• Основные стратегические варианты


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

Marketing byudjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga 
oshirishdagi xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda 
(marketing kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari bo‘yicha) aks 
ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimi, marketingning moliyaviy rejasi, korxona 
marketing rejasining bo‘limi. Marketing byudjetini rejalashtirish maqsadli 
foydaga asoslanishi yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin. 
Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g‘oyalarni izlab topish, tanlash 
va ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va 
bozorlarda yoki savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‘liq harakatlar 
va bosqichlarning tartibga solingan majmui. 
Marketing kommunikatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi 
muhit bilan o‘zaro aloqalari jarayonida subyektlar (junatuvchi va qabul 
qiluvchi), vositalar, kanallar, to‘g‘ri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining 
tahriri) aloqalar majmui; 2) insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakl va 
vositalari majmui. 
Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni 
tashkil etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va 
iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing 
faoliyatining asosiy vositalari, qoida va g‘oyalari tizimi. Atrofdagi aniq 
holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’anaviy, ishlab 


166 
chiqarish, savdo, tovar, ijtimoiy va global konsepsiyalarini ajratib ko‘rsatish 
mumkin. 
Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini 
barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‘lgan 
marketing tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) 
firma, tovar va xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki 
yaxshilash uchun marketing tizimi subyekt va obyektlariga maqsadli 
yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling