" i tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv hamda O’zmilliybank Bosh amaliyot filialining ish faoliyati tasnifi. "O‘zmilliybank" banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari


Download 1.49 Mb.
bet4/11
Sana08.09.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1674217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qqb hisobot

Pul oʻtkazmalari


2002-yildan boshlab „NKO Vestern Yunion DP Vostok“ bilan imzolangan „Western Union“ tizimi boʻyicha pul oʻtkazmalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan jismoniy shaxslarning pul oʻtkazmalari amalga oshiriladi. 2006-yili OʻzR TIF Milliy bankining Rossiya Federatsiyasidagi shoʻba korxonasi — „Aziya-Invest Bank“ tijorat banki tomonidan jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini oʻtkazishni nazarda tutuvchi „AziyaEkspress“ shaxsiy pul oʻtkazmalar tizimi ishlab chiqildi. Uning asosiy yoʻnalishi — Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻtkazmalar hisoblanadi .


2007-yilning mart oyida bank „Yevropeyskiy trastoviy bank“ Tijorat banki bilan „MIGOM“ tizimi boʻyicha nosavdo tabiatidagi tezkor oʻtkazmalarni amalga oshirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
2009-yilning aprel oyida Milliy bank muassasalarining xizmat koʻrsatish shahobchalari tomonidan „Bistraya pochta“ tizimi operatsiyalarini amalga oshirish boshlandi. 2012-yilning mart oyidan bank muassasalari tomonidan MoneyGram pul oʻtkazmalari tizimi operatsiyalarini amalga oshirish boshlandi.
2012-yilning aprel oyida bank „Russlavbank“ YoAJ bilan „Contact“ pul oʻtkazmalari tizimiga ulanish va koʻrsatilgan tizimda pul mablagʻlarini AQSh dollarida va yevroda joʻnatish va toʻlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish kelishuvini imzoladi.
2013-yili bank Zolotaya Korona servisining ishtirokchisiga aylandi .
2013-yili ayirboshlash shahobchalarining ish tartibida oʻzgarishlar yuz berdi. 1-fevraldan boshlab naqd xorijiy valyutaning sotilishi bekor qilindi. Xalqaro toʻlov kartalaridan foydalanib jismoniy shaxslarga naqdsiz shaklda xorijiy valyutani sotish mexanizmi kiritildi .
2017-yilning sentabr oyida Visa International xalqaro toʻlov tizimi kartalari orqali elektron tijorat loyihasi amalga oshirildi. Oʻzbekistonda internet-ekvayring (elektron tijorat) yangi xizmatining joriy etilishi naqdsiz hisob-kitoblar oshirilishini, korxonalar, xususan, kichik va oʻrta biznes xarajatlarini qisqarishini taʼminlab, global Internet tarmogʻida Visa kartalari ekvayringini amalga oshirish imkonini berdi.
2020-yilning fevral oyida OʻMB „Sberbank“ ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.
2020-yilning avgustidan boshlab OʻMB kartalarining egalari Zolotaya korona orqali yuborilgan pul oʻtkazmalarini UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga va VISA xalqaro kartalariga olishlari mumkin.
2021-yilning sentabr oyida OʻMB „Solidarnost“ va „Tinkoffbank“ banklarining ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.
Tashqi savdo faoliyati
Bank Oʻzbekistonning 70%dan ziyod butun tashqi savdo aylanmasiga xizmat koʻrsatadi. Eksport-import kreditlashning quyidagi mexanizmlari qoʻllaniladi:

  • avans toʻlovlari qaytarilishiga, shartnomalar bajarilishiga kafolatlar berish;

  • veksellarni diskontlash;

  • faktoring;

  • bank tomonidan oʻzbek eksportchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash;

  • loyihaviy moliyalashtirish;

  • eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalashtirish;

  • muddatli toʻlov bilan akkreditivlar qoʻllaniladi, mijoz tomonidan tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishida va realizatsiya qilinishida konvertatsiya amalga oshiriladi.

Invistitsion faoliyati
OʻMB mamlakatdagi eng yirik investitsion bank hisoblanadi. Bankning keng koʻlamli infratuzilmasi Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy va sanoat sektorining rivojlanishiga yordam beradi.
Bank respublikaning strategik muhim boʻlgan korxonalarining aksiyadorlari tarkibiga oʻz kapitali bilan kirishi orqali iqtisodiyotning turli sektorlaridagi korxonalarga investitsiya kiritish, ularni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta qurollash jarayonlarida ishtirok etadi.
Yo’nalishlari
Xalq xoʻjaligining yuqori texnologik va ijtimoiy ahamiyatli sohalarini qoʻllab-quvvatlash, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, mahalliy xom ashyo resurslariga asoslangan isteʼmolchilik tovarlari ishlab chiqarilishini yaratish va rivojlantirish.
Bankning asosiy qarzdorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va xususiy biznes korxonalari hisoblanadi.
Investitsiyalarning aksariyat qismi neft qazib olish va neftni qayta ishlash, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, rangli va qora mettalurgiya, toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi, aloqa infratuzilmasi, transport va turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ kollegial va maslahatlashuv organlari
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ ning bank hatarlarini nazorat qilish Qo‘mitasi – Bankning Kuzatuv kengashi qarori bilan tuzilgan bo‘lib, doimiy ravishda faoliyat yuritadigan va kollegial-maslahatlashuv organi hisoblanadi. Qo‘mitaning asosiy maqsadi Kuzatuv qo‘mitasiga Bank xatarlarini boshqarishning sifatli, samarali va zamonaviy tizimini yaratish va uni belgilangan darajada ishlashini amalga oshirishni ta'minlashdan iborat.
“O‘zmilliybank” AJ Auditorlik qo‘mitasi – mazkur Qo‘mitaning asosiy maqsadi Bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar kerakli darajada ishonchli bo‘lishi ustidan nazorat o‘rnatish hamda, Bank faoliyati risklarini minimallashtirish orqali “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ ning investorlari va omonatchilari qiziqishlarini himoya qilishdan iborat.
“O‘zmilliybank” AJ aktivlar va pasivlarini boshqarish qo‘mitasi – mazkur qo‘mita Bankning bo‘linmalari harakatlarini yo‘naltirish maqsadida tuzilgan bo‘lib Bankning kollegial organi hisoblanadi. Qo‘mitaning vazifasi Bank balansi likvidligining zarur darajasini yo‘naltirish, kapital adekvatliligi, daromadning rejalashtirilganligi, foydani maksimallashtirish va boshqalarni ta'minlashdan iborat.
“O‘zmilliybank” AJ ning kredit qo‘mitalari – Bank bo‘linmalarining kredit faoliyatini yo‘naltirish va tartibga solish, kredit mahsulotlari, shu jumladan, faktoring, kafolat, akkreditiv, lizing operatsiyalarini taqdim etish bo‘yicha qaror qabul qilish hamda, kreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa savollarni muvofiqlashtirish va boshqarish maqsadida tashkil etilgan.
“O‘zmilliybank” AJ investisiya qo‘mitasi – doimiy amaldagi kollegial organ bo‘lib, uning maqsadi amaldagi qonunchilik va Bankning Investisiya siyosati asosida qabul qilingan va Bankning Kuzatuv kengashi va Boshqaruvi qarorlarining ijrosini muvofiqlashtirish va tartibga solishdan iborat.
"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ o‘z faoliyatini 30 yil davomida amalga oshirib, O‘zbekistonning eng yirik banklaridan biriga aylandi. Ushbu moliya instituti faoliyatining barqarorligi “Standard & Poor’s”, “MOODY’S”, “Fitch” kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari baholari bilan tasdiqlaniladi.
„The Banker“ jurnalining reytingiga koʻra,1993-yildan Milliy bank dunyodagi eng yirik bank institutlarining birinchi mingtaligiga kirib, 862 oʻrinda turadi .
1998-yil — „Euromoney“ jurnali OʻzR TIF MBni Oʻzbekistondagi eng yaxshi bank deb eʼtirof etdi, 2002-yili esa shu jurnalning versiyasi boʻyicha OʻMB respublikada „Yil banki“ deb eʼtirof etildi .
2000-yil — „Thomson Bank wath(TBW)“ xalqaro agentligi kredit reytingini „LC-1“ darajada va mamlakat reytingini „IC-B/C“ darajada tasdiqladi .
2001-yil - „The Banker“ dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“ eʼtirofi .
2002-yil — „Euromoney“ va „Global Finance“dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“ .
2004-yil — „Global Finance“ dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“ .
2012-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan jamgʻarmalarni jalb qilish boʻyicha tanlovda eng yaxshi bank deb eʼtirof etilgan . „RIA Reyting“ reyting agentligining MDH mamlakatlari bank sektorini oʻrganishi boʻyicha „MDH mamlakatlarining eng yirik banklari roʻyxati“da bank 50-chi pozitsiyani egallagan . 
2013-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan tanlovda „jamgʻarmalarni jalb qilish boʻyicha eng yaxshi bank“ va „eng innovatsion bank“ deb eʼtirof etilgan . „RIA reyting“ maʼlumotlariga koʻra „MDHdagi eng yirik banklar roʻyxati“da bank 55-chi pozitsiyani egalladi .
2021-yil — OʻMB olib borayotgan faoliyatining va Oʻzbekiston aholisiga taqdim etayotgan xizmatlarining sifati uchun Yevropa sifatni oʻrganish jamiyatining (European Society for Quality Research) xalqaro konvensiyasida „Quality Achievements Award 2021“ mukofotini oldi.
2022 yil 29 dekabr kuni “Standard & Poor’s” agentligi O‘zmilliybankka "Barqaror" prognozi bilan BB-/B darajasida kredit reytingini tasdiqladi.

2023 yil 31 yanvar kuni “MOODY’S” agentligi O‘zmilliybankiga "Ba3" darajada milliy valyutada uzoq muddatli va "Ba3" darajada xorijiy valyutada qisqa muddatli reytinglarini taqdim etdi. Depozitlar reytingi bo‘yicha prognoz "Barqaror" bo‘lib, bu yaqin 12 oy davomida O‘zmilliybankning barqaror bozor pozisiyasini va moliyaviy ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi.


O‘z navbatida, Fitch Ratings agentligi 2022 yil 13 sentabr kuni emitent defolti bo‘yicha O‘zmilliybankka "Barqaror" prognozi bilan «BB-» uzoq muddatli reyting va "b" qisqa muddatli reytinglarni tasdiqladi. "Barqaror" prognozi suveren reyting bo‘yicha prognozni aks ettiradi.⁠



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling