£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Er va suvni milliylashitirish to’g’risida» dekret
uyushmalari tuzila boshlandi. «Qo’shchi» uyushmalari kommunistlarning dehqonlar
orasidagi tayanchiga aylanib, er-suv islohotini o’tkazishda partiyaga katta yordam 229
ko’rsatib bordi. Turkiston ASSR hududida 1921-1922 yillar davomida er-suv islohotining birinchi bosqichi yirik er-suv egalariga qarshi keskin kurash shiori ostida o’tkazildi. Masalan, Samarqand viloyatida 350 ta katta er egalaridan 13 ming desyatina erlar tortib olindi. Respublika bo’yicha boy va o’ziga to’q aholidan 1,7 mln. desyatina er tortib olindi, ularning 117 ming desyatinasi ersiz kambag’allarga berildi, qolgan katta qismi asosida «Qo’shchi» uyushmalari tuzildi. Bu sovet hokimiyatining kambag’allarni o’z tomoniga og’dirib olishga qaratilgan harakati edi. O’rta hol dehqon xo’jaliklari saqlab qolindi. 1925 yil dekabrda bo’lgan O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasining Favqulodda sessiyasi «Er va suvni milliylashitirish to’g’risida» dekret qabul qildi. Dekretga binoan quyidagi tarzda erlar batamom musodara qilinishi kerak edi: ¾ Qaerda turishidan qat’i nazar Farg’ona viloyatida 40 desyatinadan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 desyatinadan ortiq sug’oriladigan eri bo’lgan mulk egalarining erlari, jami jonli va jonsiz mulki bilan; ¾ Qishloq va ovullarda yashamagan, o’zlari va oila a’zolaridan birortasi ham erda ishlamaydigan shaxslarga qarashli erlar, boshqa mol-mulki bilan; ¾ Vaqf erlari, xo’jayinlari noma’lum erlar. Er-suv islohotining ikkinchi bosqichi qishloqda asosiy kuch bo’lgan o’rtahol dehqon bilan aloqani mustahkamlash shiori ostida o’tdi. Farg’ona viloyatida 7 desyatina, Toshkent va Samarqand viloyatida 10 desyatinagacha eri bor o’rtahol dehqonlar mulki saqlanib qoladigan bo’ldi. Bundan ko’zlangan maqsad ularni sovet hokimiyatining tayanchiga aylantirish edi. 1926 yil dekabrda yuqorida nomlari qayd etilgan uch viloyatda o’tkazilgan er-suv islohoti tajribasi respublika miqyosida umumlashtirilib, uni qolgan viloyatlarda ham o’tkazishga qaror qilindi. Islohot Zarafshon viloyatida boshlanib, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida davom ettirildi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda 20 gektar sug’oriladigan va 45 gektar lalmikor va bahorikor erga ega bo’lgan katta er egalarining oshiqcha erlari musodara qilindi. 1929 yilda er-suv islohoti Qoraqolpog’istonda ham o’tkazildi. Er-suv islohoti natijasida O’zbekistonda jami 4801 «pomeshchik» tipidagi xo’jaliklar tugatildi. 13036 ta badavlat mulkdorlarning ortiqcha erlari tortib olindi. Respublikaning er fondiga 474393 desyatina er qo’shildi. Qishloq aholisini qishloq xo’jalik artellariga birlashtirish kuchayib bordi. 1929 yilda ularning soni 1665 taga etdi. Jamoa xo’jaligi hisoblangan artellarga 30 ming kishi a’zo bo’lgan edi. 20-yillarda o’tkazigan er-suv islohoti davrida badavlat dehqonlarning erlari, vaqf erlari, ruhoniylarga tegishli erlar davlat tomonidan tortib olingan edi. Er bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilindi. Umuman 1925-1929 yillarda boylar, yirik savdogarlar va ruhoniylarning 45 mingga yaqin xususiy xo’jaliklari batamom tugatiladi. Ko’pgina xo’jaliklar tasarrufidagi ortiqcha erlar ham tortib olingan edi. Bu erlar qayta taqsimlanib, ularning katta qismi ersiz yoki kam erli dehqon xo’jaliklariga mulk qilib berildi. Buning natijasida batrak - qambag’allar toifasi islohotdan oldin barcha dehqonlarning 76 foizini tashkil etgan bo’lsa, islohotdan so’ng ularning soni 39 foizgacha qisqardi. Ularning xo’jalik turmushi yaxshilanib, o’sib borganligi bois o’rta
230
hol dehqonlar salmog’i 17 foizdan 52 foizga ko’tarildi. Shu tariqa, qishloqda tovar-g’alla etishtiruvchi mayda ishlab-chiqaruvchilarning salmog’i ko’payib bordi. Bu islohot jarayoni davomida respublikada jamoa xo’jaliklari, ya’ni kolxozlar tashkil etiladi. Biroq ularning hali xo’jalik va moliyaviy zaifligi, ishlab chiqarish ko’rsatgichlarining pastligi ko’zga tashlanib turardi. 20-yillar oxirlariga kelib respublika qishloq xo’jaligi, ayniqsa paxtachilik sohasining Markaz hukumatiga qaramligi, paxta yakkahokimligi kuchaydi. Chunonchi, 1927-1928 xo’jalik yilida o’lkadan Markazga olib ketilayotgan tovarlar umumiy qiymatining 77,8 foizini paxtachilik maxsulotlari tashkil etgan. Buning ustiga sovet mamlakati ehtiyoji uchun etishtirib berilayotgan o’zbek paxtasining xarid narxi dunyo bahosidan ancha kam belgilanardi. G’alla narxlarining bu davrda mamlakat miqyosida 20-25 foizga pasaytirilganligi ayniqsa 1927 yilgi g’alla tayyorlash sohasidagi ishlarda jiddiy qiyinchiliklar tug’dirgandi. Sovet hokimiyatining 20-yillarda qishloqda yuritgan bir qadar mo’’tadil siyosatidan bahra olib, er-suv islohotidan naf topib, o’z xo’jaliklarini anchayin oyoqqa turgizib, o’rta hollar darajasiga ko’tarilib olgan o’zbek dehqonlari hayoti va qismati, taassufki, tez orada xukmron partiya boshlab yuborgan ommaviy kollektivlashtirish jarayoni girdobiga g’arq bo’ldi. Ommaviy kollektivlashtirish jarayoni qishloq ahli hayotini ag’dar-to’ntar qilib yubordi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling