£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
uning davrlari.
Insoniyat qadim-qadimdan o’z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi tsivilizatsiyaga ega bo’lgan. Davrlar o’tishi bilan insoniyat tsivilizatsiyasi darajasi o’sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va ko’paytirib borishi bilan bog’liq kechgan.
U yoki bu tsivilizatsiya haqida so’z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma’naviyat va ma’rifatga intilishi tufayli o’zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasi, Antik Evropa tsivilizatsiyasi, Islom tsivilizatsiyasi, Xristian tsivilizatsiyasi, hozirgi zamon tsivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo’ladi.
Har bir mintaqada tsivilizatsiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o’ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz - O’zbekiston insoniyat tsivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda.
XX asrning birinchi yarmidan boshlab arxeolog olim V.L.Vyatkin boshliq guruh Samarqand, Xorazm va Termizda, M.E.Masson boshliq arxeologlar guruhi Ohangaron vodiysida, A.A.Potapov Farg’ona vodiysida qidiruv va qazish ishlari olib bordilar. 30-40-yillarda O’zbekiston, Moskva va Leningrad olimlari hamkorligida bir necha arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etildi. Termiz ekspeditsiyasiga M.E.Masson, Xorazm ekspeditsiyasiga S.P.Tolstov, Zarafshon ekspeditsiyasiga A.Yu.Yakubovskiy rahbarlik qildilar. Bular tomonidan nafaqat O’zbekiston, butun Markaziy Osiyoning qadimgi tarixini, ajdodlarimizning
19 ibtidoiy jamoa tuzumi, turmush tarziga oid qator qimmatli asarlar yaratilgan. Bular orasida V.M.Massonning «Strana tisyachi gorodov» - M., «Nauka», 1966, A.P.Okladnikovning «Paleolit i mezolit Sredney Azii / Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzi» - M.-L., 1966, S.P.Tolstovning «Drevniy Xorezm. Opit istoriko-arxeologicheskogo issledovaniya» -M., 1948, V.A.Shishkinning «Afrasiab - sokrovishchnitsa drevney kulturi» - T., «Fan, 1966, «Arxetekturnie pamyatniki Buxari» -T., 1936 va boshqa asarlar bor.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini o’rganish maqsadida yirik arxeologik ekspeditsiya guruhlari tashkil etildi. S.P.Tolstov boshliq Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi, A.N.Bernshtam boshliq Pomir-Oloy va Pomir-Farg’ona ekspeditsiyasi, Ya.G’.G’ulomov va V.A.Shishkinlar boshliq Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi tadqiqot ishlari olib bordi. Mazkur ekspeditsiyalarda qatnashgan tadqiqotchilar muhim asarlar yaratdilar. S.P.Tolstovning «Po sledam drevnexorazmiyskoy tsivilizatsii» -M-L., 1948, A.N.Bernshtamning «Drevnyaya Fergana /Nauchno- populyarniy ocherk/» -T., 1951, Ya.G’.G’ulomovning «O’zbekistonda arxeologiya fanining rivoji» -T., 1956, «Qadimgi madaniyatimiz izlaridan» -T., 1960 va «Xorazmning sug’orish tarixi» -T., 1957 ana shular jumlasidandir.
Keyingi yillarda respublikamizning taniqli arxeolog olimlari- A.Asqarov, O’.Islomov, A.R.Muhammadjonov, E.V.Rtveladze, T.Shirinov va boshqalar etakchiligidagi tadqiqotchilar O’zbekiston qadimgi tarixining paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza davrlarini o’rgandilar. Tadqiqot ishlari Vatanimizning barcha vohalarida - Zarafshon, Surxondaryo bo’ylarida, Xorazm va Farg’ona vodiysida, shuningdek cho’l va dasht o’lkalarida ham keng olib borildi. Ular tomonidan qator ilmiy, ommabop asarlar, o’quv qo’llanmalari yaratildi. Bular orasida A.Asqarovning «Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavhalar» -T., Fan, 1973, «Sopollitepa» -T., 1973, «Drevnezemledelcheskaya kultura epoxi bronzi Yuga Uzbekistana» -T., 1977; O’.Islomovning «Peshchera Machay»,-T.,1975, «Obishirskaya kultura» -T.,1980; A.R.Muhammadjonovning «Qadimgi Buxoro» -T., 1991; T.Shirinovning «Orudiya proizvodstva i orujie epoxi bronzi sredneaziatskogo Mejdurechya» -T., 1985; E.V.Rtveladze va A.Sagdullaevlarning «Pamatniki minuvshix vekov» -T., 1986; E.V.Rtveladze, A.X.Saidov va Yo.V.Abdullaevlarning «Qadimgi O’zbekiston tsivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar» -T., 2001 kabi asarlar alohida o’rin tutadi.
Mazkur asarlarni, shuningdek, Vatanimizning qadimgi davri tarixiga oid boshqa asarlarni o’rganish orqali O’zbekiston odamzod ilk bor paydo bo’lgan o’lka ekanligini anglash, ajdodlarimizning qadimgi hayoti, turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyati haqida zarur bilimga ega bo’lish mumkin. Jamiyatshunos va tabiatshunos olimlar er sharida hayotning paydo bo’lishi, odamlarning vujudga kelishi, muammolari ustida uzoq yillardan beri tadqiqot ishlari bilan shug’ullanib kelmoqdalar. Bu haqda diniy va dunyoviy ta’limotlar, rivoyatlar mavjud.
20
Xristian dini odamzod xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun qizil loydan yaratildi,dastlabki odamlar Adam va Evadan tug’ilgan deb ta’riflaydi. Islom dini odamning Olloh tomonidan tuproqdan yaratilib, unga jon kiritilgani, dastlabki odamlar Odam Ato va Momo Havo bo’lganligi haqida, ularning qachon yaratilganligini Ollohdan o’zga hech kim bilmaydi, bu yolg’iz ungagina ayon degan g’oyani ilgari suradi.
Yunon olimi Arastu odamning paydo bo’lishini erda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayoni bilan bog’lab tushuntiradi,odamzod oddiydan murakkabga, hayvonot olamidan odamzod dunyosiga o’sib chiqdi, deb ta’kidlaydi. Jeyms Manboddo odam oliy turdagi maymunsimon odamdan vujudga kelgan, degan g’oyani ilgari suradi.
Ingliz olimi Charlz Darvin evropalik arxeologlarning Gibraltar qoyasi, Germaniyaning Neandertal vodiysi va Avstriyadagi tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilib, odamlarning ajdodlari daraxtda yuruvchi eng oliy turdagi maymunsimon odamlar /driopiteklar/ bo’lganligi haqidagi evolyutsion nazariyani ilgari suradi. U har qanday maymundan odam paydo bo’lmasligini, odamlarning ajdodlari bo’lmish driopiteklar allaqachon o’lib ketganligini ta’kidlaydi.
Shuningdek, odam har doim, hamma vaqt ongli bo’lgan, odam Olloh tomonidan yaratilmagan, maymundan odam paydo bo’lishi mumkin emas, odam boshqa sayyoralardan kelgan degan rivoyatlar ham bor. Demak, sayyoramizda odamzodning qachon va qanday paydo bo’lgani haqida aniq, uzil-kesil fikr yo’q deyish mumkin, bu muammoligicha qolmoqda. Turli ixtisosdagi olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar uzoq o’tmishning sirli jarayonlariga yanada teranroq nazar tashlashga , kamtarona bilimlarimizni yanada oydinlashtirishga ko’maklashib boraveradi.
Hozircha fanda odamzod tabiatning bir qismi, u sayyoramizda taraqqiyotning ma’lum bosqichida vujudga keldi, kishilik jamiyati mehnat tufayli takomillashib bordi, dastlab odamlar ibtidoiy to’da shaklida, keyinroq urug’-jamoa bo’lib yashaganlar, degan hulosa barcha rivoyatlardan ustunlik qilmoqda.
Olimlarning ibtidoiy jamiyat tarixini o’rganishga doir tadqiqotlari insoniyatning ibtidoiy to’da va jamoa davri ko’pgina mintaqalarda, jumladan, bizning o’lkamiz hududida deyarli bir-biriga o’xshash bo’lganligini, bir-biriga o’xshash bosqichlarni bosib o’tganligini ko’rsatadi.
Ibtidoiy jamiyat odamlarining yashash tarzi, jismoniy va aqliy tuzilishi, ular tomonidan yasalgan mehnat qurollarining turi va materialiga ko’ra bir qancha davrlarga bo’linadi. Arxeologlarning Afrika va Yava orolida olib borgan tadqiqotlari sayyoramizda odamlar 3-2,5 million yillardan beri yashab kelayotganligini ko’rsatadi. Taxminan ana shu davrdan boshlangan ibtidoiy jamiyat mehnat qurollari toshdan yasalgani sababli paleolit (grekcha «palayos» - qadimgi, «litos» -tosh degan ma’noni bildiradi) - qadimgi tosh davri deb ataladi.
Paleolit davri o’z navbatida uch bosqichdan - ilk paleolit, o’rta paleolit va so’nggi paleolitdan iborat. |
ma'muriyatiga murojaat qiling