miqdorda 12 oygacha bo‘lgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda, overdraft shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan beriladi.
8. O‘rtacha oylik ish haqi miqdori Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibiga muvofiq aniqlanadi.
9. Overdraft bo‘yicha yillik foiz stavkasi miqdori tijorat bank bilan jismoniy shaxs (mijoz) o‘rtasida tuzilgan overdraft shartnomasi asosida belgilanadi. Overdraft shartnomasi unda belgilangan mablag‘lar foydalanilgan kundan e’tiboran kuchga kirgan hisoblanadi.
Overdraft shartnomasida belgilangan yillik foiz stavkasi faqatgina overdraft bo‘yicha jismoniy shaxs (mijoz) tomonidan ishlatilgan mablag‘ uchun hisoblanadi.
Jismoniy shaxs (mijoz) uning daromadlari o‘zgargan taqdirda overdraft shartnomasiga o‘rnatilgan tartibda o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
10. Overdraft bo‘yicha pensionyerlar uchun “22617 — Pensionyerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” va boshqa jismoniy shaxslar uchun “22618 — Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” hisobvaraqlarda overdraft shartnomasiga asosan debet qoldiqqa ega bo‘lishga ruxsat beriladi.
Mazkur debet qoldiq amaliyot kuni yakuniga qadar tijorat banki balansining “12503 — Jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
11. Overdraftni qaytarish qarzdorning ish haqi, pensiyasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lari uning bank plastik kartochkasiga kirim qilish orqali amalga oshiriladi.
Bunda overdraft ajratilgan jismoniy shaxsning (mijozning) ish haqi va pensiya ko‘rinishidagi barcha daromadlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lari, birinchi navbatda, overdraft bo‘yicha penyalar, so‘ngra foizlar va overdraftning asosiy qarzini qoplashga yo‘naltirilishi lozim.
12. Overdraft va unga hisoblangan foizlar o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda tijorat banki kreditlashni to‘xtatadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda overdraft va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni qaytarish choralarini ko‘radi.
13. Tijorat banki har bir overdraft bo‘yicha kredit yig‘majildini tayyorlaydi va u overdraft shartnomasi imzolangan yoki tasdiqlangan kundan boshlab ochiladi hamda asosiy qarz, foiz va penyalar to‘liq to‘langanidan so‘ng yopiladi.
14. Overdraft shartnomasi tomonlardan birining shartnoma muddati tugashidan kamida 30 kun oldin ikkinchi tomonni shartnomani amal qilishini tugatish to‘g‘risida xabarnoma yubormasa, o‘z-o‘zidan keyingi 12 oyga uzaytirilgan hisoblanadi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
16. Mazkur Nizom O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori S. ABDULLAYEV


1 https:/lex.uz/ - O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling