£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
so’nggi paleolit odamlari yashagan anchagina
manzilgohlar topilgan. 1939 yilda Samarqand san’at va madaniyat tarixi muzeyining xodimi N.G.Xarlamov Samarqand shahridan o’tgan Siyobcha soyi yoqasidan so’nggi paleolit davriga xos odam manzilgohini topadi. Bu manzilgohda Samarqand davlat universitetining arxeologlari D.N.Lev va M.Jo’raqulovlar tomonidan o’tkazilgan izlanishlar natijasida uchta madaniy qatlam ochilib o’rganiladi. Bu makondan odam skeletlari, ikkita pastki jag’ suyagi, hayvon suyaklari, chaylasimon kulba izlari, uning markazida o’choq va kul qatlamlari, 10 mingga yaqin tosh qurollari /tosh pichoq, qirg’ich, tosh bolta/ topilgan. Samarqand makonidan tasviriy san’atning eng qadimgi namunasi - hayvonning qovurg’a suyagiga chizilgan beshta o’yiq shakl, bir qancha suyak bezaklari topilgan.
So’nggi paleolit odamlarining manzilgohlari Toshkent va Surhondaryo viloyatlarida ham topilgan. O’rta Osiyoda 30 dan ortiq bunday yodgorliklar topib o’rganilgan. Mamlakatimizning so’nggi paleolit manzilgohlarida o’tkazilgan tadqiqotlar bu davrda mehnat qurollari yasash texnikasida, odamlarning turmush tarzi va dunyoqarashida, xo’jalik yuritishida keskin o’zgarish yuz berganligini ko’rsatadi. Odamlar jismoniy jihatdan ham takomillashdi. Odamlarning yangi turi, hozirgi zamon odamlariga o’xshash bo’lgan kramononlar 1 shakllandi. Fanda bu odamni «homo-sapiens» - «aql-idrokli odam» deb ataladi. Ularning miya hajmi «homo-habilis»dan ikki baravar katta, bo’yi baland, qomati tik bo’lgan, nutqi rivojlanib, oddiy gap tuza olgan. Xo’jalikda baliq ovi kelib chiqadi. Odamlar yashash uchun kulbalar qurganlar.
1 L.Larte tomonidan Frantsiyaning Dordon departamentidagi Kro-Manon g’oridan topilgan, bundan 40-12 ming yillar avval yashagan odamlarga berilgan nom.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling