“ t a s d I q L a y m a n ”
Ikki kuchlanish orasidagi faza siljish burchagini aniqlash
Download 0.7 Mb.
|
8-lab-metro
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Lissaju shakli bo’yicha davrtezliklarni o’lchash.
2. Ikki kuchlanish orasidagi faza siljish burchagini aniqlash.
Bordi-yu, og’dirish plastinalariga bir xil davrtezligiga ega bulgan Ux =Ux.m sinωt va Uu =Uu.m sin(ωt+φ) kuchlanishlarni bersak nurning yotiq, ya’ni X o’qi bo’yicha oniy og’ishi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: , (14) U o’qi bo’yicha esa: , (15) bunda: Sx va Sy — ENT sining X va U o’qlari bo’yicha sezuvchanligi: X2 va U2 — X va U o’qlari yo’nalishi bo’yicha. nurning tebranish kengligi bo’yicha og’ishidir. Faza siljish burchagi φ ga bog’liq va to’g’ri chiziqdan ellipsgacha bo’lgan Lissaju shaklidagi tasvirlar ENO ekranida paydo bo’ladi. Ossillograf ekranidan olingan ellips ko’rinishdagi tasvir bo’yicha (7-rasm) 7- rasm. Faza siljti burchaklarining qiymatini aniqlashga tegishli bo’lgan chizmalar. bizga kerakli faza siljish burchagini quyidagi ifodalar yordamida aniqlaymiz: , (16) yoki , (17) Endi bu sinφ dan burchak φ ni aniqlaymiz: , (18) Bu usul faza siljish burchagining 0 dan to π gacha bo’lgan oraliqdagi qiymatlarini aniqlashga imkon beradi, lekin siljish burchagi ishorasini aniqlashga imkon bermaydi. 3. Lissaju shakli bo’yicha davrtezliklarni o’lchash. Agar og’dirish plastinalariga bir-biridan fazalari bo’yicha ma’lum burchakka siljigan va davrtezliklari har xil, o’zgaruvchan kuchlanishlari berilib, buning ustiga yana bu kuchlanish davrtezliklarining nisbati butun sondan iborat bo’lsa, u holda ENO ning ekranida ma’lum shaklga ega, xarakatsiz tasvir ko’rinadi, mana shu tasvir Lissaju shakli deb ataladi. Lissaju shaklining tashki qo’rinishi beriladigan kuchlanishlarining egri chizig’i shaklining o’zgarishiga, faza siljish burchagiga, ularning davrtezliklariga va davrtezlik xislatlariga bog’lik. Demak, ossillograf ekranidan olingan Lissaju shakli (8- rasm) bo’yicha va og’dirish plastinalariga berilgan kuchlanishlardan birining ma’lum davrtezligi yordamida noma’lum bo’lgan ikkinchi kuchlanish davrtezlik fx ni aniqlash mumkin. Buning uchun xayolga tasvir orqali yotiq va tik (gorizontal va vertikal) to’g’ri chiziqlarini o’tkazish kifoya , ammo bu to’g’ri chiziqlar shaklning tugun nuqtalaridan o’tmasligi yoki shu shaklga o’rinma ham bo’lmasligi kerak. 8- rasm . Lissaju shakli bo’yicha fx ii aniqlashga tegishli bo’lgan chizmalar. Bu Lissaju shakli bilan kesishishidan xosil bo’lgan nuqta sonlarining nisbati og’dirish plastinalariga berilgan Uy va Ux kuchlanish davrtezliklarining nisbatiga teng. Masalan, 8- rasmning b katagida berilgan Lissaju shakli uchun quyidagilarni yozish mumkin: , (19) Yoki bundan: , (20) Umuman, ENOlarni qo’llab, boshqa elektr kattalik va parametrlarni o’lchash mumkin, shular bilan bir qatorda ossillograf yordamida noelektrik kattaliklarni ham o’lchash mumkin. Buning uchun turli o’zgartkichlar yordamida oldindan har xil noelektrik kattaliklar elektrik kattalik va parametrlariga aylantirib olinadi, so’ngra bu elektr kattalik hamda parametrlar ossillograf yordamida o’lchanib, undan olingan natijalar bo’yicha o’lchanayotgan noelektr kattalik qiymati aniqlanadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling