£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Qo’qon xonligi. XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligi hududiy jihatdan O’rta 

Osiyodagi yirik davlat edi. Qo’qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston, g’arbda Buxoro 

amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh edi. Xonlik hududi shimolda uchchala qozoq 

juzlarini batamom o’ziga bo’ysundirib olgan Rossiya bilan chegaralanardi. Xonlikning 

janubiy chegaralari Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non singari tog’li hududlarni o’z 

ichiga olar, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan qonli urushlar bo’lar, ular qo’ldan-

qo’lga o’tardi. 

Qo’qon xonligi hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o’laroq sersuv 

daryolari, so’lim vodiylari, serhosil erlari ko’p edi. 

Xonlikning 

markazi  Qo’qon, 

Marg’ilon, O’zgan, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar joylashgan Farg’ona vodiysi 

edi. Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyoota, Pishpak, So’zak, Oq-machit kabi yirik 

shaharlar ham Qo’qon xonligi tasarrufida edi. 

Qo’qon xonligida aholi nisbatan zich joylashgan bo’lib, taxminan 3 millioncha 

kishi yashardi. Xonlikning poytaxti Qo’qonda 80 000, Toshkent shahrida 60000 aholi 

yashagan. 

Qo’qon xonligi aholisining ko’pchilik qismi o’zbeklar edi. Shuningdek, xonlik 

aholisi tojiklar, qirg’izlar, qozoqlar, uyg’urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Bular bilan 

yonma-yon yahudiylar, tatarlar, hindlar va boshqa elatlarning vakillari ham yashardi. 

Qo’qon xonligida davlat boshqaruvi Buxoro va Xivanikiga o’xshardi. Xon huquqi 

xech nima bilan chegaralanmagan hokimi mutlaq edi. Xondan keyingi ikkinchi shaxs 

vazir hisoblanib, u muhim davlat masalalarini xon bilan kelishgan holda hal etardi. 

Markaziy davlat boshqaruvida  

Qushbegi, Otalik, Devonbegi, Mingboshi, 

Shayxulislom, Qozi kalon, Parvonachi, Shig’ovul, Sarkor, Inoq, Dasturxonchi, Amin, 

Yassovulboshi kabi amaldorlar xizmat qilardi. Saroy qoshida maxsus kengash tuzilgan 

bo’lib, uning tarkibiga eng oliy mansabdor shaxslar kirgan. Xon kengashning raisi va 

masalani hal qiluvchi shaxs edi. 

 



 

166



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling