£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


davlat boshqaruvi va ijtimoiy-siyosiy hayoti


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

davlat boshqaruvi va ijtimoiy-siyosiy hayoti 

 

Buxoro amirligi. Buxoro amirligi o’zbek xonliklari orasida o’zining hududiy 

o’rni, aholisi va tabiiy resurslari jihatidan muhim mavqeiga ega edi. 

XIX asrga kelganda, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat 

kilometrni tashkil etardi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so’l qirg’og’idan 

boshlanib, Sirdaryogacha cho’zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda 

Pomir tog’lari, g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan hududni ishg’ol etardi. 

Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning 

markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston 

hududidagi Vaxsh, Kafirnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, 

hozirgi Turkmaniston hududidagi Murg’ob daryosi vohalaridagi erlar Buxoro amirligiga 

qarar edi. 




 

160


Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng nufuzli shahar sifatida e’tirof etilgan 

Buxoroi Sharif edi. Yirik shaharlardan Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Termiz, 

Sherobod, Hisor, Dushanbe, Ko’lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi. Marv va 

Chorjo’y shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o’rtasida, Jizzax, O’ratepa 

va Xo’jand shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Qo’qon xonligi o’rtasida tez-tez 

urushlar bo’lib, bu shaharlar qo’ldan-qo’lga o’tib turardi. 

XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 millionga yaqin aholi yashardi. 

Aholi amirlikning sersuv vohalarida yashab, jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi 

Qizilqum sahrolari va cho’llari kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300-350 

ming, Qashqadaryo vohasida 500 ming, Surxandaryo vohasida 200 ming, Sharqiy 

Buxoroda 500 mingcha aholi yashardi. Amirlikning yirik shaharlari - Buxoroda 60 ming, 

Samarqandda 50 mingga yaqin aholi yashardi. 

Aholi etnik jihatdan ko’pgina elatlardan iborat bo’lib, ularning qariyb 57 foizi 

o’zbeklar edi. O’zbeklar bir qancha qabilalardan tashkil topgan bo’lib, ular orasida 

mang’it, saroy, qo’ng’irot, jabg’u, qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari 

ko’pchilikni tashkil etardi. Ular asosan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxandaryo 

vohalaridagi shahar va qishloqlarda yashardi. 

Buxoro amirligining Xisor, Dushanbe, Sharqiy Buxorodagi Vaxsh, Kafirnihon va 

Panj daryolari vodiylarida, asosan tojiklar yashar edi. 

Amirlikning janubiy va g’arbiy qismida turkmanlar, shimoliy-sharqiy tomonida 

qozoq va qirg’izlar yashardi. Shuningdek, amirlik hududida afg’onlar, eroniylar, arablar, 

yahudiylar, hindlar va boshqa etnik guruhlar mavjud edi. 

Aholining aksariyat ko’pchiligi qishloqlarda istiqomat qilardi. Ular dehqonchilik, 

chorvachilik bilan shug’ullanardi. Sug’oriladigan erlarda paxta, bug’doy, sholi, jo’hori, 

bog’ va poliz mahsulotlari etishtirilar edi. Uzum, olma, nok, shaftoli, o’rik, gilos, anjir, 

qovun, tarvuz etishtirilardi. Meva-chevalar quritilib shirinlik o’rnida ishlatilardi. 

Chorvachilikda qo’ychilik, qorako’l qo’ychiligi, hunarmandchilikda gilamdo’zlik, 

o’ymakorlik, zardo’zlik, tegirmonchilik, ko’nchilik, to’quvchilik, temirchilik, kulolchilik, 

beshikchilik, sandiqchilik, etikdo’zlik, moyjuvozlik, sovungarlik keng tarqalgan edi. 

Amirlik iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg’unlik hollari mavjud edi, aholining 

turmushi past darajada edi. Erga egalik shakli ming yillar davomida o’zgarmay kelmoqda 

edi, aholiga solinadigan o’lpon va soliqlar haddan tashqari ko’p edi. Aholi sotib olish 

qobiliyatining pastligi hunarmandchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi. 

Buxoro amirligi monarxiya tipidagi davlat bo’lib, amir cheklanmagan hokimiyatga 

ega edi. Amir o’z fuqarolarini o’ldirishi yoki hayot qoldirishi, butun aholi mulkiga ega 

bo’lishga ham haqli edi, ko’ngli tusaganini qilardi. 




 

161


 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling