" i tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv hamda O’zmilliybank Bosh amaliyot filialining ish faoliyati tasnifi. "O‘zmilliybank" banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari


Download 1.49 Mb.
bet5/11
Sana08.09.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1674217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qqb hisobot

Bank tarkibi



2."O‘zmilliybank" banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari.
"Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati — Oʻzbekistonning universal tijorat banki, aktivlar hajmi boʻyicha mamlakatning eng yirik, loyihaviy moliyalashtirish, universal tijorat, investitsion va jamgʻarma bank funksiyalarini birlashtiruvchi bank hisoblanadi.

Asosiy maʼlumotlar

Turi

AJ

Birja listingi

UZSEUZ7055810012

Asos solingan

1991 (32 yil avval)

Joylashuvi

Toshkent,   Oʻzbekiston

Boyligi

Kapitali

89 919,41 mlrd. soʻm (1-yanvar , 2022-yil)

Aktivlari

983,32 mlrd. soʻm (1-yanvar , 2022-yil)

Sof foydasi

14 584,55 mlrd. soʻm (1-yanvar , 2022-yil)

Xodimlari

5823

Egalari

Rahbariyat

Mirsoatov Alisher Kudratullaevich

Sayti

nbu.uz/en

O’zmlliybank kredit portfeli 90 149 mlrdni tashkil etadi va bundan 10 731 mlrd so’m jismoniy shaxlarga va 79 418 mlrd so’m yuridik shaxslarga berilan. 2 645 mldr so’m muammoli kreditlar hisonlanadi . Shungdek, muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 2.9 % ni tashkil etadi.


O’zmilliybank jami aktivlari summasi 120 371 mlrd so’mni(20.6%) , kapitali 17 516 mlrd so’mni (20.3%) , deposit summasi 29 801 mlrd so’mni (14.3%) ni tashkil etadi va bundan 8 465 mlrd so’m jismoniy shaxslarga va 21 336 mlrd so’m yuridik shaxslarga berilgan.
Milliy bankning kreditlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlariga jalb qilingan. Iqtisodiyotning tuzilmaviy oʻzgarishlarida kommunikatsiyalar — temir yoʻl, avtotransport va aviatsiya tizimlarining rivojlanishi ulkan oʻrinni egallaydi. Shuningdek, kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangi yuqori samaralilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga, isteʼmolchilik tovarlarining mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlashga asoslangan import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni yaratish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Bank koʻpgina strategik muhim xoʻjalik obʼektlarining rivojlanishi uchun moliyalashtirishni taʼminladi:

  • Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish.

  • „Toshgʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon“ temir yoʻl liniyasini qurish.

  • Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini qayta taʼmirlash.

  • Navoiy IESni modernizatsiya qilish.

  • Navoiy shahri aeroportini qayta taʼmirlash va modernizatsiya qilish.

  • „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ MAK havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiya qilish.

  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchun togʻ-qazilma uskunalarini yetkazib berish.

  • „Ohangaron — Pungon“ magistral gaz quvurini qurish.

  • „Oʻzagromashservis“ Assotsiatsiyasi va „Oʻzsanoatmashimpeks“ DATSK uchun „CASE“ kompaniyasining qishloq xoʻjalik texnikasini xarid qilish.

  • „Muborak GQZ“ UShKda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun propan-butan aralashmasi uskunasini qurish.

  • „Toshshaharyoʻlovchitrans“ Assotsiatsiyasi uchun „Daymler-Kraysler“ markasidagi avtobuslarni xarid qilish.

  • „Temir yoʻllar“ DATK uchun yoʻlovchi elektrovozlarini xarid qilish.

  • „Oʻzbekneftgaz“ MXKning amaldagi burgʻilash uskunalari parkini yangilash va jihozlash.

  • „Qoʻngʻirot“ KSda gazni quritish uskunasini qurish.

Va boshqa bir qator amalga oshirilgan investitsion loyihalar.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling