• Основные стратегические варианты


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

Tovarni 
bozorda 
joylashtirish 

tovarlarning 
bozordagi 
raqobatbardoshligini ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini 
ishlab chiqish uchun amalga oshiriluvchi harakatlar. 
Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab 
chiqishdan to bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks 
ettiruvchi ma’lum bir vaqt davri (sikli); sotuvchining har bir bosqichda 
oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq bo‘ladi. Tovarni sotish va foyda olish 
jarayonida besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi: tovarni ishlab chiqish 
(bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi, tovarni 
sotish hajmining o‘sish bosqichi, yetuklik (to‘yinganlik) bosqichi, tovarning 
susayish bosqichi yoki tovar eliminaцiyasi. 
Tovarning raqobatbardoshligi - 1) aniq ehtiyojni qondirishda 
bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning 
sifat va narx tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar 
bozorida birinchi bo‘lib xarid qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish 
(foydalanish) samarasining uni sotib olish va ekspluatatsiya qilishga 
sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) korxonaning milliy va 
jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining muhim 
ko‘rsatkichi. 
Firmaning marketing muhiti - firmadan tashqarida faoliyat 
ko‘rsatuvchi hamda marketing xizmati rahbariyatining maqsadli mijozlar 
(hamkorlar) bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o‘rnatish 
imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan kuchlar va faol subyektlar 
majmui. Marketing tizimi makro va mikromuhitdan tarkib topadi. 
Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va 
xizmatlarni sotish, reklama va marketing tizimi. 
Eliminatsiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish 
dasturidan chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to‘xtatish; tovarni 
bozordan raqobatbardoshligi va talabni yo‘qotganligi sababli olib chiqish. 
Mahsulotni eliminaцiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi
bozordagi ulushi, hayotiylik davridagi o‘rni, firmaning jami aylanmasidagi 
ulushi, rentabelligi, kapital aylanishi va boshqa ko‘rsatkichlar qo‘llanadi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling