£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Dastlabki mehnat qurollari ¾ O’tkir qirrali, yassi, tuxumsimon tosh qurollari. Ular qo’l cho’qmori ham deyiladi. ¾ Daraxt shoxlaridan tayyorlangan er kovlaydigan tayoq. ¾ Hayvonlarni zarb bilan uruvchi so’yil.
yashaganlar, tabiatdagi tayyor narsalarni-daraxtlarning mevalarini, o’simlik ildizlarini kovlab eb tirikchilik qilganlar. Ular birgalashib yirik hayvonlarni ovlab, ushlab eganlar, shuningdek, mayda jonivorlarni, ularning tuxumlarini ham iste’mol qilganlar.
Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg’ulotlari terib ozuqa topish, hayvonlarni ovlash, tosh qurollari yasash va ularni mukammallashtirishdan iborat bo’lgan. Mana shunday mehnat jarayonida odamlarning o’zlari ham o’zgarib, takomillashib borgan. Mamlakatimiz hududida
qiyofasining o’zgarishi, neandertallarning 1 vujudga kelishi bilan farqlanadi. Ularning peshonasi va jag’ tishlari bo’rtib chiqmagan, miyasi kattaroq bo’lgan, tik yuraolgan. Surxondaryo viloyatining Boysun tog’idagi Teshiktosh g’ori o’rta paleolitga xos neandertal turidagi odamlarning manzilgohi ekanligidan dalolat beradi. G’ordan 8-9 yashar bolaning qabri, kalla suyagi, odam suyaklarining qoldiqlari, ular ovlab tirikchilik qilgan hayvon suyaklari, toshdan yasalgan o’choq, kul qatlamlari, hayvon va qushlarning suyaklari topilgan.
O’rta paleolit odamlarining manzilgohlari Teshiktosh yaqinidagi Amir Temur g’oridan, Samarqand viloyatining Omonqo’ton, Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Toshkent viloyatining Xo’jakent, Obirahmat, Farg’ona vodiysining Qayrag’och qishlog’idagi Boqirg’on darasi, Palmon qishlog’i yaqinidagi Xo’jaxayr soyi, Buxoro viloyatining Qizil Nura, Navoiy viloyatining Uchtut deb atalgan tog’ yon
1 Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan, bundan 100-40 ming yillar yashagan odamlarga berilgan nom. 24 bag’irlaridagi o’ng’ur va buloq yoqalaridan topildi va o’rganildi. O’rta Osiyoda bu davrga mansub 50 dan ortiq manzilgoh topilgan. Bu manzilgohlardan turli xil tosh qurollari, hayvon shoxlari va suyaklari topilgan. Odamlarning mehnat qurollari yasash uchun qulay, qattiqroq va tez parchalanadigan chaqmoq toshlarni Navoiy viloyatidagi Ijont va Uchtutda, Farg’onadan 40 km uzoqroqdagi Qapchig’oydagi tosh konlaridan topganligi, toshga ishlov berish ustaxonalaridan foydalanganligi aniqlangan. Chaqmoq toshdan o’tkir qirrali pichoqlar, qo’l chopqichi, qiradigan kurakcha, teshadigan bigiz va boshqa qurollar yasalgan.
Dastlabki odamlar hayvonlar kabi osmonda sodir bo’ladigan momoqoldiroq va chaqmoq zarbidan, vulqon otilganda paydo bo’ladigan olov lavasidan, dahshatli yong’indan qo’rqar edi, keyinchalik undan foydalana boshlaydilar, olovni o’chirmaslik uchun navbatchilik qilib, olovga shox-shabba tashlab turishgan. O’rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali olovni kashf etganlar, gulxanda pishirilgan mazali va to’yimli go’sht iste’mol qilishgan, yirtqich hayvonlarni olov bilan qo’rqitishgan. Olovni bilib olish odamlar hayotida, ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. O’zbekiston hududida Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling