• Основные стратегические варианты


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

Tovar variatsiyasi - ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan 
tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li 
bilan modifikaцiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, 
rangi, shakli), simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning 
bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari o‘zgartirilishi 
mumkin. Tovar sifatini yaxshilash, uning foydaliligini oshirish, shakli va 
stilini yaxshilash strategiyasi tovar modifikaцiyasining muhim strategiyasi 
bo‘lishi mumkin. 
Tovar innovatsiyasi - 1) mahsulotni takomillashtirishning original, 
sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri uzunligini va 
korxonaning rentabelligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ichida alohida 
o‘ringa ega. O‘z ichiga mahsulotni differensiyalash va diversifikatsiyalashni 
kiritadi; 2) bozorga yangi mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib kirish. 
Tovar siyosati - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga 
erishishga yo‘naltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki 
tovarlar guruhini bozorga olib kirish (innovatsiya), bozorda mavjud bo‘lgan 
tovarlarni zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan 
tovar ishlab chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya), shuningdek
assortiment siyosatidan iborat. 
Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar hayotiylik 
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror 
bo‘lishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan asosiy prinsipial yo‘nalishlari. Tovar 
strategiyasining asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, 
eliminatsiyasi; 2) tovar nomenklaturasini optimallashtirish yo‘nalishlarini 
ishlab chiqish hamda firmaning samarali faoliyat ko‘rsatishi va 
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratuvchi tovarlar 
assortimentini aniqlash. 


173 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling