£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
xo’jaliklar «quloqlashtirish»ga duchor bo’ldi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
xo’jaliklar «quloqlashtirish»ga duchor bo’ldi. Haqiqatda esa bular o’rtahol dehqon
oilalari edi. Faqat 1930 yilning o’zida respublikada «boy» va «quloq» xo’jaliklar toifasiga kiritilgan 2648 ta o’rtacha dehqon xo’jaliklari tugatilgan edi. 1931 yil avgustiga kelib respublikada qo’shimcha yana 3828 ta «quloq xo’jaliklari» tugatildi. Respublikaning o’ziga to’q, bozorga tovar g’alla etishtirib berishga qodir son-sanoqsiz dehqon xo’jaliklari bor narsasidan mahrum bo’lib, haqsiz-huquqsiz holda o’z oila a’zolari bilan uzoq hududlarga (Sibir, Ukraina, Qozog’iston) yoki yangi o’zlashtirilayotgan cho’lli, to’qayzor, qamishzor erlarga badarg’a qilindilar. Ayni paytda dehqon xo’jaliklarini majburiy quloq qilish, boshqa joylarga surgun qilish ishlari avj oldirildi. O’zbekistondan Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga 3871 «quloq oilasi» surgun etildi. 1933 yilda surgun qilingan «quloq» xo’jaliklari soni 5500 taga etdi. Ming-minglab qishloq oilalari bunday xavf-xatarning bo’lishini oldindan his qilib, o’z kindik qonlari to’kilgan muqaddas zaminni tark etib, uzoq begona yurtlarga bosh olib ketishga majbur bo’ldilar. Ularning ko’plari uzoq yillar xorijiy ellarda umrguzoronlik qilib, ona yurt sog’inchi bilan, unga talpinib yashab o’tdilar. Faqat O’zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan so’nggina orzu-armonlari ushalib, yangidan Vatanning mo’’tabar tuprog’ini tavof qilish baxtiga musharraf bo’ldilar. Ma’muriy tazyiq, oshkora zo’ravonlik, iqtisodiy terror usullari va shu kabi ta’sir choralari orqasida «Kolxoz qurilishi» rivojlantirib borildi. 1932 yil oxiriga kelib umuman O’zbekistonda jamoalashtirilgan xo’jaliklar barcha dehqon xo’jaliklarining 81,7 foizini birlashtirgan edi. 800 ming dehqon xo’jaliklari negizida 9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etilgandi. Bu jarayon keyingi yillarda ham davom ettirildi. 1937 yilda dehqon xo’jaliklarining jamoalashtirish darajasi 95 foizga etgan bo’lsa,1939 yilda u 99,2 foizni tashkil etdi. Ommaviy kollektivlashtirish jarayonida O’zbekiston bo’yicha 60 mingdan ortiqroq kishi «quloqlar»ga mansublikda ayblanib qatog’on qilindi. Shunday qilib, 30- yillar davomida O’zbekistonda zo’rovonlik yo’li bilan «Qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish», «quloqlarni sinf sifatida tugatish» siyosati uzil-kesil hal qilindi. «SSSRning paxta mustaqilligini ta’minlash» asosan O’zbekiston xalqi zimmasiga yuklatilgan edi. 1935 yilda O’zbekistonda 1 mln. tonna paxta tayyorlangan bo’lsa, bu 232
ko’rsatkich 1939 yilda 1,5 mln. tonnani, 1941 yilga kelib esa 1 mln. 656,2 ming tonnani tashkil etdi. Bu Butunittifoq bo’yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizidan ziyodrog’ini tashkil qilardi. 30-yillar davomida respublika qishloq xo’jaligi tizimida paxta yakkahokimligi mustahkam o’rin egallab bordi. Jumladan, agar 1933 yilda paxta mahsuloti respublika etishtirib tayyorlab beradigan qishloq xo’jalik mahsulotlari umumiy hajmining 81,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, 1937 yilga kelib bu raqam ko’rsatgichi 93,4 foizga etdi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling