167
nazariyasi va hokazo) yig‘indisi; 2) «boshqa usullar yordamida bundan ham
yomon javob beriladigan amaliy savollarga yomon javob berish san’ati»
(T.A.Saati, operaцiyalar tadqiqoti sohasidagi Amerikalik mutaxassis).
Marketing rejasi - belgilangan marketing
maqsadlariga erishishda
yordam berishi kutilayotgan chora-tadbirlarning ketma-ketlikda detalli
ravishda ifodalanishi.
Marketing salohiyati (potensiali) - 1)korxona salohiyatining ajralmas
qismi; 2) tovar, narx kommunikatsiya
va savdo siyosati, talabni o‘rganish
sohasida samarali marketing tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish hisobiga
marketing tizimining korxonnaning doimiy raqobatbardoshligi,
tovar va
xizmatlarning bozordagi iqtisodiy va ijtimoiy konyunkturasini ta’minlash
qobiliyatlari majmui.
Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing
tadqiqoti jarayoni va
modelini loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni o‘tkazish,
marketing
axborotlarini izlab topish uchun oqilona rejalarni ishlab chiqish. Qo‘lda yoki
axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin; 2) marketing
tadqiqoti subyektlari xulq-atvorining o‘zgarish holatlarini o‘rganish va
bashorat qilish bo‘yicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi - bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida
tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro
uzluksiz aloqada buluvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing
tizimi o‘z ichiga quyidagilarni kiritadi; ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi
firma, raqobatchi firma vositachi firma, iste’molchi (bozor).
Do'stlaringiz bilan baham: