O’quvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatish, ko’nikma va malakalarini shakllantirish usullari. - O’quvchilar mantiqiy tafakkurini rivojlanishi asosan geometriya darslarida hal qilinadi noto’g’ri fikrlar endi qolib ketmoqda. Har qanday matematik material – xoh arifmetika, xoh algebraik material bo’lsin – matematik tafakkurni tarbiyalash uchun yaxshi maktabdir. O’quvchilarning mantiqiy fikrlari arifmetika va algebraik masalalarini yecha borgan sari o’z – o’zidan rivojlanaveradi deb o’ylash yaramaydi, albatta.
- Analiz o’tkazish o’quvchilarni masalani muhim bo’lmagan belgilarini (masalan, kitobning tokchada yotishi ) va uning muhim belgilarini (noma’lum sonlarni, izlangan sonlarni, ularni bog’lovchi tayanch so’zlarni – “hammasi nechta”, “nechta qoladi” va boshqalarni ) aniqlashga yo’naltiradi. Masala yechish jarayonida bolalar tayanch so’zlar o’rniga ularga ekvivalent so’zlarni olish ham mukinligini anglaydilar.
- Eng sodda boshlanishlarni tekshirayotgandayoq masala shartlarini tenglamalar ko’rinishida yoza boshlash foydalidir. Axir tenglama – berilgan miqdorlar orasidagi o’rganilayotgan bog’lanishni yaqqol tasvirlash usuli bo’lib, bu usulning muhimligi grafik usulinikidan kam emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |