£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Xiva xonligi. Manbalarda ko’rsatilishicha, XIX asr birinchi yarmida Xiva
xonligining hududi 19 ming kvadrat milni tashkil etgan. Xonlik janubda Eron bilan, sharqda Buxoro amirligi, g’arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz, cheksiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini hududiy jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo’ygan edi. Quyi Amudaryo bo’yi Xiva xonligining markaziy qismini tashkil etardi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Qiyot, Ko’na Urganch, Xazorasp, Qo’ng’irot, Xo’jayli, Kurdar (Xozirgi Chimboy) shaharlari xonlikning yirik shaharlari edi. O’rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bo’lgan Xiva shahri xonlikning poytaxti hisoblanardi. Shahar ikki qismdan Ichan qal’a (shaharning ichki qismi) va Dishon qal’a (shaharning tashqi qismi)dan iborat edi. Ichan qal’ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 22 ta madrasa, karvonsaroy va bozor joylashgan bo’lib, ular asosan X1X asrda barpo etilgan. 1842 yilda Dishon qal’a qurilib, devor bilan o’rab olinadi. Dishon qal’ada hunarmandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar ham istiqomat qilganlar. Xiva xonligida taxminan 800 mingga yaqin kishi yashardi. Aholining ko’pchilik qismi o’zbeklar bo’lib, ulardan eng kuchli va ko’p sonlilari qo’ng’irot, nayman, qiyot, uyg’ur, nukuz, qangli, xitoy, qipchoq qabilalari edi. O’zbek qabilalari asosan Amudaryo tarmoq yoygan qismida, kanallar bo’ylarida joylashgan edi. Aholining anchagina qismini (taxminan 1/4 qismi) turkmanlar tashkil etardi. Turkmanlar qadimgi o’g’izlarning avlodlari bo’lib, forscha gaplashuvchi mahalliy xalqlar, o’zbeklar bilan qorishib ketgan edi. Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va Orol degizining janubiy qirg’oqlari Xiva xonligi tasarrufida edi. Qoraqalpoqlar bu hududdagi sho’rxok erlarni qancha mashaqqatlar bilan o’zlashtirib tirikchilik qilardi. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik qoraqalpoqlarning asosiy mashg’uloti edi.
164
Xonlikning shimoliy qismida qozoqlar yashardi. Shuningdek, xonlikda qisman forslar, arablar va boshqalar ham yashagan. Muhammad Rahim I (1806-1825 yillar) davrida xonlikdagi o’zaro urushlar biroz tinchidi, xonlikni birlashtirish nihoyasiga etdi. Qoraqalpoqlar hamda turkmanlarning chavdor qabilalari ham bo’ysundirildi. Mamlakatda o’tkazilgan soliq islohoti, bojxona joriy etilishi, oltin pul zarb etilishi xo’jalik ishlariga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. O’z vaqtida yig’ib olingan soliqlar xonlik daromadini oshirdi. O’rta Osiyodagi qo’shni davlatlar singari Xiva xonligi ham monarxiya tipidagi davlat edi. Davlat tuzumi Buxoro amirligiga o’xshardi. Oliy xokimiyat xon qo’lida bo’lib, uning huquqi chegaralanmagan - hokimi mutlaq edi. Xiva xonligida qulchilik rasmiy jihatdan hamon mavjud edi. Dishon qal’ada qul bozori bo’lib, sotilguncha qullarni ushlab turuvchi maxsus bino mavjud edi. Qul savdosi ayrim toifadagi odamlar uchun daromadli edi, qul sotish bilan ko’proq turkmanlar shug’ullanardi. Ular Eron, Afg’oniston, Badaxshonga hujum qilib, qishloq aholisini qul qilar, bozorda sotardi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling