“ t a s d I q L a y m a n ”


Download 0.7 Mb.
bet5/7
Sana21.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1217645
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-lab-metro

6- rasm .Elektron nurli ossillografning tuzilish sxemasi.

tasvirga aylantirilib beriladi. ENT sida yo’nalgan elektron oqimini hosil qilish va ularni ingichka nur ko’rinishiga keltirish ishlari ENS sining ensiz ingichkaroq tomonga joylashtirilgan katod K, modulyator M va-ikki anod A1 va A2 yordamida amalga oshiriladi. Ekran E da yorituvchi nuqtaning yorkinligi katod K ga nisbatan modulyator M yordamida rostlanadi. Bu ish «Yarkost» ya’ni «yorkin» so’zi yozilgan ossillograf qismi tutqichini burash yo’li bilan amalga oshiriladi. Fokuslash ishlari modulyator M va fokuslovchi deb ataladigan birinchi anod A1 lar yordamida amalga oshiriladi. Anod A1 ning potensiali «Fokus» so’zi yozilgap tutqichni burash yo’li bilan rostlanadi.


Elektronlarni ilgarilama harakat yo’nalishi bo’yicha zarur tezlikka tezlatuvchi deb ataladigan birinchi anod A1 va ikkinchi anod A2 lar bilan katod K orasidagi potensiallar farqi hisobiga erishiladi.
A1 va A2 anodlarning potensiallari katod K ga nisbatan musbatdir. Yana shuni ham aytish kerakki, A2 potensiali ish jarayonida A1 potensialiga nisbatan 2—5 baravar ko’p bo’lib, o’zgartirilmasdan ushlab turiladi.
ENT sida nur shu trubkaning o’zaro bir-birlariga nisbatan tik bo’lgan (perpendikulyar) tekisliklarida joylashtirilgan ikki juft og’dirish plastina OPu va OPx lari yordamida boshqariladi. OPu plastinalariga tekshirilayotgan kuchlanish, OPx plastinalariga esa arrasimon yoyuvchi kuchlanish beriladi. Og’diruvchi plastinalarga I V kuchlanish berilganda yorituvchi nuqtaning ekran markazita nisbatan siljish qiymati h ga ENS sining sezuvchanligi Si deyiladi va u quyidagicha aniqlanadi:
mm/V, (13)
Xozirgi zamon ossillograflarida sezuvchanligi Su =0,1~1,5 mm/V bo’lgan ENT lari qo’llanilmoqda.
Tekshirilayotgan ishora KB va UOK larni o’z ichiga olgan U o’qi bo’yicha og’ish kanali ya’ni tik og’ish kanalining qirishi U ga beriladi. UOK ning chiqish kuchlanishi tik og’dirish plastinasi OPu ga kelib trubkada elektron nuri og’ishini U o’qi bo’yicha boshqaradi. UOK kuchayishi dastlabki kuchaytirgich DK bilan ta’minlanadi, chiqish kuchaytirgichi ChK esa asosan kuchaytiriladigan ishorani og’diruvchi plastinalarga beriladigan boshqarish kuchlanishiga aylantirish uchun xizmat qiladi.
Ossillografning qirish qismi U da o’zgaruvchan ishora bo’lganda elektron nur ekranda tik chiziqni chizadi. Tekshirilayotgan ishoraning vaqt bo’yicha yozilgan tasvirini olish uchun nurni X o’qi bo’yicha tokibali (bir tekisdagi) tezlik bilan siljitish kerak. Bu ish OPx og’diruvchi plastinalarga chiziqli o’zgaruvchan bo’lgan arrasimon kuchlanish berish yo’li bilan amalga oshiriladi. UX va Uu kuchlanishlarning davrlari o’zaro teng bo’lsa, u holda ossillograf ekranida tekshirilayotgan ishoraning bir davrga tegishli bo’lgan qismining tasviri paydo bo’ladi. Agar arrasimon kuchlanish Ux ning davrini n martagacha oshirsak, u xolda ekranda tekshirayotgan ishoramizning n davrli tasviri paydo bo’ladi.
Keng doiradagi davrtezliklarda ishoralarni tekshirish yoyish generatori YeG da oldindan mo’ljallanga arrasimon kuchlanish davrtezliklarini qayta ulash yo’l bilan ta’minlanadi. Bu tekshirilayotgan ishoralarni kerakli bo’lgan vaqt masshtabida kuzatish o’tkazishga imkon yaratadi. Generatorning chiqish kuchlanishi ENT da elektron nurni boshqarish va kerakli o’lchamdagi tasvirni hosil qilish uchun zarur qiymatgacha XOK da kuchaytiriladi. Ossillografda tasvirning turg’un (barqaror) ligini ta’minlash uchun moslash bloki MB bo’lib, u tekshirila­yotgan jarayon davrtezligiga mos holda YeG generator davrtezlikni o’zgartirishga olib keladi. Ossillografda, yana tashqi manbadan (tashqi moslash) YeG generatorini ham ishga tushirish ko’zda tutilgan. Buning uchun ossillo­graf «Moslashtirish qirishi» («Vxod sinxronizasii») so’zi yozilgan alohida kirish qismga va almashilab-ulagich AU2 ga ega.
Ossillograflarning ishlatilish imkoniyatlarini oshirish uchun ularda elektron nurlarni boshqarishga imkon beradigan qo’shimcha kirish qismlari mavjud. Juda qo’pchilik ossillograflarda nurning X o’qi bo’yicha og’ishini boshqarish mumkinligi imkoniyati ko’zda tu­tilgan. Buning uchun ossillograflarda «X kirish» («Vxod X») mavjud bo’lib, unga tashqi boshqaruvchi kuchlanish beriladi. Bu ishni bajarish uchun almashilab-ulagich AUz ni II holat bo’yicha ulash kerak (6-rasm). Ossillo­grafda yana ENT plastinalaridagi tashqi kuchlanishlarni bevosita (turridan-turri) uzatishga imkon beradigan X kirish plastinasi va U kirish plastinasi qismlari ham mavjud.
O’lchash aniqligini oshirish uchun ossillograflarda yoyish va og’ish, o’zgarmas ko’paytuvchilarining yaxlitlangan qiymatlarini belgilash va nazorat qilishga imkon beradigan tebranish kengligi abatlagichi TKA va davomiylik abatlagichi DA lari mavjud.
Og’ish burchagi o’zgarmas ko’paytuvchisini tekshirish uchun almashlab-ulagich AU, II xolatga, ya’ni «abatlash» («kalibrovka») so’zi yozilgan holat bo’yicha ulanadi. UOK kuchaytirishini o’zgartirib ekranda nurning normalangan og’ishiga erishiladi, bu esa o’z navbatida og’ish o’zgarmas ko’paytuvchisiga mos bo’lgan belgilashga olib keladi.
Abatlovchi impuls davri bo’yicha tekshirish yoki yoyilma o’zgarmas qo’paytuvchisining normalashgan qiymatini bel­gilash mumkin.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling