£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

 

 

Mang’itlar 

sulolasi 

(1753-1920) 

 

¾  Muhammad Rahim 



 

- 1756-1758 

¾  Doniyolbiy (otaliq)   - 

1758-1785 

¾  Shohmurod 

  - 


1785-1800 

¾  Haydar 

   - 

1800-1825 



¾  Nasrullo   

            - 1826-1860 

¾  Muzaffar  

 

- 1860-1885 



¾  Abdulahad   - 

1885-1910 

¾  Olimxon   

                    - 1910-1920 

 

 XIX asr boshlariga kelganda, amirlikda xizmatkor amaldorlar tabaqasi shakllandi. 



Faqat amir saroyining o’zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Bu tabaqa davlat 

xazinasidan maosh olar, amirga batamom  qaram bo’lib, ularni amirning o’zi tayinlar yoki 

egallab turgan lavozimidan olib tashlar edi. Amaldorlar amir farmoyishini bajaribgina 

qolmay, uning istak-xohishi va ko’nglini topa bilishlari, unga doimo xushomad qilishlari 

kerak edi. Shu bois saroyda xushomadgo’ylik, amir shaxsini ulug’lash rasm bo’lib qoladi. 

Amir va uning oilasigagina emas, quyi mansabdagilar yuqori amaldorlarga ham 

xushomadgo’ylik qilardilar. O’z mavqei, turmushi, oilasining omonligi, mulki uchun 

qo’rqish, ertangi kunga ishonmaslik kabi og’ir vaziyat vujudga keladi. Qisqasi, 

mansabdorning taqdiri to’lig’icha yuqori amaldor qo’lida edi. Mansabni sotish, 

poraxo’rlik keng tarqaldi.  

Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari 

¾  Qushbegi,  dargoh vaziri, ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha 

boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat  

qushbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan 

tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib turgan arki oliyda turar edi. 

¾  Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va jarimalarning 

undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan. Devonbegi arki oliyning 

bir chetida yashagan. 

¾  Ko’kaldosh -(xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga 

va amirlikka nisbatan do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqidagi 

ma’lumotlarni to’plab hukmdorga etkazib turgan.   

¾  Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni hamda 

harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Soliq tushumlarini ham 

maxsus daftarga yozib borgan. 

¾  Mirshab - tungi qorovullar boshlig’i vazifasini bajargan.  

¾  Dodxoh  -  fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal etuvchi mansabdor 

bo’lgan, bularni kerak bo’lsa xon yoki qushbegiga etkazib turgan.  

¾  Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir farmoyishlarini bek va 

boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga etkazishdan iborat bo’lgan. 

¾  Miroxo’r - amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilar ustida turgan, xon ovlarini 

uyushtirish ishiga mutasaddi bo’lgan. 

¾  Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor. 




 

162


¾  To’qsobo - amir tug’i sohibi bo’lgan harbiy mansabdor. 

¾  Parvonachi - biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni 

o’sha shaxsga etkazuvchi amaldor. 

¾  Sadrlar  - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muassasasining 

boshliqlari bo’lgan mutavallilar sadrlarga bo’ysunganlar. Sadrlarning vazifa va 

huquqlari vaqf yorlig’i shartlarida qayd etib qo’yilgan. Sadrlar vaqf xo’jaligi 

daromadining ma’lum qismini olardilar. 

¾  Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig’i. Qozilik ishlarida hamda kundalik 

hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan-avlodga 

meros bo’lib ham o’tgan. 

¾  Katta qozi (Qozi kalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir aralashmaydigan 

barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozi kalon «Shariat 

panoh» deb atalardi. Qozi kalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. 

Uning vazifasi jinoiy ishlarni har tomonlama ko’rib chiqishdan iborat bo’lgan. 

¾  Muftiy - qozi kalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar 

bo’yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning yoki bir necha 

muftiyning muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan 

holda hukm chiqarardi.     

Amaldorlarga amir nazariga tushgan xizmatlari uchun otaliq, eshik og’asi kabi 

e’tiborli unvonlar berilgan. Xonning, uning o’g’illarining ham otalig’i bo’lgan. 

Amaldorlar harbiy yurishlarda ham qatnashgan.  

Xon yig’inida amaldorlarning amaliga qarab o’rni bo’lar edi. Shunga ko’ra ular 

xonning o’ng va so’l tomonida, unga yaqinroq va uzoqroq erda o’tirardilar. Ba’zilari 

o’tirishar, ba’zilari esa tik turishardi. Kattaroq amaldor saroyga ot minib kirsa, ba’zilari 

piyoda kirardi. 

Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham hukmron mavqega ega edi. 

Ular o’zlarini Muhammad payg’ambarning avlodlarimiz deb hisoblovchi sayyidlar 

hamda choriyor halifalar - Abubakr, Umar, Usmon va Ali avlodlaridanmiz deyuvchi 

xo’jalardan iborat edi. Ular katta er-suvga, savdo do’konlariga, hunarmandchilik 

ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo’ybor shayxlari alohida mavqega ega bo’lib, XIX 

asrda ular Buxoroda 16 mahalla bo’lib yashardi. 

Sudlov ishlarida shariat qonun - qoidalariga rioya etilishini ta’minlashda 

shayxulislom, a’lam va qozilar amirning eng yaqin yordamchilari edi. Amirlikda eng 

katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har bir 

viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o’zi tayinlardi. Qozi din 

masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo’yicha hukmlar qabul qilardi.  

 

 

Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, 



Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Karki, 

Chorjuy, Xisor, Ko’lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho’g’non-Rushon, Qo’rg’ontepa, 

Qobodiyon, Kalif, Bo’rdalik, Qoboqli va Norazm bekliklaridan iborat edi. Har bir 

beklikni amir tomonidan tayinlab qo’yiladigan hokimlar - beklar idora qilardi. Hokim 

huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilardi. Manbalar amirlikda mahalliy 

ma’murlar shtati 30000 kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning 




 

163


xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olingan 

turli - tuman soliq va to’lovlar hisobiga tirikchilik qilishardilar. Hokimlar, soliq 

yig’uvchilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar, ularning faoliyatini belgilovchi qonun-

qoidalar yo’q edi. Ularning suiste’mollari xalq gardaniga og’ir yuk bo’lib tushardi. 

XIX asr 30-yillarida amir qo’shinida 19 mingga yaqin yollangan askarlar bo’lib, 

ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xizmatni o’taganlar. Qo’shin askarlari, asosan, 

o’q-yoy, nayza, qilich, xanjar, oybolta kabilar bilan qurollangan. Manbalar amir 

qo’shinida piltali miltiqlar va kichik to’plar ham bo’lganligidan guvohlik beradi. 

Amir qo’shinining jangovorlik darajasi past edi. Askarlar harbiy mashqlarga 

nisbatan ko’proq mehnat bilan band bo’lardi. Sipohlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha 

erkaklar olinardi, qo’shin safida keksayib qolganlar anchagina bo’lardi. Amirlikning yillik 

daromadi 2 mln. 300 ming so’m bo’lgani holda, uning 1 mln. 300 ming so’mi qo’shinni 

saqlashga sarflanardi. Oziq-ovqat etishmasligidan sipohlar qochardi, kiyimi yupun edi. 

XIX asr o’rtalarida askarlar soni, piltali miltiq va to’plar ham anchagina ko’paygan. 

Qo’shinda yuz boshi, ming boshi singari harbiy lavozimlar bo’lib, umumiy 

qo’mondonlikni lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo’shini muntazam bo’lmay, 

zaruriyat bo’lganda to’planardi, ularni to’plash qiyin kechardi. Bu amirlikning zaiflik 

omillaridan biri edi. 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling