“ t a s d I q L a y m a n ”


III. Ishni bajarish uchun uslubiy kursatmalar


Download 0.7 Mb.
bet2/7
Sana21.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1217645
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-lab-metro

III. Ishni bajarish uchun uslubiy kursatmalar
Bu amaliy ishni boshlashdan oldin ijodxonada bor bo’lgan ko’llanma va ma’lumotnomalardan ENO ning ishlash asoslari, boshqarish, rostlash va sozlash kurilmalari joylashgan qismlari hamda ularni ishlatish yo’llari bilan puxta tanishib chiqish kerak.
1. ENO ni ishga tayyorlash.
a) ENO qutisining orqa tomonida joylashgan va ossillografni kuchlanish manbaiga ulash uchun muljallangan qismining almashlab-ulagichni tarmoq kuchlanishiga mos keladigan kuchlanish holatiga keltiring.
b) Boshqarish tutqichlarini burab kuyidagi holatlarga qo’ying: ravshanlik rostlagichini -o’ng tomoniga oxirigacha burang; fokuslash rostlagichini o’rta holatga qo’ying; U o’qi bo’yicha kuchaytiruvchi kuchaytirgich rostlagi­chini nol holatiga qo’ying: X o’qi bo’yicha kuchaytiruvchi kuchaytirgich rostlagichini 2 yoki 3 bo’linmasiga to’g’irlab qo’ying; yozilma chegaralarining qayta ulagichini 30-130 sonlariga to’g’irlab qo’ying; «Tarmoq» va «Nur» («Set» va «Luch») yozuvli uzib-ulagichlarni ishdan tashqari holatga (past tomonga bosib, o’chgan holatga) to’g’rilab qo’ying.
v) Maxsus, alohida ishlashtirilgan egiluvchan sim (shnur) yordamida ENO ni elektr tarmog’iga ulang. «Tarmok» («Set») deb yozilgan uzib-ulagichni ish holatiga to’g’ir­lab, ya’ni uzib-ulagichning tutqichini yuqoriga ko’tarib, uni ulangan holatga qo’ying. Bunda ENOning ishora chiroqchasi yonishi kerak ENOning ichki qismlari 2-3 daqiqa vaqt orasida qizigandan keyin «Nur» («Luch») deb yozilgan uzib-ulagichni ish holatiga to’g’irlab qo’yasiz. Shunda ossillografda xamma narsa joyida bo’lsa, uning ekranida yo’g’on va ravshan chiziq paydo bo’ladi. Bordi-yu ossillograf ekranida bunday chiziqlar bo’lmasa, bunday hollar nurning ENO ekranidan ma’lum darajada olganida sodir bo’ladi, bu nurni kerakli holatga keltirish uchun «U o’ki» («Os U») deb yozilgan boshqarish qismining tutqichini eng chekka holatidan, boshlab sekin u yoki bu tomonga 20—30° ga burang. Shu bilan bir vaqtda «X o’ki» («os X») boshqarish qismining tutqichini sekin va oxirigacha burab boring. Shunday yo’l bilan ekranda nur paydo qilinadi.
g) «Ravshanlik» («Yarkost») va «fokus» so’zlari yozilgan rostlash elementlarining tutqichlari yordamida ekrandagi chiziqning yo’g’onligi va ravshanligi kerakli darajada rostlanadi.
d) Endi: «Tekshirish ishorasi» («Kontrolnыy sig­nal») qismasini aloxidalangan simlar yordamida U o’ki (tik) bo’yicha kuchaytirgich U ning kirish qismalarini ulang. «Susaytirish» («Oslableniye») so’zi yozilgan uzib-ulagichni 1:1 holatga to’g’irlab qo’ying. U va X o’klari bo’yicha kuchaytiruvchi kuchaytirgichlarining rostlovchi tutqichlari yordamida U va X o’klari bo’yicha tasvirni zarur qiymatigacha o’zgartiring.
ye) «Moslashtirish»(«Sinxronizasiya») so’zi yozilgan uzib-ulagichni «tarmokdan» («ot seti») yoki «ichki» («vnutr») so’zi yozilgan tomonga to’g’irlab burab qo’ying: Moslash tebranish kengligini rostlash qismining tutqichini 3-4 bo’linmaga tug’rilab ko’yib, yoyilma chegaralarini ketma-ket ulab va sekin bir tekisda yoyilma davriy tezligini o’zgartirib ekranda harakat qilmaydigan sinusoida tasvirga ega bo’lishga erishing.
Shunday qilib, tekshirish ishorasi bo’yicha ekranda olingan sinusoida tasvir bo’yicha ENO ning ekrandagi tasvirning sifati va ossillografning alohida boshqarish qismlarining mo’tadil ishlashi tekshiriladi. Bordi-yu ENO ning hamma boshqarish va rostlash qismlari koniqarli darajada ishlayotgan bo’lsa, u xolda ossillo­graf o’lchash ishlarini bajarish uchun tayyor hisoblanadi. Shundan keyin amaliy ishining keyingi moddasini bajarishga kirishish mumkin.
2. ENOning sezuvchanligini tajriba yo’li bilan aniqlash. ENO ning sezuvchanligi 1- rasmda berilgan tarmok yordamida aniqlanadi. Shuning uchun bu tarh yigilib o’qituvchi tomonidan tekshirilib berilgandan keyin U o’qi bo’yicha kuchaitiruvchi kuchaytirgichning kirish qismiga sanoat davriy tezligiga ega bo’lgan va qiymati elektron voltmetri yordamida aniqlanadigan kuchlanish beriladi. Shundan sung ossillografning «susaytirish» so’zi yozilgan uzib-ulagichini burab, 1:100 holatga to’g’ir­lab qo’yib, U o’qi bo’yicha kuchaytiruvchi kuchaytirgich, ya’ni tik chiziq (vertikal) kapali bo’yicha kuchaytiruvchi kuchaytirgich rostlagichi tutqichini burab 1 holatga tug’irlab qo’yish kerak, lekin bu vaqtda yotiq chiziq (gorizontal) kanali bo’yicha kuchaytiruvchi kuchaytirgich rostlagichi tutqichi 0 xolatda bo’lishi lozim, bu vaqtda ekranda LATR orqali berilgan kirish kuchlanishining ikkilangan tebranish kengligining tasviri vujudga keladi. Ekranda hosil qilingan chiziqlar, uzunliklarining geometrik o’rinlarini masshtab turi bo’yicha aniqlab, kuchlanish qiymati voltmetr yordamida o’lchab olinadi. Bu o’lchash ishlarini tik chiziq (vertikal) kanali bo’yicha kuchaytiruvchi kuchaytirgich rostlagichi tutqichining qolgan 5 ta holati uchun takrorlash kerak. Lekin bu beshala holat uchun ham ekrandagi chiziqlarining uzunligini o’zgartirmasdan ushlab turish kerak [2].
Ossillografning yotiq og’ish kanalining sezuvchanligi ham xuddi shunga o’xshash usul bilan aniqlanadi. Bu tajriba ishidagi qiladigan farq shundaki, bunda yotiq chiziq uzunligi o’zgarishsiz ushlab turilib, LATR dan olingan kuchlanishni ossillografning X kirishiga beri­ladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling