• Основные стратегические варианты


Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing 
hujjatlarini rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing 
tizimining holati va xulq-atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni izlab topish
kodlashtirish va saqlashni tashkil etish; 2) marketing tizimining normal 
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi quyi tizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, 
iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik ta’minot va boshqalar); 3) marketing 
axborotlari manbai, uning asosida korxona menejmenti turli xil boshqaruv 
qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov berish, tizimlashtirish 
va ularni «iste’mol uchun tayyor» axborotga aylantirish. 
Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining 
marketing xarajatlari belgilab qo‘yilgan holda tovar va xizmatlarga talabni 
takror ishlab chiqarishni to‘xtovsiz shakllantirish jarayonini ta’minlash 
qobiliyati ko‘rsatkichi; 2) marketing tizimi faoliyatining sifat ko‘rsatkichi; 3) 
marketing tizimi subyektlarining resurslar ayirboshlash jarayonida o‘zaro 
aloqalari natijaviyligining kompleks ko‘rsatkichi. 
Marketing faoliyati - 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va 
vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning 


168 
foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing 
funksiyalari (marketing tadqiqotlari, savdo, narxning hosil bo‘lishi, tovarni 
yetkazib berish, marketing razvedkasi, benchmarketing va h.k.) bilan bog‘liq 
faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha 
bo‘g‘inlarida marketing vositalari va falsafasini qo‘llash jarayonini qamrab 
oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni qondirish va foyda keltirish uchun 
nimani, qaerda, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan 
savollarga javob berishga imkon beruvchi har kandan faoliyat. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling