Bolalarga fan asoslarini o’rgatish ular tafakkurining shakllanishiga yana kuchliroq ta’sir qiladi. - Bolalarga fan asoslarini o’rgatish ular tafakkurining shakllanishiga yana kuchliroq ta’sir qiladi.
- Biroq, aqliy rivojlanishning o’qitishga bog’liqligini tan olishgina pedagog uchun kamlik qiladi. O’qitish ishi bolalarning taraqqiy etishini eng yaxshi ta’minlashi uchun o’qitish qanday bo’lishi kerak? Sovet Psixologiyasining asoschisi L. S. Vigotiskiy bu savolga javob berib, mana bunday formulani oldiga surgan: “Faqat taraqqiyotdan oldinga o’tuvchi o’qitish (ta’lim) gina yaxshi o’qitish (ta’lim) bo’ladi”.
- “O’quv – tarbiya ishi bolalarning umumiy taraqqiyoti uchun yuqori darajada foydali bo’lishi uchun u maxsus vazifaga asoslanib maxsus o’ylab chiqilgan va tuzilgan bo’lishi kerak” – deb ko’rsatgan edi L. V. Zankov.
- Tafakkur qilish jarayonida yechiladigan masalaning mazmuniga va harakteriga qarab, tafakkur turlari ham bir – biridan farq qiladi: matematik, texnikaviy, badiiy va hokazo tafakkur bo’ladi. Tafakkurning har bir turi o’ziga xos xususiyatlari bilan harakterlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |